Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Me’da osti bezi shirasi tarkibining ovqat sifatiga bog‘liqligi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’da osti bezi sekretsiyasining boshqarilish mexanizmlari
Me’da osti bezi shirasi tarkibining ovqat sifatiga bog‘liqligi Me’da osti bezining shirasini tarkibi ovqatning tarkibi va sifatiga bog’liq: karbonsuvlar iste’mol qilinganda amilaza, iste’molda oqsillar bo’lganda tripsin va ximotripsin va yog’lar bo’lganda lipaza fermentlarning faolligi oshadi. Odam muntazam bir xil ovqat iste’mol qilaversa, shunga muvofiq ovqatning o’sha turiga qarab shiraning tarkibi va fermentlarning faolligi o‘zgarib shu sharoitga muntazam moslashib turadi. Me’da osti bezining sekretor hujayralari bikarbonlarning manbasidir. Shira tarkibiga bikarbonlar, xloridlar, Na+, K+, Ca2+, Mg2+, Mn, Zn2+ kiradi. Me’da osti bezi bir kecha-kunduzda - 1,5-2 1 shira ishlab chiqaradi, uning pH 7,5-8,5 ga teng
Me’da osti bezi sekretsiyasining boshqarilish mexanizmlari Me’da osti bezi sekretsiyasi ikki xil yo’l bilan, ya’ni: asab va gumoral boshqariladi. Adashgan asab me’da osti bezining sekretor asabi ekanligini l.P.Pavlov xronik hamda surunkali tajribalarda ko‘rsatib bergan. Adashgan asab ta’sir etilganda me’da osti bezidan ozgina shira chiqadi-yu, uning fermentativ faolligi yuqori bo’ladi. Meda osti bezidan refleks yo‘li bilan shira chiqishi (reflektor mexanizm borligi) murakkab jarrohlik asosida hayvonlarda o’tkazilgan xronik tajribalarda ko‘rsatib berilgan (I.P.Pavlov, A.V.Tonkix). Bir tomondan ovqatning hidi va ko‘rinishi, shuningdek uni yeyish bilan bog‘langan boshqa turli ta’sirotlar (shartsiz reflektor ta’siroti) natijasida me’da osti bezidan shira chiqishiga sabab bo‘ladi. Ovqat yeyilganda og‘iz bo‘shlig‘i va halqum retseptorlari ta’sirlanadi, bu esa me’da osti bezidan refleks yo‘li bilan shira chiqarishni ta’minlovchi kuchli ta’sirlovchidir. Bunda og‘iz bo‘shlig‘i va halqum retseptorlarida paydo bo’luvchi impulslar me'da osti bezi sekretsiyasining asab markazida joylashgan uzunchoq miyaga boradi va so‘ngra adashgan asablarning tolalari orqali bezga kelib, uning sekretsiyasiga sabab bo’ladi. Sekretsiya ovqat yeyishdan 2-3 daqiqa kcyin boshlanadi. Bunday kalta yashirin (latent) davr me’da osti bczidan refleks yo’li bilan shira chiqishini isbot etadigan dalillardan biridir Jigar o’ti och sariq bo’lib, suyuq choyga o’xshaydi. O’t - safroning jigardan hosil bo‘lishi xolerez deyiladi. O’t ovqat hazm qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgani sababli jigarda uzluksiz hosil bo’ladi. Ammo o’n ikki barmoqli ichakka о’t ovqat hazm qilish vaqtida quyiladi. Ovqat hazmi to’xtaganda o’t (safro) о’t pufagida to‘planadi. Odamda bir kecha kunduzda hammasi bo’lib O,5-1,5 1 о’t hosil bo’ladi. O’tning asosiy tarkibiy qismini о’t kislotalari, о’t pigmentlari va xolesterin tashkil qiladi. Undan tashqari uning tarkibiga yog‘ kislotlari, turli ionlar: Na+, K+, Ca2+, СГ, HCO3 va boshqa moddalar ham kiradi; jigardagi o’tning pH-7,3-8,O va pufakdagi o’tning pH-6,O-7,O ga teng. Odam o’tida asosan bilirubin bor. Eritrotsitlar parchalanganda chiqadigan gemoglobindan bilirubin hosil bo’ladi. 1 g gemoglobindan 4O mg bilirubin hosil bo’ladi. O’t - safroning hosil bo’lishi (xolerez) ovqat iste’mol qilgan vaqtda ortadi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling