Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Plevra bo’shlig‘idagi manfiy bosim


Download 176.93 Kb.
bet28/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Plevra bo’shlig‘idagi manfiy bosim Tirik organizmda nafas olish plevra bo‘shlig‘ida manfiy bosim bo’lishiga bog’liq. U elastik kuchlar ta’siri natijasida kelib chiqadi. O’pkaning elastik tortish kuchi o’pka to‘qimasi elastik tolalarining taranglashishi va alveolalarni ichidan qoplangan moddaning-surfaktantning yuza tarangligiga bog’liq. O’pkaning elastik tortish kuchi o’pka hajmini kamaytirishga qaratilgan, shuning uchun ko’krak qafasi ochilishi bilan o’pka bujmayib, bo‘shliqning faqat 1/3 hajmini egallaydi. Atmosfera bosimining kuchi o’pkaning elastik tortish kuchini yengishga bir qadar sarf bo’ladi. Shuning uchun o’pka yuzasi ko‘krak devoriga atmosfera bosimining miqdoridan ko’ra kam kuch bilan taqalib turadi. Natijada plevra bo‘shlig‘idagi bosim hatto nafas chiqarish paytida ham atmosfera bosimidan o’pkaning elastik tortish kuchi qadar, ya’ni simob ustuni hisobida taxminan 66 mm qadar kam bo’ladi. O’pka to‘qimasi elastik bo’lmaganda edi, plevra bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimiga teng kelgan bo’lur edi. Har qanday elastik to‘qima kabi, o’pka to‘qimasi ham, cho‘zilishga muayyan qarshilik ko‘rsatadi.
O’pka to‘qimasi cho‘zilganida avvalgi holatiga qaytishga harakat qiladi. Modomiki shunday ekan, o’pka o’zining devorlariga ta’sir ko‘rsatadigan havoning atmosfera bosimiga qarshi ta’sir etadigan kuch paydo qiladi. O’pka qanchalik ko‘p cho‘zilsa, uning qarshi ta’sir etuvchi kuchi ham o’shancha oshadi. Shunga ko‘ra, plevra bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimiga baravar bo’lmay, undan elastik tortish kuchining miqdoricha kamroq, ya’ni manfiy bo’ladi. Atmosfera bosimi 760 mm simob ustuni elastik tortilish esa odatdagi nafas olishda 9 mm deb hisoblansa, plevra bo‘shlig‘idagi bosim simob ustuni hisobi bilan 760-9=751 mm bo‘ladi. Manfiy bosim odatda plevra bo‘shlig‘idagi bosimning atmosfera bosimidan qancha kamligini qo‘rsatadigan miqdor bilan o’lchanadi. Bu miqdor hamisha manfiy belgi bilan ifodalanadi. Misolimizda plevra bo‘shlig‘idagi bosim simob ustuni hisobi bilan 9 mmga teng. Mo’tadil nafas olinganda plevra bo‘shlig‘idagi bosim nafas olish fazasida simob ustuni hisobi bilan 9 mm ga, nafas chiqarish fazasida esa, 4 mm ga teng bo‘ladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling