Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapillyarlarda qon harakati
Arteriyalarda qon harakati Yurak qisqarganda qon chap bo’lmadan aortaning yoyiga faqat haydalish fazasida chiqadi. Tinch holatda bo’lgan odamning qon harakati tezligi haydalish fazaning boshlarida 1OO sm/soniyadan ko‘proq bo’ladi. Yurakdan uzoqlashish bilan oqish tezligining o‘zgarish amplitudasi asta-sekin kamayadi. Qonning hajmi, tezligi, qon harakatining miqdori gavdaning turli a’zolarida turlicha bo’lib, shu a’zoda tomirlar to‘ri qanchalik rivojlanganligiga va organizmning ishiga bog’liq. A’zolar ishlayotganda tomirlari kengayadi, ulardagi qarshilik kamayadi. Tomirlarning bunday mahalliy kengayishi qonning umumiy bosimini kam o‘zgartirgani uchun, ishlayotgan a’zo tomirlaridagi qonning hajm tezligi ortadi. Aorta va yirik arteriyalar qon harakati yurak qisqarishiga qarab o‘zgarib turadi. Qon oqishning o‘rtacha chiziqlik tezligi aortada 4O sm/soniya yurakdan otilib chiqadigan qon miqdori oshganda qon oqishining chiziqlik tezligi 1OO sm/soniyadan ham oshib ketishi mumkin. Qon oqishining o‘rtacha tezligi tomirlarning ko‘ndalang kesimiga teskari proporsional bo’lganidan bu tezlik periferik arteriyalarda ancha past, 2O-3O sm/soniya, oxirgi arteriya va arteriolalarda juda kamayib ketadi
Kapillyarlarda qon harakati Kapillyarlarning hayotiy jarayonlardagi ahamiyati shuki, qon to‘qimalar orasida modda almashinuvi kapillyarlar devori orqali sodir bo’ladi. Kapillyarlardagi arteriya qonining tarkibidagi oziq moddalar - kislorod, gormonlar kabilar hujayralarga o‘tadi. Ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid vena kapillyar qon tomirlariga o’tadi. Bular o’z navbatida bir-biriga qo‘shilib, avval kichik, so‘ng o‘rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi. Har bir kapillyarning bo‘yi O,3-O,7 mm, diametri taxminan 8 mk. Ular odam sochidan 5O marta ingichka bo’ladi va oddiy ko’z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, ya’ni ularni faqat mikroskop ostida ko‘rish mumkin. Odam tanasida 4O milliard kapillyar bor. Agar tanadagi hamma kapillyarlar bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 1OO OOO km bo‘lib, u bilan ekvatomi uch marta aylantirib o’rash mumkin. Kapillyarlarning umumiy yuzasi 15OO m2 ga yaqin. Turli a’zolardagi kapillyarlarning shakli va kattaligi har xil. Ulardagi kapillyarlarning umumiy soni ham turlicha. Modda tez almashinadigan to‘qimalarning lmm2 ko‘ndalang kesimidagi kapillyarlar soni modda almashinuvi sust bo’lgan to‘qimalardagiga nisbatan bir necha baravar ko‘p. Masalan, yurakning lmm2 kesimidagi kapillyarlar soni skelet mushaklaridagiga qaraganda ikki baravar ко‘р. Kapillyarlarning ikki xili mavjud. Birinchi xili arteriolalar bilan venullalar orasida eng kalta yo‘lni hosil qiladi va ularni magistral kapillyarlar deb atashadi. Ikkinchisi magistral kapillyarlarning yon shoxchalaridir; bular bir kapillyarlarnijig arterial oxiridan boshlanib, ikkincbi kapillyarning venoz oxiriga qo‘yiladi. Ana shu yon shoxchalar kapillyar to‘rini hosil qiladi. G.I.Mchedlishvili (1968) va O.G.Baklavadjyan (1986) ma’lumotlariga qaraganda, magistral kapillyarlarda qon oqish tezligi uning yon shoxchalaridagi qon oqish tezligidan katta. Kapillyarning arterial oxirida qon bosimi taxminan 25-5Omm, venoz oxirida esa 8-12 mm. A.Krog va uning shogirdlari it mushagining lmm2 ko‘ndalang qismidagi kapillyarlar soni 25OO ekanligini ma’lum qilishdi. Dengiz cho‘chqasi mushagining lmm2 ko‘nadalang kesimiga jami 3OOO kapillyar to‘g‘ri kelishi, bu miqdor ish paytida 25OO, tinch turganda esa 31-27O bo‘lishi aniqlangan. Mushak tinch turganda bir guruh «navbatchi» kapillyarlar ikkinchi guruhi bilan almashinib turadi. Bir guruh kapillyarlarning berkilish ikkinchi guruhning esa ochilish sababi hozircha noma’lum. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling