Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hazm tizimining boshqarilish qismi
Hazm tizimining effektor qismi. Hazm tizimining bajaruvchi (effektor) elementlari ovqat hazm qilish yo'li va bezlar yig’indisi tuzilmasini tashkil etib (so’lak bezlari, me’da osti bezi, jigar va h.z) me’da ichak yo’li tushunchasi bilan ifodalanadi. Me’da - ichak yo’li funksiyalari hazm tizimi faoliyatining eng oxirgi jarayonlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Ovqat moddalarining gidrolizi - oqsillar, karbonsuvlar va yog’larni monomerlar darajasiga, ya’ni aminokislotalar, monosaxaridlar, monoglitseridlar, glitserin va yog’ kislotasigacha parchalanib, ularni hazm yo’lidan organizmning ichki muhiti (to‘qimalar va hujayralar) gacha yetkazib berishdan iborat. Ovqatning hazm bo’lishi, oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi fizik-kimyoviy o‘zgarishlar tufayli yuzaga chiqadi va shu bilan birga u ovqatni to’liq hazm qilish va so‘rilish ma’nosini ifodalaydi. Bu o‘zgarishlar me’da-ichak yo’lining sekretor va motor funksiyalari orqali amalga oshiriladi. Me’da-ichak yo’lining sekretor hujayralari oqsillar, karbonsuvlar va nuklein kislotalarni gidrolitik parchalanadigan fermentlarni ishlab chiqaradi.
Ovqat moddalarining gidrolizi me’da-ichak bo‘shlig‘ida boshlanib, ichaklar hujayralarining membranalarida, ya’ni hazm va so‘rilish jarayonlari sodir bo’ladigan joyda tugaydi. Ovqatni me’da-ichak yo’lida harakatlanishi, uning aralashishi, gidrolitik fermentlarga duch kelishi va organizmdan chiqib ketishi (ekskretsiyasi) hazm nayining motor (harakatlantiruvchi) funksiyasi tufayli amalga oshiriladi. Hazm tizimining boshqarilish qismi. Hazm tizimining boshqarilish qismiga: mahaliiy va markaziy tizimi kiradi. Mahalliy boshqarish enteral asab tizimi (metasimpatik asab tizimining bir qismi) va ma’da-ichak yo’lining endokrin diffuz (aralash) tizimi orqali amalga oshiriladi. Hazm tizimining boshqarilishi markaziy asab tuzilmalari: orqa miya, miya ustuni, gipotalamus, bosh miya po‘stlog‘i va boshqa hazm markazlariga mansub bo’lgan tizimlar orqali amalga oshiriladi. Hazm markazi me’da-ichak faoliyatini uyg‘unlantirishdan tashqari ovqat xulq-atvori ham boshqara oladi. Ovqat xulq-atvorning shakllanishi gipotalamus, limbika va bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i orqali boshqariladi. Mahalliy va markaziy boshqarilish o’rtasida, me’da-ichak yo’lidan va markaziy asab tizimidan tashqarida joylashgan simpatik tugunlar muhim rol o’ynaydi. Me’da-ichak yo‘li bo‘shlig‘ida joylashgan endokrin hujayralardan mexanik yoki kimyoviy ta’sirlanish natijasida hamda asosiy boshqaruvchi neyropeptidlarning ta’siri ostida gastrointestinal gormonlar ajralib chiqadi. Bunday ta’sirlanish ikki yo‘l bilan: endokrin va parakrin yo‘llari orqali amalga oshadi. Endokrin yo’li bilan fiziologik faol modda hujayradan chiqib qon kapillyarlariga tushadi, jigarning portal (darvoza) tizimi, kichik qon aylanish doirasi, keyinchalik katta qon aylanish doirasidan o’tib, katta arterial qon orqali nishon-hujayraga ta’sir etadi. Parakrin yo’li bilan hujayralararo bo’shlig‘ida ajralgan modda qon aylanish tizimiga tushmasdan bevosita yonida yotgan nishon-hujayraga ta’sir etadi. Ovqatning fizikaviy o‘zgarishlari - uning mexanik ishlanishi, maydalanishi, aralashishi va eruvchanligi oshishidan iborat. Kimyoviy o‘zgarishlari deganda esa oqsillar, yog’lar va karbonsuvlarning gidroliz yo’li bilan parchalanishi bunda yuz beradigan ketma-ket bir qancha bosqichlar tushuniladi. Ovqatning kimyoviy o’zgarishlari qator gidrolitik fermentlar ta’sirida ro‘y beradi. Bu fermentlar uch guruhga bo’linadi: 1) oqsillarni parchalaydigan fermentlar - proteazalar; 2) yog’larni parchalaydigan fermentlar - lipazalar; 3) uglevodlarni parchalaydigan fermentlar - karbogidrolazalar. Fermentlar hazm bezlarining sekretor hujayralarida hosil bo’lib, so’lak, me’da, me’da osti bezi va ichak shiralari tarkibida hazm yo’llariga kiradi. Ovqat moddalarining har bir turiga turli fermentlar ketma-ket (ba’zilari oldin, ba’zilari keyin) ta’sir etadi, natijada oziqa moddalar ma’lum ketma-ketlikda tobora oddiy kimyoviy birikmalargacha parchalana boradi. Shunday qilib, organizmning tirikligi uchun zarur bo’lgan barcha oddiy moddalar tashqi muhitda murakkab birikmalar - oqsil, yog‘ va karbonsuvlar shaklida uchraydi. Bu moddalar hazm tizimiga tushib, murakkab hazm jarayonlarida parchalanadi va keyinchalik qonga so‘riladi. Ovqat moddalarining organizmga muntazam kirib turishi, o’zgarishi va o’zlashtirilishi organizm tuzilmalarini va ularning tiriklik faoliyatini bir butun qilib turishga imkon beradi. Ovqat moddalari organizmga so‘rilgandan keyin hujayralar va to‘qimalarning tuzilishi va energiya berish uchun sarf etiladi. Oqsillarning parchalanish mahsulotlari (aminokisiotaiar va past molekulali peptidlar), yog’larning parchalanish mahsulotlari (diglitseridlar va monoglitseridiar, glitserin, yog‘ kislotaiar) va karbonsuvlarning parchalanish mahsulotlari (poli - va monosaxaridlar, dekstrina, disaxaridiar va monosaxaridlar) shunday moddalar jumlasiga kiradi. Faqat suv, mineral tuzlar va ovqatdagi ba’zi organik birikmalar o’zgarmasdan qonga so‘riladi. Barcha tirik organizmlar moddalar almashinuvining turiga qarab, ikki guruhga -- avtotrof va geterotrof organizmlarga bo‘linadi. Agar avtotrof organizmlarga ko‘pincha o’simliklar kirsa, geterotrof organizmlarga hayvonlar kiradi. Hayvonlar ovqatlanishi uchun zarur bo’lgan organik moddalardan - oqsil, yog‘ va karbonsuvlarni tayyor holda tashqi muhitdan oladi. Hayvon va odam organizmida bu murakkab organik moddalar hazm jarayoni orqali oddiy organik moddalarga aylanadi, ulardan keyinchalik organizmning o’ziga xos bo’lgan murakkab organik moddalar hosil bo’ladi. Hazm a’zolari sekretor funksiya bilan bir qatorda ekskretor funksiyasini ham o’taydi, ya’ni modda almashinuvining ba’zi mahsulotlari (masalan, o’t pigmentlari)ni va og‘ir metallarning tuzlarini organizmdan chiqarib tashlaydi. Rus olimi I.P.Rozenkov fikricha, hazm a’zolarining ekskretor funksiyasi yana shu yo‘sinda namoyon bo’ladiki, bu tizimda picha miqdorda oqsillar ishlab chiqariladi, ular keyinchalik aminokislotalargacha parchalanadi va bu aminokislotlar esa qonga so‘rilib, tegishli hujayralarda boshqa oqsillarning sintezlanishida ishtirok etadi. I.P.Pavlov - ovqat hazm qilish haqidagi hozirgi zamon talimotining asoschisi. Ovqat hazm qilish masalasi ko‘pdan beri olimlarning fikrini o’ziga jalb qilib kelgan. Lekin hazm qilish haqidagi tajriba bilan isbotlangan to’g ‘ri ma’lumotlar qadim zamonlarda bo’lmagan, chunki ovqat hazm qilish haqida to‘g ‘ri tushuncha olish uchun ovqat moddalarining parchalanishini, o‘zgarishini va so‘rilishini, bezlarning ishlash xarakterini, shiralarning tarkibini tajriba yo’li bilan bilish zarur edi. XIX asrning ikkinchi yarmida mashhur fiziologlardan K.Ludvig; R.Gaydengayn, A.Ovsyanikov va boshqalar hayvonlarda so’lak bezlari faoliyatini o’rganish sohasida ko‘p ishlar qilganlar. Ular surunkali usuldan foydalanganliklari sababli, faqat so’lak chiqarishning ba’zi tomonlarinigina aniqlashga muvaffaq bo’lganlar. Bu tekshirishlarda markaziy asab tizimining roli, mo’tadil, ya’ni shikastlanmagan organizmda bezlarning ishlashi kabi masalalar aniqlanmay qolgan. Keyinchalik, ko‘p olimlar hazm a’zolari ishini o‘rganish uchun xronik usullaridan foydalangan. Masalan, buyuk nemis olimi R.Gaydengayn itlarda me’dadan kichik me’dacha ajratish usulini taklif etgan. Lekin kichik mc’dachani ajratish vaqtida me’da asablari kesilganligi sababli, uning asab tizimi ta’sirida ishlashini aniqlash mumkin bo’lmagan. Hozirgi zamon hazm fiziologiyasining asoschisi buyuk rus olimi I.P.Pavlovdir. O’zining shogirdlari bilan hazm fiziologiyasiga yangicha jarrohlik usullarini tatbiq etib birinchi bo‘lib hazm tizimining asab va gumoral yo’llari orqali boshqarilish nazariyasini kashf etgan. I.P.Pavlov hazm a’zolari funksiyasini tekshirishning eksperimental - jarrohlik usulini xronik tajribalarda eng yuqori darajagacha takomillashtiradi. Bu usul shundan iboratki, jarrohlik maxsus joylarda, jarrohlikning barcha qoidalariga va ehtiyoj choralariga rioya qilib o’tkaziladi va hazm yo‘lining biror qismiga sun’iy yo‘l - fistula o’matiladi. Biror a’zo (me’da, ichak, o’t xaltasi) bo‘shlig‘i yoki hazm bezi yo‘lini tashqi muhitga tutashtirish uchun jarrohlik qilib ochilgan sun’iy yo‘l fistula Usuli deb ataladi. Fistula usuli jarrohlik qilingan a’zo funksiyasini uzoq muddatda, istagan vaqtda kuzatish imkonini beradi. Ayni vaqtda fistula jarrohligi shunday o’tkaziladiki, tekshirilayotgan a’zoning qon aylanishi va innervasiyasi me’yor darajasida saqlanib qolinadi. I.P.Pavlov va uning shogirdlari bu yangi xronik usullardan foydalanib, fiziologiyada yangi sintetik oqim yaratdilar. I.P.Pavlovga qadar hukm surib kelgan tahliliy oqim organizmning ayrim qismlari ishini o’rganishga va ularning barcha tabiat hodisalariga bo‘lgan munosabatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lsa, sintetik oqim har bir a’zoning ahamiyatini, butun organizmda tutgan o’rnini, boshqa a’zolar bilan bog‘langan holda ishlashini o’rganishga qaratiladi. Ovqat hazm qilish a’zolarining ishini o’rganish sohasida I.P.Pavlov yaratgan bu yangi sintetik oqim, a’zolar ishini bir-biri bilan va butun organizm bilan bog’langan holda o’rganishni nazarda tutadi. Tahlil va sintez uslublari bir-biriga qarama-qarshi bo’lmay, bir-biri bilan o’zaro bogiangan dialektik birlikdan iborat. Shunday qilib, I.P.Pavlovning nazariyasiga ko‘ra, tahlil bilan sintez uslublarini birligi sintetik fiziologiyaning asosiy tomonlarini tashkil qiladi. Organizm funksiyalarini bunday bir-biri bilan bogiangan holda o’rganish tahliliy usuldan, ya’ni organizmni ayrim boiaklarga bo’lib, ularni sun’iy sharoitda o rganish usullaridan farq qiladi, albatta Shunday qilib ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, bunda ovqat fizik va kimyoviy o‘zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanadi, keyinchalik parchalanish mahsulotlari me’da va ichak bo‘shlig‘idan qon hamda limfa tomirlariga so’riladi. Ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar yordamida, me’da va ichaklarlarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishiga fizik o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevodlarning fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o‘zgarish deb ataladi. I.P.Pavlov ovqat hazm qilish a’zolari ishini sintetik usul bilan o’rganish uchun so‘lak bezlari yo‘lini tashqariga chiqarishni, me’dadan kesib kichik me’dacha hosil qilishni, o’t yo‘lidan teshik ochishni va shu kabi boshqa bir qancha jarrohlik ishlarini amalga oshirishni taklif etadi. I.P.Pavlov taklif etgan xronik usullar yordamida ovqat hazm qilish tizimining ayrim qismlarida ovqat moddalarining qanday o‘zgarishi, beziardan chiqadigan shiraning ovqat turiga qarab xilma-xil bo‘lishi, har xil ovqat moddasl tarkibiga qarab hosil bo‘Iadigan shiraning miqdori va tarkibi, ovqat hazm qilish a’zolari orasidagi o‘zaro munosabat va bu a’zolarning sekret chiqarish funksiyasining o‘zaro bir-biri bilan bog‘Ianishi kabi fiziologik jarayonlar aniqlandi. I.P.Pavlov o’zining juda ko‘p tajriba va kuzatishlariga asoslanib, ovqat hazm qilish markazi, uning reflektor faoliyati haqida yangi ta’limot yaratdi. Bu ta’limotga muvofiq ovqat hazm qilish vaqtida bezlardan shiraning chiqishi va hazm a’zolarining harakati bosh miya sharlari po‘stlog‘i hamda po‘stloq ostidagi yadrolar tomonidan boshqarilishi to’liq o’z isbotini topdi. Shunday qilib, I.P.Pavlov tomonidan bajarilgan barcha ishlar va u yaratgan hazmning reflektor nazariyasi fiziologiya fanida yangi sahifa ochdi, ko‘p zamonlardan beri siru-asror bo’lib kelgan ovqat hazm qilish jarayonlarini oydinlashtirdi. Ovqat hazm qilish a’zolariga: og‘iz bo’shlig‘i va undagi a’zolar - tomoq-halqum, qizilo‘ngach, me’da, ichaklar, jigar, me’da osti bezi va ovqat hazm qilish kanalidagi boshqa ko‘p mayda bczlar kiradi. Ovqat hazm qilish yo‘li - ichki epiteliy, o’rta-mushak, tashqi-seroz qavatdan tuzilgan. Odamning hazm qilish tizimida maxsus sekret ishlab chiqaruvchi bezlar to‘plangan holda joylashgan. Bu bezlarning ko‘pchiligi ovqat hazm qilish nayining ichki, ya’ni shilliq qavatida joylashgan. Odam va yuksak rivojlangan hayvonlarda shilliq qavatidagi bezlar bilan birga bir nechta yirik bez ham paydo boladi. Jigar va me’da osti bezlari ana shunday yirik ovqat hazm qilish bezlari jumlasiga kiradi. Ovqat hazm tizimining birinchi qismi - og‘izda ovqat maydalanadi, so‘lak bilan ho‘llanadi va ovqat lo‘qmasi shaklida shakllanadi. Ovqat odamning og‘iz b o’shlig‘ida qariyb 8-15 soniya turadi, so‘ng yutiladi, ya’ni til mushaklarining qisqarishi natijasida halqum va qizilo‘ngachga itariladi. Og’izga kirgan ovqat ta’m bilish, taktil, harorat retseptorlarining ta’sirlovchisidir. Ta’m bilish retseptori tilning shilliq pardasida joylashgan taktil, harorat, shuningdek og‘riq sezish retseptorlari og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq pardasiga yoyilgan. Bu retseptorlardan keluvchi asab impulslari uchlik asab, yuz va til-halqum asablarining markazga intiluvchi tolalari orqali asab markazlariga boradi. Natijada so’lak, me’da va me’da osti bezlarining sekretsiyasi refleks yo’li bilan qo‘zg‘alib, chaynash va yutish harakat jarayonlari yuzaga keladi. Ovqat og‘izda juda oz vaqt tursa ham, lekin ovqatning og‘izga tushishi va bu bilan bog’liq bo’lgan boshqa bir qancha hodisalar (ovqatning hidi, mazasi, tildagi asab uchlarining qitiqlanishi va boshqalar) ovqatning keyinchalik hazm bo’lishida juda katta ahamiyatga ega. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling