Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet48/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Azot balansi Azot oqsillar va aminokislotalar tarkibiy qismining asosiy elementi hisoblanib, organizmga oqsilli va boshqa xil oziq moddalar tarkibida kiradi. Organizmga ovqat bilan kiradigan va siydik, ter va boshqa yo‘l bilan chiqadigan azot miqdorlarining nisbati azot balansi deb ataladi. Organizmga kiradigan va undan chiqadigan azot miqdori - bir xil bo’lgan holda azot baravarligi (muvozanati) kuzatiladi. Bu hol ko‘pincha katta yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Organizmga ovqat bilan kiradigan azot miqdori organizmdan chiqadigan azot miqdoriga nisbatan ortiq bo’lsa, organizmda nisbiy azot balansi kuzatiladi, ya’ni oqsil parchalanishidan ko‘ra ko’proq hosil bo’ladi. Bu hodisa ko‘pincha kichik yoshdagi o’sayotgan bolalarda, ayollarda homiladorlik paytida, shiddatli jismoniy mashqlardan keyin, mushak faoliyati kuchayganda, kasallikdan keyin va boshqa hollarda kuzatiladi.
Manfiy azot balansi (azot tanqisligi) - organizmdan chiqqan azot miqdori organizmga kirgan azot miqdoriga nisbatan ortiq bo‘lgan holda kuzatiladi. Manfiy azot balansi oqsil ochlik, isitma, oqsillar almashinuvining neyroendokrin boshqarilishi izdan chiqqan hollarda kuzatiladi.
Mutaxassislar tomonidan ish xarakteriga va yoshga bog‘liq bo‘lgan holda oqsilli oziqlanish me'yori ishlab chiqilgan. Masalan, 7O kg og‘irlikdagi katta yoshdagi sog‘lom odamlar va aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilar uchun me’yorda 1 kecha kunduzda 1OO g gacha, o’rtacha jismoniy mehnat bilan mashg‘ul bo’luvchilarga 12O g, og‘ir jismoniy mehnatdagilar uchun esa - 13O-15Og oqsil iste’mol qilish talab qilinadi. Oqsilning miqdoriy oziqlanish tomoni bilan birgalikda uning sifatiy tomonini ham e’tiborga olish kerak. Gap shundaki, organizmda kechadigan oqsil biosintezida oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalarning tarkibiy jihati ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Biologik nuqtayi nazardan oqsil biosintezida ishtiok etadigan aminokislotalarni 2 guruhga bo’lish mumkin.
1. Almashinadigan aminokislotalar Bu aminokislotalarning oziq-ovqat moddalari tarkibidagi yetishmovchiligi boshqa aminokislotalar tomonidan qoplanadi.
2. Almashinmaydigan aminokislotalar, ular tanada hosil bo‘lmaydi, ular albatta oziqa tarkibida bo‘lishi shart bo’lgan aminokislotalar va ularning yetishmovchiligi oqsil sintezini izdan chiqarishiga olib keladi. Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga valin, leytsin, trconin, izoleytsin, metionin, fcnilalanin, triptofan, lizin, gistidin, arginin kiradi, Aminokislotalarda almashinmaslik xossasi tur xossasiga ega.
Masalan, arginin va gistidin, kalamushlar uchun almashinmaydigan bo‘lib hisoblanadi, odam tanasida ular sekinlik bilan bo‘lsa ham hosil bo‘lib turadi. O’simlik mahsulotlaridan iborat oziqlarga qaraganda hayvon mahsuloti tarkibli oziqlar tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar ko‘p bo‘ladi. Aminokislotalarning kerakli yig‘indisini saqlovchi oqsillarni; biologik to‘la qimmatli oqsillar dcb nomlanadi.
Go‘sht, baliq, tuxum, sut tarkibidagi oqsillar yuqori darajadagi biologik to’la qimmatli oqsil hisoblanadi.
Makkajo‘xori, bug‘doy, arpa oqsillari to‘la qimmatli bo‘lmagan oqsillardir.
Oqsil sinteziga va parchalanishiga markaziy asab tizimining boshqaruv ta'siri to‘g’ri asab o’tkazuvchi yo‘l bilan amalga oshiriladi, shunga mos holda ichki sekretsiya bezlarining funksional holati ham o’zgartiriladi. Asab tizimining oqsil metabolizmiga vositasiz ta’sirining bo‘lmasligi ko‘pgina tajribalarda asab tolalarni qirqib qo‘yish yo‘li bilan aniqlangan. Asab ta’sirlaridan mahrum qilingan, ya’ni denervatsiya qilingan to‘qimalarda oqsil tuzilmasining metabolizmi izdan chiqishi kuzatiladi. Hayvonlarda bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i olib tashlanishi natijasida oqsil almashinuvi susayishi isbotlangan. Bu holat ayniqsa, yosh hayvonlarda kuzatiladi, bu esa bo‘y o’sishi va tana massasining oshishiga olib keladi. Gormonlar oqsil almashinuviga ta’sirining turli-tumanligi bilan birbiridan farqlanadi. Bir xil gormonlar oqsil sintezini faollashtiradi, ya’ni anabolitik ta’sir ko‘rsatadi, boshqalari oqsilning parchalanish jarayonini faollashtiradi, ya’ni katabolitik ta’sir ko‘rsatadi.
Somatotropin-gipofiz bezining oldingi bo‘lagida sekretsiyalanadigan gormon hisoblanadi. U tananing o’sish davrida skeletning o’sishini va barcha a’zo va to’qimlarning oqsil massasini oshishini ta’minlaydi. Odam va hayvon hayotining keyingi davrlarida somatotropin gormoni normal hayot qobiliyatlari uchun kerakli bo‘lgan oqsilni sintezlanib turishini boshqarilishida asosiy rol o’ynaydi. Hozirgi zamon tasavvurlariga ko‘ra oqsil sintezining somatotropin ta’sirida faollashishi turli mexanizmlar bilan tushuntiriladi:
1. Aminokislotalarning hujayra tashqi muhitidan hujayra ichiga o’tishining tezlashuvi;
2. Hujayra yadrosida informatsion RNK sintezi, u orqali oqsil sintezining kuchayishi va subhujayraviy tuzilmalarining shaicllanishi;
3. Katepsin-hujayra ichi proteolitik sintezlar ta’sirini susaytirish.
Insulin bu ham anabolitik ta’sir ko‘rsatadigan gormondir. U oqsil almashinuviga bevosita va karbonsuv almashinuvi orqali esa bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu gormonning bevosita ta’siri shu bilan tavsiflanadiki, u aminokislotalarga nisbatan hujayra membranalarining o’tkazuvchanligini oshiradi. Natijada aminokislotalarning hujayra tashqi muhitidan hujayraning ichiga oHishi oshadi. Shu sabali hujayra ichida oqsil sintezi faollashadi. Bundan tashqari, insulin ta’sirida bir talay to‘qimalarning hujayralari tomonidan glukozaning hazm bo‘lishi yoki iste’mol qilinishi kuchayadi, oqibatda ancha miqdorda energiya ajraladi va ma’lum miqdorda oqsil sintezi jarayonlarida sarflanadi.
Qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin) oqsil almashinuviga, oqsilli oziqlanishga va oqsil almashinuvining oxirgi holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bezning me’yor funksiyasida oqsil sintezini rag‘batlantiradi, shu tufayli oqsil sintezini, a’zolar va to‘qimalar differensiatsiyasining rivojlanishini faollantiradi. Oqsil bilan oziqlanishning me’yordan ortiqcha miqdorda bo‘lganda gormonlarning ta’siri katabolitik tavsifga ega bo‘ladi, bu o’z navbatida oqsil parchalanishi jarayonlarini kuchaytiradi. Jinsiy gormonlar.
Ayollar jinsiy gormoni faqat maxsus ayollar jinsiy a’zolari (bachadon, qin, ko‘krak bezlari) dagi to‘qimalarda ishlab chiqilib, ular oqsil sintezini kuchaytiradi. Boshqa a’zo va to’qimalardagi oqsil almashinuviga estrogenlar ta’sir qilmaydi.
Erkaklar jinsiy gormonlari (androgenlar) xuddi shunday anabolitik ta’sirga ega, lekin ularning ta’siri estrogenlardan ko‘ra yanada ko‘proq bo‘ladi. Androgenlar ta’sirida oqsil sintezi faqat erkak jinsiy a’zolarda kuchaymay, balki boshqa to’qimalarda ham kuchayadi. Androgenlar steroid tizilmasi asosida ko‘pgina sintetik preparatlar tayyorlangan: ular oqsil sinteziga aniq anabolitik va kuchsizlangan spetsifik ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga ega. Ular bolalar bo‘yining o’sishida, ayniqsa, fiziologik rivojlanishi qoloq bo’lgan bolalarni davolashda ishlatiladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling