Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet31/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Nafas olish tiplari Ko’krak bilan nafas olish, diafragma yoki qorin bilan nafas olish va aralash tipda nafas olish farq qilinadi. Nafas olishni tiplarga bo’lganda qaysi mushaklarning nafas olishda qatnashuvi nazarda tutiladi. Erkaklar qorin bilan nafas- oladi, xotinlar esa ko‘kragi bilan nafas oladi. Ammo nafas olish doimiy bir xil boimaydi, ish sharoitiga qarab o’zagaradi. Masalan, jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan xotinlar ko’krakbilan nafas olish o’miga qorin bilan yoki aralash tipda nafas oladi. Nafas harakatlarini qayd qilish pnevmografiya deb, shunda hosil bo’ladigan egri chiziq pnevmogramma deb ataladi.
Gazlarning qonda tashilishi Qon kislorodni alveolyar havodan tana to‘qimalariga va karbonat angidridni tana to‘qimalaridan о‘рка alveolalariga yetkazib beradi.
Qonning gaz tashish funksiyasi Qonning kislorodni nafas olish a’zolaridan to‘qimalarga yetkazib berishi va ularda hosil bo’lgan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuborish uchun nafas olish a’zolariga keltirib berishi gaz tashish funksiyasi, ya’ni qonning nafas olish funksiyasi deyiladi. Arteriyalardan oqib borayotgan qon to‘qima kapillyarlariga kelib, o’zidan kislorodni to‘qimalarga beradi va ularda hosil bo’lgan karbonat angidridin olib, vena qoniga aylanadi. Nafas olish a’zolari kapillyarlaridan o’ta turib, qon o’zidan karbonat angidrini o’pkaga beradi va undagi kislorodni olib, arteriya qoniga aylanadi. Shunday qilib, qon nafas olish a’zolaridan kislorod olib, uni to‘qimalarga yetkazib beradi va to‘qimalardan karbonat angidrid olib, uni o’pkaga yetkazib beradi. Bu jarayon qonning nafas olish funksiyasi deyiladi. O’pka alveolalaridagi havo bilan qon orasida va to‘qima bilan qon orasidagi gazlar almashinuvi diffuziya yo‘li bilan bo‘lib, karbonat angidridning parsial bosimi qonda ko‘p, alveolarda esa kam bo‘ladi. To‘qimalarda bu holning teskarisi yuz beradi, ya’ni ularda qondagiga qaraganda kislorodning parsial bosimi kam va karbonat angidridning parsial bosimi ko‘p bo‘ladi. Gazlar suyuqlik bilan fizik va kimyoviy birikkan bo‘ladi. Gazning suyuqliqda erish miqdori uning hajmi va bosimiga, suyuqliqning miqdori va haroratiga bog‘liq. Gazning bosimi va suyuqliqning miqdori qonda ko‘p hamda harorat qonda past bo’lsa, shuncha ko‘p gaz suyuqlik bilan birlashadi. Agar suyuqlik ustida bir necha gaz aralashmasi bo’lsa, har qaysi gazning suyuqlikda erishi, shu gazning parsial bosimiga bog’liq bo’ladi. Gazning parsial bosimi gaz aralashmasidagi ayrim gazlarning bosimidan iborat bo’lgani uchun, gaz aralashmasining umumiy bosimi va tarkibiga qarab, ayrim gazning parsial bosimini aniqlash mumkin. Masalan, mo‘tadil sharoitda havoning bosimi 760 mm. Bu havoning 21% ini kislorod tashkil etadi. Demak, kislorodning parsial bosimi orasida katta farq bo’lib, bu farq gazlarning bir tomondan ikkinchi tomonga o’tishiga sabab bo’ladi. Gazlarning parsial bosimi va tarangligi suyuqlikda erigan gazlar uchun erkin gazlardagi «parsial bosim»ga mos keladigan «taranglik» termini qo’llaniladi. Bosim qaysi birliklar bilan ifodalansa, taranglik ham o’sha birliklar, ya’ni atmosferalar yoki simob ustuni yoki suv ustuni hisobidagi millimetrlar bilan ifodalanadi. Masalan, gaz tarangligi 100 mm simob ustuniga teng bo’lsa, suyuqlikda erigan gaz 100 mm bosim ostidagi erkin gaz bilan muvozantda turganini ko‘rsatadi.
Erigan gaz tarangligi erkin gazning parsial bosimiga teng kelmasa, muvozanat buziladi. Shunday qilib, umumiy bosimning gazlar aralashmasidagi har bir gazga to‘g‘ri keladigan qismi parsial bosim deb ataladi. Buni yana bir misol bilan tushuntirib beramiz. Ma’lumki, atmosfera havosining tarkibida kislorod, karbonat angidrid va azot bor, shu bilan birga unda kislorodning 20-94% karbonat angidridning 0-03% va azotning 79.03% ekanligi ma’lum. Shu gazlardan har birining parsial bosimi qancha? Atmosfera bosimi simob ustuni hisobida 760 mm ga teng. Modomiki havo bosimi 760 mm ning 20-94% iga teng bo’lsa, simob ustuni hisobi bilan J59 mm ga baravar bo’ladi. Azotning parsial bosimi atmosfera bosimining 79.03% iga baravar keladi va simob ustuni hisobi bilan 600-800 mm ga teng bo’ladi. Atmosfera havosida karbonat angidrid juda kam- hammasi bo‘lib 0.03%. Shu sababli karbonat angidming parsial bosimi ham simob ustuni hisobi bilan taxminan 0-2 mm ga baravar bo‘ladi
Modomiki, tashqaridan olinadigan kislorodni to‘qimalarga yetkazib beradigan va to‘qimalarda hosil bo‘ladigan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuboradigan narsa qon ekan, bu gazlarning qon bilan qanday birikishini bilish katta ahamiyatga ega. Qonning kislorod lashish funksiyasi Agar qonda kislorod faqat fizik yo‘l bilan erisa, uning qondagi miqdori juda kam (100 ml qonda 0,3 ml gina bo‘lar) va organizmdagi jarayonlarini ta’min qilish uchun zarur bo’lgan kislorod miqdoridan bir necha marta kam kislorod to‘qimalarga berilar edi. Kislorod qonda faqat fizik yo’l bilan birikmay, balki kimyoviy yo’l bilan ham birikadi. Kislorodni kimyoviy yo‘l bilan o’ziga biriktirib oladigan qon juda osonlik bilan uni o’zidan ajratib yuboradi. Demak, kislorod gemoglabin bilan puxta birikmagan bo’ladi.
Odam o’pkasida kislorodning parsial bosimi taxminan, 100-110 mm. Bu bosim 95-96% gemoglabin oksigemoglabinga aylanishi uchun yetarlidir. To‘qimalarda kislorodning parsial bosimi kam bo’lsa, oksigemoglobinga aylanadi. Kislorodning parsial bosimi simob ustuni bilan 30 mm bo’lganda gemoglobin o’zidagi kislorodning yarimini, 20 mm bo’lganda to‘rtdan uch qismini yo‘qotadi. Kislorod eritrositlardagi gemoglobin bilan, asosan, kimyoviy birikkan bo’lsa, qon plazmasida fizik aralashgan boladi. Qon plazmasida erigan kislorod va gemoglobin miqdori qancha ko‘p bo’lsa, shuncha ko‘p kislorod gemoglobin bilan birikadi. Kislorodning parsial bosimiga qarab, gemoglobinning kislorod bilan birikish darajasini quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin.
Karbonat angidrid gemoglobinning kislorod bilan birikish qobiliyatini kamaytiradi. Shuning uchun qonning to‘qimalarda karbonat angidridga boyishi oksigemoglobinidan kislorodning ko‘p chiqishiga sabab bo‘ladi. Buni birinchi marta rus olimi В.Ғ. Verigo aniqlagan. Qon o’pkaga kelganda undagi karbonat angidridning bir qismi tashqariga chiqib ketadi va gemoglobinning kislorod bilan birikish qobiliyati yana oshadi. Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga karbonat angidridning ta’sir etishi katta fiziologik ahamiyatga ega. O’pka kapillyarlariga keladigan vena qonida karbonat angidrid ko‘pligi uchun, uning kislorod bilan birikish qobiliyati kam bo‘ladi. Bu qon o‘zidan karbonat angidridni o‘pka orqali chiqarib yuborgach, uning kislorod bilan birikish qobiliyati oshadi va o’ziga ko‘p miqdorda kislorodni biriktirib, to‘qimalarga ketadi. To‘qimalarda esa qon karbonat angidridga boyib, uning kislorodni biriktirish qobiliyati kamayadi va o’zidagi kislorodni to‘qimalarga chiqarib beradi. Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga qondagi vodorod ionlaiining konsentratsiyasi ham ta’sir etadi. Qancha vodorod ionlarining konsentratsiyasi qonda ko‘p bo’lsa, gemoglobin o’ziga kislorodni shuncha kam biriktiradi. Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga harorat ham ta’sir etadi. Haroratning ko‘tarilishi qonda kislorodning chiqishini kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida qonda karbonat angidrid ko‘payib, to‘qima harorati bir oz oshadi, bu esa kislorodning qondan to‘qimaga o‘tishini tezlashtiradi. Venoz qondan 55-58 hajm % karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Qonning karbonat angidrid tashish funksiyasi karbonat kislota tuzlaridan (karbonatlardan) vujudga keladi, faqat qariyb 2,5 hajm% qonda erigan, qariyb 4-5 hajm % gemoglobin bilan birikib, karbogemoglobin shaklida boladi. Karbonat kislota eritrotsitlarda, ulardagi karboangidraza fermenti ishtirokida karbonat angidriddan hosil bo‘ladi. Bu ferment CO2 ning gidratatsiya reaksiyasini tezlashtiradigan kuchli katalizator hisoblanadi.
Qonning karbonat angidrid tashish xususiyatini birinchi marta I.M. Sechenov va В.Ғ. Verigolar o’rgangan. Karbonat angidrid, asosan, qon plazmasida bikarbonatlar shaklida birikkan bo‘ladi. Bu qisman eritrositlar bilan ham birikadi. Karbonat angidridning 2/3 qismi qon palzmasi, 1/3 qismi esa critrositlar bilan birikkan. Kislorodga qaraganda karbonat angidrid qonda ko‘p criydi. Karbonat angidridni biriktirishda oqsillar asosiy rol o’ynaydi. Gemoglobinning Н2СO3 bilan birikish qobiliyati plazmadagi oqsillarnikidan uch marta ortiq. Qonda gemoglobin miqdori plazmadagi oqsillar miqdoridan uch marta ko‘p bo‘lagni uchun, gemoglobm plazma oqsillariga qaraganda karbonat angidridni taxminan 10 marta ortiq biriktirib oladi. O’pkada gemoglobih kislorod bilan birikkan vaqtda gemoglobinning kislotali xususiyati oshadi va oksigemoglobin tuzlardan H2CO3 ni siqib chiqaradi. Shunday qilib, o’pkada qondan karbonat angidridning siqib chiqarishi kislorodning parsial bosmiga bog‘liq bo‘ladi.
Plazmadagi oqsillar ta’siri gemoglobin ta’siriga qaraganda kuchsiz bo‘ladi. Shuning uchun oqsillar karbonat angidridni qondan ko‘p miqdorda siqib chiqara olmaydi. Karbonat angidridni siqib chiqarishda gemoglobin asosiy rol o’ynaydi. Shunday qilib, o’pkada oksigemoglobin ko‘payganda qondan karbonat angidridning siqib chiqarilishi ko‘payadi, to‘qima kapillyarlarida karbonat angidrid ko‘payganda kislorodning qondan to‘qimaga o’tishi tezlashadi. Demak, oksigemoglobin hosil bo’lishi qondan karbonat angidrid ajralib chiqishiga, karbonal angidrid ko‘payishi qonda to‘qimalarga kislorodning ko‘p o’tishiga sabab bo’ladi. Oksigemoglobindan kislorod ajralib chiqishiga CO2 ta’sir ctishini quyidagi rasmdan ko‘rish mumkin
O’pka va to‘qimalarda gaz almashinuvi O’pkada gaz almashinuvi. o’pkada gazlarning havodan qonga o’tishi va aksincha, qondan atmosfera havosiga o’tishi yuqorida bayon qilingan fizik qonunlarga bo‘ysunadi. Ammo o’pkaning bir qancha xususiyatlari bor. O’pkaga keluvchi venoz qonda karbonat angidrid tarangligi yuqori, kislorod tarangligi esa uning alveolyar havodagi bosimidan past. Shuning uchun qon o’pka kapillyarlaridan o’tayotganida karbonat angidrid ajratadi va kislorod yutadi. . Alvelolalar sonining juda ko‘pligi (odamda 750 mln. ga yetadi) va yuzasi katta ekanligi (nafas olish paytida 100 m2 ni, nafas chiqarish paytida esa 30 m2 ni tashkil qiladi) alveolyar havo bilan qon o’rtasida gaz almashinuviga yordam beradi. Qonni alveolyar havodan ajratib turuvchi membrananing qalinligi atigi 0.004 mm ni tashkil etadi va ikki qavat hujaraylardan kapillyarlar endoteliysining hujayralaridan va gazlarni bemalol o’tkazuvchi alveolalar epiteliysining hujayralaridan iborat. Gazlarning yaxshiroq va tezroq o’tishi uchun sharoit bo‘lgandagina, o’pka kapillyarlaridan qon qisqa muddatda o’tganida alveolalardagi havo bilan qon o‘rtasida gazlar to‘la almashinib turadi. O’pkada gazlar alveolalardagi havo bilan qon o’rtasida almashinadi. O’pkada gazlar tomomila normal ravishda almashinishi mumkin, chunki qondagi gazlar bosimi bilan havodagi gazlarning parsial bosimi o’rtasida yetarlicha farq bor. Bu farq quyidagi jadvaldan ko‘rinib turibdi

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling