Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


O’n ikki barmoq ichakda ovqat hazm bo’lishi


Download 176.93 Kb.
bet40/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

O’n ikki barmoq ichakda ovqat hazm bo’lishi O’n ikki barmoq ichakga tushgan ovqatga me’da osti bezining shirasi (pankreatik shira), shuningdek o’n ikki barmoq ichakning shilliq pardasidagi Brunner va Liberkyun bezlarining shirasi ta’sir etadi. Ovqat hazm qilinmayotgan vaqtda o’n ikki barmoq ichak suyuqligi sal-pal ishqoriy reaksiyali (pH o’rtacha hisob bilan 7,2-8,O ga teng) bo’ladi. Me’daning nordon suyuqlik porsiyasi o’tganda o’n ikki barmoq ichakka suyuqlik reaksiyasi nordon bo’lib qoladi, lekin me’da shirasidagl xlorid kislota ichakda neytrallangani uchun reaksiya tezda ishqorjy tomonga o’zgaradi. Odamning o’n ikki barmoq ichagidagi faol reaksiya pH 4,O-8,5 atrofida bo’ladi.
Me’da osti bezi shirasining tarkibi va xossalari Me’da osti bezining sekretsiyasi ovqat yeyilganda 3-5 daqiqadan keyin boshlanadi va ovqat tarkibiga qarab 6-14 soat davom etadi. Ovqat hazm qilinmayotgan paytda, nahorga me’da osti bezining shirasi hazm yo’lining davriy harakatiga qarab har zamonda chiqib turadi. Me’da ostining shirasida oqsillar, karbonsuvlar va yog’arni parchalaydigan fermentlar bo’ladi. Shuning uchun ham me’da osti bezining shirasi fermentlarga boy desak bo’ladi. Masalan, unda
oqsillarga ta’sir qiluvchi tripsin va ximotripsin;
polipeptidlarni parchalovchi - karboksipolipeptidaza va aminopeptidaza;
yog’larni parchalovchi lipaza; kraxmalni disaxaridlargacha parchalovchi amilaza;
disaxarid maltozani monosaxarid glukozaga aylantiruvchi maltaza;
sut qandi - laktozani monosaxaridlargacha parchalovchi laktaza;
nuklein kislotalarga ta’sir qiluvchi nukleazalar bor
Me’da osti bezi yo’lida bevosita yig’ilgan shira oqsillarga ta’sir etmaydi. Undagi tripsin va xemotripsin fermentlari nofaol holatda, ya’ni tripsinogen va ximotripsinogen shaklida bo’ladi. Bu shiraga ichak shirasidan ozgina olib qo‘shilganda tripsinogen faollashib - tripsinga aylanadi. Tripsinogenning faollanishiga ichak shirasidagi maxsus ferment enterokinazani ahamiyati juda katta. Uni 1899 yilda N.P.Shepovalnikov aniqlagan bo’lib, I.P.Pavlov bu fermentni «fermentlarning fermenti» deb nom bergan.
Shunday qilib, tripsin oqsillarga ta’sir etib, ularni aminokislotalargacha parchalaydi. Me’dada hosil bo’lgan peptoza va albumozalar ham tripsin ta’sirida aminokislotalargacha parchalanadi. Shuni maxsus qayd qilib o’tish zarurki, tripsin asosan ishqoriy muhitda faol bo’ladi. U kislotali muhitda ham ta’sir etaveradi, ammo faolligi kamayadi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling