Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet38/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Chaynash. Ovqatni chaynash ham murakkab reflektor mexanizmdan iborat bo’lib, ovqat bo’lakchalari jag’larning harakati natijasida ovqat eziladi. Ovqat qancha ko‘p ezilsa, o’shancha oson hazm bo‘ladi, chunki ezilgan ovqatning ichiga so’lak ko‘p miqdorda kiradi. Chaynashning ahamiyati ovqatni mexanik ishlash va maydalashdan iborat. Ayni vaqtda ovqat so’lak bilan ho’llanib, yumshab, yutish uchun qulay holga keladi.
So’lak bezlari Og‘iz bo‘shlig‘ida uch juft yirik so‘lak bezi; quloq oldi (1), jag‘ osti (II) va til osti (III) bezlari, shuningdek til yuzasida va tanglay bilan yuzning shilliq pardalarida joylashgan ko‘pincha mayda bezlarning yo’llari og‘iz bo‘shIig‘iga ochiladi
So‘lak bezlarida ip singari cho‘ziluvchi yopishqoq sekret chiqaruvchi shilimshiq hujayralar va so’lak deb ataluvchi suvday suyuq sekret chiqaruvchi seroz hujayralar bor. Quloq oldi bezi va tilning yon yuzalaridagi bezlar seroz hujayralardan tashkil topgan. Shilimshiq hujayralardan tuzilgan bezlar - shilliq bezlar til ildizida, qattiq va yumshoq tanglayda bo’ladi. Seroz va shilliq hujayralardan tashqari so‘lak bezlarida sekretor hujayralarning ostida joylashgan mioepitelial hujayralar ham bor.
So‘lakning tarkibi va xossalari So‘lakda suv, anorganik va organik moddalar bor. Suv so‘lakning 94,4-99,5% ni tashkil qiladi, organik va anorganik moddalar O,5-O,6% chamasida bo‘ladi. Anorganik moddalarga - xloridlar, fosfatlar, bikarbonatlarning natriy, kaliy, kalsiyli tuzlari, organik moddalarga - mutsin, globulin, fermentlar aminokislotalar, kreatin, siydik kislota va mochevina kiradi. Bundan tashqari, so’lakda gazlar (NO2 va CO2) ham bo‘ladi. So‘lak reaksiyasi ishqoriydir (pH=5.8-7.4). So‘lak tarkibidagi oqsillar va fermentlar ovqat moddalarini parchalaydi.
So‘lak fermentlari So‘lakni silliqlashda ishtirok etadigan oqsil - mutsin deyiladi. U ovqat bilan aralashib, uni yutilishini qulay holga keltiradi. Odam so’lagida amilaza fermenti- ptialin (amilaza, diastaza) bo’ladi. Bu ferment kraxmalga tasir etib, uni dekstrinalarga va disaxarid - maltozaga parchalantiradi. Ikkinchi bir ferment - maltaza disaxarid maltozaga ta’sir etib, uni glukozaga aylantiradi. Bu fermentlar ishqoriy, neytral va nofaol kislotali sharoitda ta’sir etadi. Fermentlar asosan quloq oldi va jag‘ osti bezlarida ishlab chiqariladi. Ovqat og‘izda qisqa vaqt turganligi uchun ptialin karbonsuvlarni oxirigacha parchalab ulgura olmaydi. Uning ta’siri me’dada ham davom etib, ovqat ichiga kislota kirguncha davom etadi. Me’da shirasidagi kislota ovqatga tasir qilgandan keyin ptialin karbonsuvlarga ta’sir etmay qo‘yadi. Odam soiagida ptialin va maltazadan tashqari fermentga o’xshagan modda lizosim ham bo’ladi. Bu modda mikroblarni oidirish xususiyatiga ega. Odamda bir kunda ishlab chiqariladigan so’lak miqdori o‘rtacha 1,5 l ni tashkil qiladi. Ba’zan o’txo‘r hayvonlarda esa (masalan, ot, sigir) bir kunda 46-6O 1 gacha so’lak ishlab chiqariladi. So’lak bezlarining innervatsiyasi. So’lak chiqadigan qitiqlagich ovqat bo’lib, bu ta’sir natijasida tez so’lak ajralib chiqadi. Qitiqlagich ta’sir etishi bilan so’lak chiqquncha bo’lgan vaqt yashirin yoki latent davr deyiladi. Bu vaqt 2-3 soniyani tashkil etadi. So’lakning tarkibi ogizga tushadigan moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlariga qarab har xil bo’ladi. Quruq ovqatlarga so’lak ko‘p ajraladi. Shuningdek kislota va ishqoriy reaksiyali ovqat moddalariga ham ko‘p miqdorda va suyuq so’lak chiqadi Bundari ma’lumki, so’lak bezlarining ishi ovqat turiga qarab o’zgarib turadi. So’lak chiqishi reflektor jarayondan iborat bo’lib, markaziy asab tizimi orqali boshqariladi. Og‘izga ovqat tushishi bilan undagi sezuvchi asab uchlari qitiqlanadi, ta’sirot markazga intiluvchi asab tolalari orqali markazga borib, keyin so’lak bezlariga keladi va so’lak ajrata boshlaydi. Og‘iz shilimshiq qavatining bir qismida o‘rnashgan retseptorlar kimyoviy qitiqlagichlarga sezgir bo’ladi. Achchiq va sho‘r moddalar til tubidagi retseptorlar orqali so’lak chiqaradi.
Termoretseptorlar butun til ustida, mexanoretseptorlar esa til uchi, til tubi, tanglay va yuqori labda joylashgan bo’ladi. So’lak bezlariga keluvchi til asabi, til - tanglay asabi, sayyor asabning tolasi va nog‘ora tori asabi sezuvchi asablardir. Har bir so’lak bezi simpatik va adashgan asab bilan ta’minlangan. Jag‘ osti va til osti bezlariga nog‘ora tarkibiga o’tib boradigan adashgan asab tolalari keladi. Quloq oldi bezlari til-halqum asabidan adashgan tolalar oladi. Adashgan asablarda so’lak chiqaruvchi va tomirlarni kengaytiruvchi tolalar bo’ladi. Simpatik asablar so’lak bezlariga ustki bo‘yin simpatik tugunidan boradi. Adashgan asablar, xususan, nog‘ora tori qitiqlangan vaqtda ko‘p miqdorda suyuq so’lak chiqadi. Simpatik asab qitiqlanganda esa organik moddalarga boy bo’lgan quyuq so’lak ajraladi. Agar simpatik va adashgan asablar uzoq vaqt qitiqlansa, ajraladigan so’lakda organik moddalarga boy so’lak ajraladi. Har ikki asab baravariga qitiqlanganda ham shu hol yuz beradi. Asablarning qitiqlanishi natijasida so’lak ajralishining oddiy filtratsiya jarayonidan iborat bo’lmay, markaziy asab tizimi va sekret chiqaruvchi hujayralarning faolligi natijasida vujudga keladigan murakkab fiziologik jarayondir.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling