Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Nafas olish, nafas chiqarish va alveolalar havosining tarkibi


Download 176.93 Kb.
bet29/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Nafas olish, nafas chiqarish va alveolalar havosining tarkibi Odam atmosfera hafosidan nafas oladi. Uning tarkibiga quyidagi gazlar kiradi;
O2 — 20.94%, CO2-0.03%, N — 79.03%.
Nafas chiqaradigan havo tarkibiga esa O2 — 16-3%, CO2 — 4%, N — 79.07% kiradi. Nafas chiqaradigan havosi tarkibi o’zgaruvchan bo‘lib, moddalar almashinuvining intensivligi, nafasning tezligi va chuqurligiga bog‘liq. Bunga organizmga kiradigan va chiqadigan havoning solishtirma tarkibi ham dalolat beradi. Alveolyar havosining tarkibi atmosfera havosi tarkibidan keskin farq qilishi tabbiy holdir, chunki nafas olingan havo alveolalari va qon orasida gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Buning natijasida kislorod qonga va qondan esa karbonat angidrid muntazam diffuziya bo‘lib turadi. Oqibatda, alveolyar havo tarkibida kislorodning miqdori kamayib, karbonat angidrid gazining miqdori esa ortadi. Shu vaqtning o’zida alveolyar havoning tarkibi quyidagicha ko‘rinadi:
O2—14.2—14.6%, CO2 — 5.2 —5.7% va N-79-80%
O’pka havosining hajmi Odam narmal nafas olgan vaqtda o’pkaga 500-600 ml havo kiradi va nafas chiqargan vaqtda shuncha havo tashqariga chiqariladi. Bu nafas olish havosi deyiladi. Odam 500 ml, nafas havosining ustiga yana qo‘shimcha 1500 ml chamasi havo olishi mumkin (qo‘shimcha havo), shuningdek tinch nafas chiqarishdan so‘ng yana qariyib 1500 ml havoni nafasdan chiqara oladi (zaxiraviy havo). Zarur bo‘lganda nafas harakatlarining hajmi nafas chiqarish tomoniga ham, nafas olish tomoniga ham o’zgara oladi, shu tufayli o’pkaga kiradigan havo hajmi oshadi.
O’pkaning tiriklik sig’imi. Chuqur nafas olingandan so‘ng maxsus gazometr (spirometr) ga mundshtuk orqali chuqur nafas chiqarilsa, unga nafas havosi ham, rezerv havo ham, qo’shimcha havo ham kiradi, ya’ni o’rtacha, 500+1500+1500=3500 ml havo kiradi. Shu havoning hammasi o‘pkaning tiriklik sig‘imini tashkil qiladi. Yosh, jins, sog‘liqqa va nafasni mashq qilishga qarab, tiriklik sig’imi turlicha bo’ladi. O’pkaning tiriklik sig’imi yigit-yalanglarda 3,5-4,5 1, ayollarda shundan taxminan 1/3 kam (3.3-5 l)dir.
Qoldiq havo Maksimal chuqur nafas chiqarilgandan so‘ng o’pka hajmi havodan to‘la qutilmaydi, unda qariyb 1000-1500 ml havo qoladi, u qoldiq havo deb ataladi. Odatdagicha, tinch nafas olish va chiqarishda o’pkada doimo qoldiq havo bilan rezerv (zaxiraviy) havo bo‘ladi. Murda o’pkasidagi havoning ko‘pchilik qismini ikki tomonlama ochiq pnevmotoraks yo‘li bilan chiqarib yuborish mumkin, chunki bunda o’pka to‘qimasi butunlay bujmayadi. Ayni vaqtda o’pkadan chiqqan havo kollaps havosi deb ataladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling