Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Yog‘ almashinuvining asab boshqarilishi


Download 176.93 Kb.
bet52/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Yog‘ almashinuvining asab boshqarilishi Yog‘ almashinuvining asab boshqarilishi ishtaha va ochlik hissi markazining faoliyatiga bog’liq, ya’ni bu markaz tanaga kirgan ovqatni aniqlovchi markaz hisoblanadi. I.P.Pavlov bo‘yicha, ovqat markazi asab hujayralarining funksional birlashmasidan iborat bo’lib, u bosh miyaning har xil bo’limlari (po‘st1oq yadrolari, limbik gumbazi) da joylashgan. Yog‘ almashinuvida asosiy rolni asab hosilasi o‘ynab, gipotalamusni orqa qismida ventromedial va ventrolateral yadrolarida joylashgan.
Hayvonlarda ventrolateral yadrolarini elektr toki bilan ta’sirlanganda ularda ishtaha yo‘qolishi, hattoki ochlikdan o’lishigacha olib keladi.
Ventromedial yadrolar ta’sirlanganda uzoq vaqt davomida ovqat yeyish bilan bog’liq qo‘zg‘alish sodir bo’lib, buning natijasida hayvonlar ko‘p miqdorda ovqat yeydilar va u uzoq davom etsa ular semirishi yuzaga keladi. Oq kalamushlarda ventromedial yadrolar doimiy ravishda ta’sirlanganda kontrol kalamushlarga nisbatan ularning massasi 10 baravar oshib ketganligi ma’lum bo’lgan. Yog‘ depolariga markaziy asab tizimini boshqaruvchi ta’siri asab simpatik va adashgan vegetativ asablar orqali o’tkaziladi.
Simpatik asablardan o’tuvchi impulslar triglitsiridlar sintezini tormozlaydi va ularni parchalanishini (lipolizni) kuchaytiradi. Asab tizimining adashgan bo’limining tonusi oshganda yog‘ to‘planadi. Bular tegishli asablarni qirqib qo‘yish yo’li bilan o’tkazilgan tajribalarda isbotlangan. Agar mushukning asabini bir tomondan kesib, uni och qoldirilganda yog‘ kletchatkasida kesilgan tomonga nisbatan, kesilmagan tomonida sezilarli darajada ko‘p miqdorda yog‘ qolgani aniqlangan. Yog‘ni mobilizatsiyalovchi ta’sirotlarni yuzaga keltirishda, ya'ni yog‘ to‘qimasidagi triglisiridlarning parchalanishini faollashda buyrak usti bezining gormonlari - adrenalin va noradrenalin muhim rol o’ynaydi. Shu jihatidan asab tizimining simpatik qismi uzoq vaqt ta’sirlanganda, ya’ni turli shaklda uzoq qo‘zg‘alganda, adrenalin va noradrenalin sekretsiyasi kuchayadi. Bu esa yog‘ deposining kamayishiga olib keladi (uzoq vaqtli mushak faoliyati, cmotsional jarayon).
Somatotropin, tireotropin (gipofiz gormonlari), tiroksin (qalqonsimon bez gormoni) yog‘ni mobilizatsiyalovchi ta’sirlovchilardir. Shu sababli gipofiz gormonlari ta’sirida ma’lum davrda bo‘y o‘sishining kuchayishi va qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi oqibatida esa oriqlash kuzatilsa, aksincha, gipofiz va qalqonsimon bcz gormonlari funksiyasining pasayishi o‘sishdagi to‘xtash va semirish kasalligiga chalinish yuz beradi.
Qo‘ylar gipofizidan toza holdagi р-lipotropin gormoni ajratib olingan bo’lib, u lipolitik ta’sirlovchi xossasiga ega. Bu gormon yog‘ deposidan mobilizasiya mexanizmini boshqaradi. Kortikotropin va uning ta’sirida ishlab chiqarilgan glukokortikoidlar yog‘ mobilizatsiyasini tormozlaydi, shu jihatdan jigarda glikogenning to‘planishiga va qonda glukoza miqdorining oshishiga olib keladi. Insulin ta'sirida yog‘ning karbonsuvlarga aylanishi faollashadi va yog‘ning parchalanishi tormozlanadi. Yog‘ sintezini gipofiz bczining oldingi boiagida ishlab chiqariladigan prolaktin gormoni faollashtiradi. Uning ortiqcha miqdori ishlab chiqarilishi ayollarda laktatsiya vaqtida kuzatiladi va uning tugashidan keyin ko‘pincha ayolning semirishiga olib keladi. Shunday qilib, yog‘ almashinuvi boshqarilishida neyroendokrin omillar birgalikda yoki bir-biriga bog’liq holda ta’sir qiladilar. Ular yog‘ mobilizatsiya jarayonida ishtirok etib, uni muvofiqlashtirib turadi. Bu muvofiqlikning buzilishi esa patologik o’zgarishlarga - ya’ni semirish yoki oriqlashga olib keladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling