Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Ingichka ichakda ovqat hazm bo‘lishi


Download 176.93 Kb.
bet42/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Ingichka ichakda ovqat hazm bo‘lishi Umumiy ovqat hazm qilish tizimining eng oxirgi qismi bu ichaklarda hazm qilish jarayonidir. Ingichka ichakda sodir bo‘ladigan hazm jarayonlari o’n ikki barmoqli ichakda bo‘lib o’tgan hazm jarayonlarining davomi bo‘lib, u bilan funksional jihatdan ikki tomonlama bog‘liqdir. Me’da-ichak tizimining bunday funksional aloqadorligi o’n ikki barmoq ichak bezlari (Brunner bezlari), me’da osti bezi va jigarda ishlanib chiqadigan moddalarni ingichka ichakka quyilishini ta’minlaydi. Ingichka ichakning muhiti ishqoriy bo’lganligi sababli (pH-7,2-8,6), bu yerda hanl hazm a’zolarining shirasi o’z ta’sirini ko‘rsatib turadi, chunki yuqorida ko‘rsatilgan hazm jarayonlariga yana bir muhim omil - ingichka ichak shirasining faol ta’siri ham qo‘shiladi. Ichak shirasining tarkibi, xossalari va ovqat hazm qilishda ahamiyati Ichak shirasi rangsiz suyuqlik bo‘lib, shilimshiq, epiteliy hujayralari, xolesterin kristallari aralashgani uchun loyqaroq ko‘rinadi. Ichak shirasida natriy xlorid va ozgina bikarbonatlar bor, reaksiyasi ishqoriy. Katta yoshdagi odamda bir kecha kunduzda 2-3 1 past ishqorli ichak shirasi ajraladi. Ichak shirasida 2O ga yaqin hazm fermentlari aniqlangan. Ichak shirasida fermentlardan peptidazalar bor. Ularning vakillari - leytsinaminopeptidaza va aminopeptidaza hisoblmadi. Bu fermentlar me’da va o’n ikki barmoqli ichakda hosil bo‘ladigan oqsillar mahsulotini parchalaydi. Ichak shirasida yana bir ferment - katepsin ham mavjud. Bu ferment ingichka va yo‘g ‘on ichaklarda mikroflora shakllantiradigan distal (pastki) qismlarida oqsil komponentlarga ta’sir etadi. Ichak shirasida nordon va ishqoriy fosfatazalar mavjud, ular fosfolipidlarning hazm bo‘lishida faol ishtirok etadi.
Yo‘g‘on ichakda ovqatning hazm bo’lishi Odamning yo‘g ‘on ichagida hazm jarayoni yo‘q desak ham mubolag‘a boimaydi, chunki evolutsiya davomida odamda shakllangan yo‘g ‘on ichakning nofaol fermentativ jarayoni shuni ko‘rsatadiki, unda hazm bo’lmagan ovqat moddalari, juda ham kam. Me’da-ichakning boshqa qismlariga qaraganda yo‘g ‘on ichakda mikroorganizmlarning ko‘pligi tufayli uning o’ziga xos mikroflorasi hosil bo’ladi. Bu mikrofloraning ahamiyati shundan iboratki, hazm boimagan ovqat va komponentlari bu yerda oxirigacha parchalanadi, uning natijasida organik kislotalar, gazlar (CO2, CH4, H2S) va toksik moddalar (fenol, skatol, indol, krezol) hosil bo’ladi. Odam organizmiga kirgan bu moddalarning bir qismi jigar tomonidan zararsizlantiriladi (jigarning bufer funksiyasi). Yo‘g ‘on ichakdagi bakterial fermentlar me’da-ichak yo’lining boshqa qismlarida fermentlar ta’sir qilmagan bir xil moddalarga selluloza, gemisellyuloza va pektinlarga ta’sir yetkazadi. Gidrolizga uchragan moddalar yo‘g‘on ichak devorlari (membranalari) orqali organizmning hujayralariga so‘riladi. Yo‘g‘on ichakdan vitaminlar va aminokislotalar ham organizmga so‘riladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling