Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Nafas mushaklarining innervatsiyasi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafasning reflektor boshqarishi
Nafas mushaklarining innervatsiyasi. Uzunchoq miyadagi nafas markazi orqa miya kulrang moddasining oldingi shoxlarida joylashgan va nafas mushaklarini innervatsiyalaydigan motoneyronlarga impulslar yuboradi. 3-4 buyin segmentlarining oldingi shoxlarida joylashgan motoneyronlarning o’siqlaridan diafragmal asablar hosil bo’ladi, bular diafragma faoliyatini innervasiya qiladi. Orqa miya ko‘krak bo’limining oldingi shoxlarida joylashgan harakatlantiruvchi neyronlarining o’siqlaridan qovurg‘aaro asablar hosil bo’ladi, bular qovurg‘aaro mushaklarni innervatsiyalaydi. Orqa miya ko’krakva bo‘yin segmentlari orasidan kesilganda qovurg‘alar yordamida nafas olishning to‘xtashi, diafragma yordamida nafas olishning esa saqlanib qolishi shundan tushuniladi, chunki diafragma asabining harakatlantiruvchi yadrosi orqa miyaning kesilgan joyidan yuqorida bo’lib , nafas markazi bilan diafragma o’rtasidagi bogianishni saqlab turadi.
Orqa miya uzunchoq miya ostidan kesilsa, nafas olish taqqa to‘xtaydi va organizm bo‘g ‘ilishdan halok bo’ladi. Biroq, orqa miya bunday kesilganda burun va hiqildoqning bevosita uzunchoq miyadan chiqadigan asablari' bilan innervatsiyalanuvchi yordamchi nafas mushaklari qisqarishni bir necha vaqt davom ettirib turadi. Nafasning reflektor boshqarishi. Nafas markaziga ta’sir etadigan yetuk fiziologik mexanizm - reflektor mexanizmdir. Nafas olish boshqarilishida o‘pkaning ichki yuzasidan boshlanuvchi reflekslar katta ahamiyatga ega. Bu reflekslarning yuzaga chiqishda adashgan asabning markazga intiladigan, o’pka devorlarida tugaydigan tolalari qatnashadi. Nafas olish (inspratsiya)da o’pka kengayib, devorlari cho‘ziladi. O’pka devorlarning cho‘zilishi esa adashgan asab tolalarining oxirlariga ta’sir etib, bularda qo‘zg‘alish jarayoni kelib chiqadi. Qo‘zg‘alish nafas markaziga borib, uning faoliyatini susaytiradi. Natijada tormozlangan nafas markazidan nafas mushaklariga qo‘zg‘ovchi impulslar kelmay qoladi va nafas mushaklari bo‘shashadi, ko‘krak qafasi pastga tushadi, hajmi kichrayadi va o’pkadan havo chiqariladi. O’pka avvalgi holatiga qaytib, alveolalar devori cho‘zilishdan to‘xtagach, adashgan asabdagi markazga intiluvchi tomirlarning oxirlari qo‘zg‘almay qo‘yadi, binobarin, nafas markazining faoliyati susaytirishdan to‘xtaydi. Nafas markazi susaytiruvchi impulslar olmasligi natijasida yana qo‘zg‘aladi va odam yana nafas oladi. Shunday qilib, nafas olish go‘yo o’z-o‘zidan idora etiladi: nafas olish nafas chiqarishga sabab bo’ladi, nafas chiqarish esa nafas olishga sabab bo’ladi. Masalan, o’pka qon tomirlari va boshqa a’zolarda o’rnashgan retseptorlardan nafas markaziga intiluvchi asab tolalari orqali juda ko‘p impulslar kelib turadi. Nafas markazi gumoral qitiqlagichlarga ham nisbatan sezgir bo’ladi. Organizmda va nafas markazining o’zida ham hosil bo’lgan karbonat angidrid nafas markazini qitiqlaydi. O’pkada o‘mashgan sezuvchi asab uchlari o’pka kengayganda, ya’ni nafas olish vaqtida qitiqlanadi va ta’sirot sayyor nafas olish markazidan ko‘krak qafasini toraytiruvchi mushaklarga kelib, kptkrak qafasini toraytiradi va nafas chiqariladi. Kuchli nafas chiqargan vaqtda o‘pka torayib, yana sezuvchi asab qitiqlanadi va ta’sirot nafas markaziga boradi. Bunda nafas markazi qitiqlanib, ta’sirot ko‘krak qafasini kengaytiruvchi mushaklarga o’tadi va ko’krak qafasi kengayib nafas olinadi. Shunday qilib, nafas olish refleks yo‘li bilan nafas chiqarishga sababchi bo‘ladi. Bundan tashqari, uyqu arteriyasining ikkiga ajralish yerida o’mashgan retseptorlar ham nafas olishda ishtirok etadi. Agar tomirlarda qon bosimi ko‘tarilib ketsa, yuqoridagi retseptorlar qitiqlanib, nafas olish to‘xtaydi, qon bosimi pasayganda esa nafas olish tezlashadi. Shuningdek, tomirlarda o’mashgan va kimyoviy moddalarga sezgir maxsus retseptorlar qon tarkibining o’zgarishi bilan ta’sirlanib, nafas olishni o’zgartirishiga sababchi bo‘ladi. Nafas olishga yana bir boshqa asablar ham ta’sir etadi. Masalan, o‘tkir hidli ammiak bug‘i burun orqali uch tarmoqli asabga ta’sir etib, nafas olishni to‘xtatadi. Nafas yo‘llarida to‘xtalib qoladigan chang va shilimshiq moddalar hiqildoq asab uchini qitiqlab, kuchli nafas olishga sababchi bo‘ladi va shu yo’l bilan tutilib qolgan moddalar o’pka yo‘lidan tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olish bosh miya po‘stlog‘i tomonidan ham boshqarilib turadi. Bu sohada rus olimi K.M.Bikov va uning shogirdlari ko‘p ishlar qilib nafas olishni shartli reflektor faoliyat yo‘li bilan o’zgartish mumkin ekanligini isbot etdilar. Jismoniy ish boshlashdan oldin yoki sport mashqini bajarishda faqat komanda bcrilishi bilanoq nafas olish bosh miya po‘stlog‘ining ta’siri bilan, ya’ni shartli refleks yo‘li bilan o’zgaradi. Shuningdek, bir necha soniya nafas olmay turilsa ham qonda karbonat angidrid ko‘payib ketadi va odam bir necha marta chuqur va tez nafas olishga majbur bo‘ladi. Nafasning boshqarilishida qon gaz tarkibining ahamiyatini L.Fredrik ochib bergan Buning uchun bir itning uyqu arteriyasi ikkinchi itning uyqu arteriyasi bilan birlashtiriladi. Bunda bir it qoni ikkinchi itning boshiga o’tadi. Agar bu itlarning biriga ko‘proq karbonat angidrid hidlatilsa, u qonga o’tib, qon orqali ikkinchi itning boshiga boradi va uning uzunchoq miyasiga ta’sir etib, nafas olishni tezlashtiradi. Bu hol karbonat angidridning nafas olish markaziga qon orqali (gumoral) ta ’sir etishini ko‘rsatadi. Shu itlardan birining traxeyasi qisilib, organizm shu yo‘l bilan bo‘g ‘ilsa, biroz vaqtdan keyin uning nafasi to‘xtab qoladi (apnoe), ikkinchi it esa rosa halloslaydi (dispnoe). Bunga sabab shuki, birinchi itning traxeyasi kesilganda uni tanasidagi qonda CO2 to‘planadi (giperkapniya) va kislorod miqdori kamayadi (gipoksemiya). Qon birinchi itning tanasidan ikkinchi itning boshiga boradi va uning nafas markazini qo‘zg‘atadi. Shu sabali ikkinchi itda nafas kuchayadi (giperventilatsiya), CO2 tarangligi pasayadi, O2 tarangligi esa oshib ketadi. Shu itning tanasidan kislorodga bcy va CO2 kam qon birinchi itning boshiga kelib, unda nafas to‘xtatib qo’yadi (apnoe). Shunday qilib, qonda karbonat angidridning ko‘payishi nafas markazi ishini, kuchaytiradi va aksincha, tez-tez nafas olish natijasida qondagi karbonat angidrid tashqariga chiqarib yuborilsa, nafas olish birmuncha vaqt to‘xtab qoladi, bunda qonda karbonat angidridning miqdori yana ko‘payadi va nafas olish tezlashadi. Nafas markazi faqat karbonat angidrid bilangina ta’sirlanmay, balki kislotali boshqa moddalar (masalan, sut kislota) ta’sirida ham qo‘zg‘aladi. Moddalar almashinuvi natijasida bunday kislotali moddalar nafas markazining asab hujayralarida ham hosil bo‘ladi. Shunday qilib, nafas markazi o‘zida hosil bo‘ladigan kislotali moddalar ta’sirida qo‘zg‘alib turadi. Turli sharoitdagi nafas va organizmning kislorod bilan ta minlanishi xususiyatlari. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling