Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet44/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

So‘rilish So‘rilish - universal fiziologik jarayondir. Ovqat moddalarining hazm yo’lidagi bir yoki bir necha qavat hujayralar orqali qonga va limfaga o’tishi so‘rilish deb ataladi. So‘rilish tufayli organizm me’da-ichak yo’llaridan hamma zaruriy moddalarni- qabul qilib oladi, chunki so‘rilish butun hazm yo’llarida kuzatiladi. So‘rilishning faolligi me’da-ichak yo’llarining turli bo’limlarida turlicha bo’ladi. U ichakning shilliq qavatining tuzilishiga, ovqatning hazm darajasi va me’da-ichakda harakat qilayotgan ovqatning tarkibiga bog’liq. Me’dada suv, mineral tuzlar, monosaxaridlar, alkogol, dorivor moddalar, gormonlar, albumo va pcptonlar so‘riladi. Asosiy so‘rilish jarayoni ingichka ichakda o’tadi. Karbonsuvlar glukoza, galaktoza va fruktoza (monosaxaridlar) ingichka ichakning yuqori bolim laridan qonga so‘riladi. Ingichka
So‘riiish mexanizmi Yuqorida aytib o’tganimizdek, so‘rilish murakkab, ko‘p bosqichli fiziologik jarayon bo’lib, uning natijasida turli moddalar ichak devorining epitelial membranasi orqali qon yoki limfaga o’tadi. Ichak epiteliysi faqat bir tomonga o’tkazgani uchun odatda turli moddalar teskarisiga - qon va limfadan ichak bo‘shlig‘iga qaytib o’tolmaydi.
So‘rilish jarayonlarida fizikaviy hodisalar - filtratsiya, diffuziya va osmos muhim rol o’ynaydi. So‘rilish jarayonida Hltratsiyaning ahamiyati juda katta. Ichak devoridagi silliq mushak tolalarining mexanik qisqarishi tufayli ichakda gidrostatik bosim vujudga keladi. Bu esa so‘rilish jarayonida filtratsiyaning ahamiyati borligini ko‘rsatadi. So‘rilish jarayonida diffuziya va osmos hodisalarining ham ahamiyati juda katta. Jumladan, gipotonik eritmalardan suv so‘rilishini osmos qonunlari bilan izohlash mumkin. Biroq, so‘rilishni oddiy filtratsiya, diffuziya va osmos jarayonlari bilan tushuntirish mumkin emas. Buni bir tomonlama so‘riiish qonuni isbotlab bergan. Ichak epiteliysiga faqat yarim o‘tkazgich membrana deb emas, balki ma’lum fiziologik ishni bajaruvchi a’zo deb qarash lozim. Ichakning epiteliysi moddalarni tanlangan holda so‘rish qobiliyatiga ega. Bir xil moddalar oson va zudlik bilan so‘riladi, boshqalari esa qiyinchilik bilan va oz miqdorda so‘riladi. Masalan, turli monosaxaridlardan sog‘lom odamning ichagidan glukoza va galaktoza boshqa karbonsuvlarga nisbatan tezroq o’tadi.
Jigarning kasalligi natijasida A vitaminining sintezlanishi jarayoni keskin pasayib ketadi. Jigarda yana RR, V2, K, D vitaminlar ham sintezlashadi. Jigar suv almashinuvida faol qatnashadi, suvni zaxira qila oladi. Ichakdan qonga o’tuvchi suvning me’yoridan ortiq miqdori vaqtincha jigarda ushlanib qoladi. Suv tanqisligi paytda jigarda saqlangan suv miqdori qonga o’tadi. Shunday qilib, jigar qonning osmotik bosimini mu’tadil darajada saqlanib qolishida muhim rol o’ynaydi. Jigar qon aylanish tizimi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u qon deposi deb ataladi. Organizm uchun zarur bo’lgan vaqtda zaxiraviy qon jigardan umumiy qon aylanish doiralariga chiqariladi. Odam va yuksak darajaga rivojlangan sut emizuvchilar uchun jigar baryer (to‘siq) funksiyasini bajaradi. U zaharli moddalar uchun to‘siq bo’lib, ularni ushlab qoladi va sintez yo’libilan o’tkir zaharli moddalarni kam zaharli moddalarga aylantirib organizmdan chiqarib yuboradi. Masalan, yo‘g‘on ichakda hosil bo’ladigan va organizm uchun zaharli moddalar - fenol, indol, skatol va boshqalar qonga so‘rilgandan so‘ng jigarga tushib, sulfat va glukuron kislotalari bilan birikadi va zaharsizlantiriladi.
Ovqatga doim xulqni boshqarish, ya’ni ovqat topish va yeyish, bir butun tizim sifatida hazm yo‘llari faoliyatini murakkab refleks yo‘li bilan boshqarib va uyg‘unlashtirib turish ovqat markazining funksiyalaridir. Ovqat markazi faoliyatida, bizning nazarimizda, asab hujayralarining o’zida ro‘y beruvchi modda almashinuvi jarayonlari muhim ahamiyatga ega bo‘lsa kerak. Ochlikning fiziologik mexanizmini tushuntirish uchun ikkita nazariya taklif etilgan. Birinchi nazariya ochlikni biror a’zodagi asab oxirlarining ta’sirlanishidan qat’iy nazar paydo bo‘ladigan umumiy his deb talqin qiladi. Bu nazariyaga ko‘ra, qon tarkibining va tanadagi turli a’zolar, jumladan, markaziy asab tizimi holatining o‘zgarishi natijasida ochlik kelib chiqadi, deb faraz qilinadi. Hujayralar oson o’zlashtiradigan modda, masalan, glukoza qonga yuborilganda ochlik hissining yo‘qolishi bu nazariyaning eng kuchli dalillaridan biri qilib keltiriladi. Biroq, ochlikka mahalliy his deb qarovchi ikkinchi nazariya ham bu dalilni izohlay oladi. Ikkinchi nazariyaga muvofiq, ochlik sezgisi mahalliy jarayon bo‘lib, hazm yo‘lining interoretseptorlaridan bosh miyaga impulslar kelishiga bog‘liq. Bu nazariya ochlik hissiga hazm yo’lidavriy faoliyatining natijasi deb qaraydi. Hozirgi kunda to‘qlikni yuzaga chiqaruvchi ikkita mexanizm ko‘pchilik olimlar tomonidan qo’llab kelinmoqda.
Birinchi mexanizm. Me’da va ichakka ovqat kirishi, ular mexanoretseptorlarining qo‘zg ‘alishi, afferent asab orqali gipotalamusning lateral yadrosiga asab impulslarining yetib borishi va neyronlarda tormozlanish jarayonini hosil bo’lishi natijasida to‘qlik hissiyoti paydo bo’ladi. Me’da retseptorlarining qo‘zg‘alishi natijasida oziq moddalar reflektor yo‘li bilan depodan qonga chiqadi. Bu holat sensor to‘qlik deyiladi. Sensor to‘qlik ovqatlanishning 15-2O daqiqasida seziladi va so‘rilish jarayoniga hech qanday aloqasi yo‘q.
Ikkinchi mexanizm. Haqiqiy, metaboliylik yoxud ikkilamchi to‘qlik bo‘lib, u oziq moddalarning ichakdan qonga so‘rilishi natijasida seziladi. Bu holat ovqat iste’mol qilingandan 1,5-2 soatdan keyin kuzatiladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling