Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet20/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Kichik qon aylanish doirasi. Yurakning o’ng qorinchasidan chiqadigan o‘pka arteriyasi deb ataladigan qon tomiridan boshlanadi. O’pka arteriyasi ko‘krak qafasida ikkiga bo‘linib, o’ng va chap o’pkalarga boradi. Ular o’pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o’pka alveolari atrofini o’rab oladi. Tashqi muhit havosi bilan o’pkalar hamda qon o’rtasidagi gazlar almashinuvi jarayoni shu joyda o’tadi. Natijada vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to‘yinib, arterial qonga aylanadi, lekin u o‘pka venasi deb ataluvchi to‘rtta (har bir o’pkadan ikkitadan) tomir orqali yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Shunday qilib, qonning yurakning o‘ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo‘ylab oqib (o‘pkalar orqali) yurakning chap bo‘lmasiga kelib qo‘yiladigan yo‘li kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Kichik qon aylanish doirasining vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat.
Tomirlarda qon harakatining boshqarilishi Tomirlarni harakatlantiruvchi asablar ilk bor rus olimi A.P.Valter va fransuz olimi Klod Bernar tomonidan o’rganilgan. Tomirlar ularni toraytiradigan yoki kengaytiradigan asablar bilan ta’minlangan. A.P.Valter 1842 yili baqalarda tomirlarni toraytiruvchi asablar vazokonstriktoriar - simpatik asab tizimini topgan bo’lsa, keyinchalik К.Вегпаг 1852 yili quyon qulog‘ida bu asabning borligini o’z tajribalari orqali isbotlab berdi. Quyon bo‘ynidagi simpatik asab elektr toki bilan ta’sirlansa, shu tomondagi quloq arteriyalari va arteriolalari torayib, quloq oqaradi, uning harorati pasayadi va hajmi kichrayadi. Simpatik asab qirqib qo‘yilganda shu tomondagi quloq tomirlari kengayadi, quloq qizaradi va harorati ko‘tariladi. Buni zamonaviy izlanishlar ham tasdiqlab berayapti, ya’ni simpatik asab qon tomirlariga haqiqatan ham vazokonstriktor (tomirlarni toraytiruvchi) ta’sir etadi. Tinch holatda tomirlarga vazakonstriktor tolalari orqali muntazam ravishda asab impulslari boradi ularning tonusini saqlab turadi. Shu sababli, simpatik tolasi qirqilganda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Aksincha simpatik asablar bosh miya, o’pka, yurak va ishlayotgan mushaklar tomirlariga teskari ta’sir qiladi ularni kengaytiradi. Simpatik asablar qo‘zg‘alganda bu a’zolarning tomirlari kengayadi.
Kengaytiruvchi (vazodilatator) asablar parasimpatik (adashgan) asablar tarkibiga kiradi. Bu asab tolalari simpatik asab hamda orqa miyaning orqa ildizlari tarkibiga ham kiradi. Parasimpatik tabiatli tomir kengaytiruvchi (vazodilatator) asab tolalari Ilk bor bosh miya asablarining VII jufti - yuz (bet) asabining tarkibida tomir kengaytiradigan asab tolalari borligini Klod Bemar kashf etgan. U bet asabiga ta’sir etib jag‘ osti bezi tomirlarining kengayishini isbot qilib bergan. Bundan tashqari, hozirgi kunda bunday asab tolalari til-yutqin (bosh miyaning IX juft) asabi va adashgan (bosh miyaning X juft) asabi tarkibida borligi ham aniqlangan.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling