Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet33/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Nafasning boshqarilishi Nafas mushaklarining kelishib ritmik ravishda qisqarishini ta’minlaydigan va tashqi muhitning hamda organizm ichki muhitining o’zgaruvchan sharoitga nafasni moslashtiradigan asab hujayralari yig‘indisi nafas markazi deb ataladi. Nafas olishning boshqarilishi (regulatsiyasi) nafas olish harakati, ko‘krak qafasining kengayib-torayishi, chuqur yoki yuza nafas olish qisman ixtiyorimizga bog’liq bo’lsa ham, asosan, ixtiyorsiz bo’ladi. Nafas olish birinchi navbatda, asab tizimi orqali boshqarilishini rus olimlari N.A.Mislavskiy (1885) va M.V.Sergiyevskiy (1902) o‘rganganlar. Bu olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, nafas olishni boshqarib turadigan markaz uzunchoq miyada o’mashgan. Agar bu markaz shikastlansa, nafas mushaklari falajlanadi va nafas to’xtab qoladi.
Nafas markazidan yuqorida yotgan markaziy asab tizimi qismlari olib tashlaganda yoki ular shikastlanganda nafas olish saqlansa ham, uning xarakteri o’zgaradi. Shunga asoslanib, ko‘p olimlar bosh miyaning yuqori qismlarida «nafas oliy asab markazlari» bo’lishi kerak deyishadilar. Fiziologlarning ishlariga qaraganda nafas olish va tomirlarni harakatga keltirish markazlari bilan bosh miyaning yuqori qismlari orasida o‘zaro funksional bog’lanish bo’ladi. Ko‘p olimlar nafas markazini o’zaro bir-biri bilan bogiangan nafas olish va nafas chiqarish markazlaridan iborat deb hisoblaydilar. Uzunchoq miyadagi ikki xil hujayralar o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, kelishib ishlaydi. Nafas olish regulatsiyasida bosh miya po‘stlog‘ining bevosita ishtirok etishi keyingi tekshirishlarda isbot qilindi. Nafas olish boshqarilishida bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining qatnashuvi shu bilan ham ifodalanadiki, umr bo‘yi nafas olishga taalluqli ko‘pgina shartli reflekslar hosil bo’ladi. Shunday qilib, nafas markazining «chegaralari» uzunchoq miya doirasidan chiqib, bosh miya po‘stlog‘iga ham boradi. Shu sababli «nafas markazi» degan tushunchaga markaziy asab tizimining hamma sohalari qo‘shiladi. Normal nafas olish markaziy asab tizimidagi o’sha sohalarning kelishib ishlashiga bog’liq.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling