Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Qonning aylanib chiqish vaqti Katta va kichik qon aylanish doiralaridan qonning bir marta o’tib olishi uchun zarur bo‘lgan vaqt qonning aylanib chiqish vaqti deb ataladi. Odamda qonning aylanib chiqish vaqti yurakning o’rta hisobda taxminan sistolasini tashkil qiladi. Yurak bir daqiqada 7O-8O marta qisqarganda qon butun tanadan 2O-23 soniyada aylanib chiqadi. Qon aylanib chiqish vaqtining 1/5 qismi qon aylanishining kichik dorirasiga va 4/3 qismi katta doirasiga to‘g ‘ri keladi. Odam yurak - qon tomirlarning og‘ir kasalliklari vaqtida qonning aylanib chiqish vaqti 1 daqiqagacha oshishi mumkin.
Vena pulsi. Mayda va o’rtacha venalarda qon bosimining puls tebranishi yo‘q. Yurak yaqinidagi yirik venalarda esa arteriai-pulsga qaraganda boshqa sabab bilan kelib chiquvchi puls tebranishlari - vena pulsi qayd qilinadi. Bo‘lmalar va qorinchalar sistolasi vaqtida yurakka qon kelishining qiyinlashuvi vena pulsiga sabab bo‘ladi. Yurakning shu bo‘limlari qisqarganda venalardagi bosim ko‘tariladi va devorlari tebranadi. Vena pulsining egri chizig‘i-flebogrammada uchta tish farq qilinadi - A, S va V. A-tishi o’ng bo‘lma sistolasiga to‘g‘ri keladi. Uning kelib chiqish sababi shuki, bo‘lma sistolasi vaqtida kavak venalarning bo‘lmaga qo‘yiladigan joyidagi teshik mushak tolalari halqasi bilan qisiladi, shu tufayli venalardan bo‘lmaga qon o‘tishi vaqtincha to‘xtaydi, bo‘lmalarning har bir sistolasida yirik venalarda qon picha yurishmay turadi, natijada devorlari cho‘ziladi. Bo‘lmalar diastolasi vaqtida ularga qon bemalol o’tadi va shu payt vena pulsining egri chizig‘i birdaniga pasayadi. Tezda, vena pulsining egri chizig‘ida kichikina S tishi paydo bo‘ladi. U uyqu arteriyasining turtkisidan kelib chiqadi. S tishidan so‘ng egri chiziq pasaya boshlaydi va u yangidan ko‘tariladi – V tishi paydo bo‘ladi. V tishining kelib chiqishiga sabab shuki, qorinchalar sistolasining oxirida, bo‘lmalar qonga to‘lganligi va ularga yana qon kira olmagani uchun venalarda qon damlanib qolib, ularning devorini cho‘zadi. Katta va kichik qon aylanish doiralari Moddalar almashinuvi jarayoni kapillyarlar orqali uzluksiz davom etib turadi, ya’ni kapillyarlardagi arteriya qonining tarkibidagi oziq moddalar - kislorod, gormonlar kabilar hujayralarga o’tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid gazi vena kapillyar qon tomirlariga o’tadi. Bular o’z navbatida bir-biriga qo‘shilib, avval kichik, so‘ng o’rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi. Bosh, bo‘yin, ko‘krak, qo‘l kabi a’zolarning vena tomirlari qo’shilib, yuqorigi kovak venani hosil qiladi; oyoq, chanoq, qorin sohasidagi a’zolar va to‘qimalarning vena qon tomirlari bir-biriga qo’shilib, pastki kovak venani hosil qiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o’ng bo‘lmachasiga qo‘yiladi. Shu bilan katta qon aylanish doirasi tugaydi. Shunday qilib, yurakning chap qorinchasidan chiqib tananing barcha a’zolaridagi arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo‘ylab oqib, yurakning o’ng bo‘lmasiga kelib quyiladigan yo‘li katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Katta qon aylanish doirasi tananing barcha a’zolari, to‘qimalari va hujayralarini oziq moddalar garmonlar, kislorod bilan ta’minlab, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan keraksiz va zaharli moddalarni o’ziga qabul qilib, ularni organizmdan chiqarib yuborish vazifasini bajaradi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling