Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet30/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Zararli bo’shliq. Alveolalardan tashqari, havo yo’llari (hiqildoq, traxcya, bronxlar va bronxiolalar)da ham havo mavjud. Bu havo gaz almashinuvida qatnashmaydi, shuning uchun uni o‘lik (yoki zararli) bo’shliq havosi deb atashadi. Zararli bo‘shliq hajmi uncha katta bo’lmay, o’rta hisobda qariyb 140 ml ni tashkil qilsa ham, alvelolyar havo tarkibi nafasdan chiqqan havodan nega farq qilishini tushunmoq uchun zararli bo‘shliqdagi havo miqdorini hisobga olish lozim. Tinch nafas olishda 50 ml nafas havosidan o’pka alveolalariga 500-140=360 ml kiradi. Tinch nafas olish va chiqarish vaqtida nafas chiqarilgandan keyin alveolalarda 1000 ml qoldiq havo bilan 1500 ml rezerv havo, ya’ni 2500 ml qolganligi uchun, har bir nafas olish paytida alveolar havoning hammasi emas, balki atigi 360 qismi, ya’ni taxminan 1/7 qismi yangilanadi.
Pnevmotoraks Ko‘krak qafasi teshilgan yoki yorilganda, ba’zan esa o’pka dcvori ichdan zararlanganda plevra bo‘shlig‘iga havo kirib qolishi pnevmotoraks deb ataladi. Buning natijasida plevra bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’lib qoladi, o’pka bujmayadi va ko‘krak qafasi nafas harakatlariga ergashmaydi, ochiq pnevmotoraks vujudga keladi. O’pkaga traxeya orqali sun’iy yo‘l bilan ritmik ravishda havo yuborib turilmasa, ildci tomonlama ochiq pnevmotoraks oiim ga olib boradi.
O’pka ventilatsiyasi O’pka vetilyasiyasi nafas olish va nafas chiqarish yo’libilan amalga oshirilib alveolyar havoning tarkibi doimu yangilanadi. Tinch holatda nafas harakatining zudligi 1 daqiqa davomida 12-16 ga teng. Tinch holatda bu miqdor yana ham kamayishi mumkin (bir daqiqada 6 nafas harakati), ammo jismoniy mashq yoki mehnat natijasida nafas harakati 60 va undan ham ko‘proq bo’lishi mumkin. Katta yoshdagi odamlarda o’pka ventilatsiyasining ko‘rsatkichi 1 daqiqada 70-100 1 ga teng. Odam tinch turgan vaqtda bir daqiqada 16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi o’pkalarga kiradi. Agar bir daqiqadagi nafas soni har bir marta nafas olganda o’pkalarga kirgan havo miqdoriga ko‘paytirilsa, o’pkalarning daqiqalik ventilatsiyasi kelib chiqadi. Tinch holatda o’pkalarning daqiqalik ventilatsiyasi 8-9 litrga teng. Masalan, bir daqiqada 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda o’pkaga 500 ml havo kiradi, ya’ni 16*500=8000 ml. O’pka ventilyatsiatsining daqiqalik hajmi ventilatsiyaning qanchalik samarali ekanligini to’liq ta’riflab bermaydi. Ikki holda o’pka ventilatsiyasining daqiqalik hajmi 6 1 ga teng deb faraz qilaylik. Birinchi holda odam daqiqaga 20 marta nafas olgan, har birining hajmi 300 ml. Ikkinchi holda 10 marta nafas olgan, har birining hajmi 600 ml. Zararli bo‘shliq hajmi o’rta hisobda 140 ml ekanligi nazarda tutilsa, nafas olish chuqurligi 300 ml ga teng bo‘lganda zararli bo‘shliq ventilatsiyasiga nafas havosining taxminan 1/2 hajmi ketadi. Binobarin, har bir nafas olish paytida alveolalarga 300-140=160 ml havo yetib boradi. Nafas olish chuqurligi 600 ml bo‘lganda esa alveolarga 600-140=460 ml, ya’ni nafas havosining 3/4 hajmi yctib boradi. O’pka ventilatsiyasining daqiqalik hajmi 6 1 ga teng bo’lganda birinchi holda alveolalar ventilatsiyasi 20x160=3,2 1 ni, ikkinchi holda esa 10x460=4,6 1 ni tashkil etadi. Shunday qilib, siyrak, lekin chuqur nafas ancha samarali bo’ladi, chunki bunda alveolalar yaxshiroq ventilatsiyalashadi. Keltirilgan misollar nafas gimnastikasining muhim amaliy ahamiyati borligini va undan maqsad to‘g’ri nafas olishga o’rganish ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling