Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Tashqi muhit omillarining qon aynalishiga ta’siri


Download 176.93 Kb.
bet24/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Tashqi muhit omillarining qon aynalishiga ta’siri Tashqi muhit harorati odam organizmiga muntazam ta’sir ko‘rsatib turadi. Odam o‘zi yashaydigan muhit haroratiga moslashib turadi. Buning natijasida organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan energiyaning tashqariga ajratiladigan qismining miqdori tashqi muhit haroratiga qarab o’zgaradi. Shu bilan organizm issiq va sovuq sharoitda tana haroratini doimiy ravishda saqlab turadi.
Issiq vaqtda yurak faoliyati kuchayadi. Bu sharoitda tana harorati 37,3- 37,6°S ko’tarilsa, yurakning bir daqiqali urishi 20 martaga ortadi. Bu isib ketishning birinchi darajasi deyiladi.
Organizm isishi davom etib, harorat 37,3-38,4°S ga yetsa, yurak urishi tezligi bir daqiqada 120 tani tashkil qiladi. Bu isib ketishning ikkinchi darajasi deyiladi.
Tana harorati 38,6-40,6°S ko’tarilsa, yurak urishi bir daqiqada 160 chamasida bo’ladi, bu isib ketishning uchinchi darajasi deyiladi.
Issiqlikning birinchi darajasi arterial qon bosimiga ta’sir qilmaydi, ikkinchi darajada sistolik bosim ko‘tarilishi mumkin, uchinchi daraja esa arterial bosimni keskin pasaytirib yuboradi. Bu holat issiq urushining asosiy belgisidir. Arterial bosimning pasayishi qon tomirlarning asosan teri tomirlarining kengayishiga bog‘liq. Mo‘tadil haroratda teridan bir daqiqada oqib o’tgan qonning umumiy hajmi 200-500 ml bo’lsa, issiqda 2,5-3 1, juda yuqori haroratda 8 1 ga yetadi va yurakdan chiqqan qonning 50-70% ini tashkil qiladi.
Ma’lumki, teri tomirlari kengaygan bir vaqtda ichki a’zolar tomirlari torayadi. Bu o‘zgarishlarni reflektor, mahalliy va gumoral boshqarish mexanizmlari yuzaga chiqaradi. Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari torayadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa yuzlari oqaradi, biroz qaltiraydi va sovuq sezadi. Lekin organizm haroratining doimiyligi saqlanib qoladi. Yurak-qon tizimi kasalliklari bilan xastalangan odamlar uchun sovqotish ancha xavflik, chunki sovuq sharoitda tanada qon aylanishini ta’minlash uchun yurak me’yorga nisbatan ko‘p ish bajarishga majbur bo’ladi va u zo‘riqadi. Tashqi muhit omillarining noqulay o’zgarishlari yurak-tomir faoliyatiga ta’sir etadi. Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining ichki bo‘shliqlaridagi bosim o’rtasida tofovut paydo bo’lishi tabiiy holatdir. Bunday vaqtda ayniqsa gipertoniya, bod va yurakning boshqa kasalliklari bilan xastalangan odamlarda bosh og‘rig‘i, bo‘g ‘imlarda, yurakda og‘riq seziladi. Arterial qon bosimi ko‘tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko‘tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyilishi mumkin. Buning natijasida qo’l-oyoqlar shol bo‘lib qolishi, odam gapirish qobiliyatini yo’qotishi rnumkin.
Balandlikka ko‘tarilganda atmosfera bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam tanasining bo‘shliqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog‘ sharoitida chiniqmagan odamlarda «tog‘ kasalligi» deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Bu kasallik quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: odamning boshi aylanadi va og‘riydi, ko’ngli ayniydi, yuragi tez uradi, tana harorati ko‘tariladi. Ayrim hollarda burundan, o’pkadan, oshqozon va ichaklardan qon kelishi mumkin. Atmosferaning namligi odam organizmiga sczilarli ta’sir ko‘rsatadi. Odamning yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va harorati ma’lum bir muvozanatda bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligi 40-45%, harorati 48-20° bo’lishi odam organizmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Havo quruq bo’lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun qon bosimi bor odamlar bunday sharoitda o’zini yomon his qiladi. Havo namligi oshganda bod kasalligi xuruj qiladi, kasal odamning bo‘g ‘imlari, boshi og‘riydi, uyqu bosadi, kayfiyati pasayadi, oyoq-qullarida og‘riq paydo’ladi, yurak urishi tezlashadi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling