Simpatik tabiatli tomir kengaytiruvchi (vazodilatator) asab tolalari Simpatik vazodilatator tolalar skelet mushaklarini innervatsiya qiladi (boshqariladi). Ularga ta’sir qilganda tomirlar kengayadi va jimsoniy mashqlar paytida skelet mushaklarining qon aylanishi kuchayadi. Shunga qaramay arterial bosimning reflektor boshqarilishida simpatik vazodilatator tolalar ishtirok etmaydi.
Orqa miyaning tomir kengaytiruvchi tolalari Sezuvchi (sensor) tolalar orqa miyaning orqa ildizchalari tarkibiga kiradi. Ularning periferik qismlariga ta’sir qilganda qon tomirlarining kengayishi kuzatiladi.
Tomirlar tonusining gumoral boshqarilishi Tomirlar tonusining boshqarilishiga kimyoviy moddalar ham ta’sir etadi. Qon orqali tarqaladigan gormonlar, tuzlar va peptidlar tomir devorlariga bevosita ta’sir qiladi yoki asablarning oxiriga vositali ta’sir yetkazib, qon tomirlarning faoliyatini o’zgartiradi. Qon tomirlariga ta’sir yetkazadigan gumoral moddalar ikki guruhga bo‘linadi: tomir toraytiruvchi va tomir kengaytiruvchi.
Tomirlarni toraytiruvchi moddalarga adrenalin, noradrenalin (buyrak usti bezlarining mag‘iz qismi gormonlari), vazopressin (gipofizning orqa bo‘limi gormoni), buyrak proteolitik fermenti - renin ta’siri ostida a-globulindan hosil bo’ladigan neyropeptid-angiotenzin «gipertenzin», biologik faol modda serotonin va boshqa kimyoviy jihatdan yaqin bo‘lgan moddalar kiradi. Ko‘rsatilgan gumoral omillar ko‘pincha arteriya va kapillyarlarni toraytiradi.
Tomirlarni kengaytiruvchi moddalarga gistamin, atsetilxolin, to‘qima gormonlari- kininlar, prostoglandinlar kiradi.
Gistamin - oqsil tabiatli modda bo’lib, bazofillar va me’da ichaklarning devorlarida hosil bo’ladi. Gistamin faol vazodilatator hisoblanib, ingichka tolalarni - arterial va kapillyarlarni kengaytiradi.
Atsetilxolin esa mahalliy kichik qon arteriyalarini kengaytiradi.
Kininlarning asosiy vakili-bradikinin hisoblanadi. U ham kichik qon arteriyalarini va prekapillyar sfinkterini kengaytirib, a’zolarda qon aylanishini kuchaytiradi.
Prostoglandinlar odam organizmining hamma a’zo va to’qimalarida mavjud. Ularning ba’zi vakillari mahalliy qon tomirlarni kengaytiradi.
Tomirlarni kengaytiruvchi moddalarga sut kislotasi, kaliy va magniy ionlari ham kiradi. Shunday qilib, qon tomirlari faoliyati, ularning tonusi asab tizimi va gumoral omillar orqali boshqariladi. Ularga biologik faol moddalarining katta guruhi kirib, vazokonstruktor va vazadilator ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |