Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Simpatik asablarning yurakka ta’siri


Download 176.93 Kb.
bet15/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Simpatik asablarning yurakka ta’siri Simpatik asablarning (n. Sympaticus) yurak faoliyati bilan aloqadar ekanligini ilk bor 1867 yilda I.F.Sion, keyinchalik rus olimi-akademik Pavlov I.P. ham o’rganishgan. Ular yurakka boradidan simpatik asab tolalariga elektr toki bilan ta’sir etib yurak faoliyatining tezlashuvini tajribada isbot qilib berishdi. Bu tolalarni I.F.Sion yurakning tezlashuvchi asablari deb atagan. 1887 yilda I.P.Pavlov yurak faoliyatini kuchaytiruvchi asab tolalarini (musbat inotrop samara) ni topdi. Uning fikricha, kuchaytiruvchi asab tolalari maxsus trofik-ya’ni modda almashinuvi jarayonlarini rag‘batlantirish yo’li bilan yurakka ta’sir qiluvchi tolalardir. Simpatik asablar tolalari ta’sirlanganda yurakda qo‘zg‘alishning o‘tishini yaxshilaydi (musbat dromotrop samara) va uning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi (musbat batmotrop samara). Shunday qilib, organizm faoliyati uchun yurak asablarining ahamiyati juda katta. Bu ikkala asab yurak ishini muvozanatga solib turadi.
Jismoniy mashqlar vaqtida yurakning tezroq urushi ma’lum. Buning sababi, shuki, jismoniy ish vaqtida adashgan asab markazining tonusi pasayadi, simpatik asab markazining tonusi esa oshadi, natijada yurakning qisqarish faoliyati oshadi. Yurakning ishi shu ikkala asabning kelishib ishlashi (resiprok faoliyati) ga va organizm hayotining me’yoriy sharoitida ulardan kelayotgan asab impulslarining o‘zaro ta’siriga ko‘p jihatdan bog’liqdir.
Yurak faoliyatining gumoral (qon orqali) boshqarilishi Yurak faoliyati gumoral (qon orqali) yo‘l bilan ham boshqariladi. Qo‘zg‘algan asablar oxirlarida biologik faol moddalar hosil bo’lib, ular orqali qo‘zg‘alish bir hujayradan ikkinchi hujayraga o‘tadi. Bu moddalar «kimyoviy ko‘prik» vazifasini bajaradi va mediatorlar deb ataladi. Kimyoviy qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonlarini amalga oshiradigan moddalar haqida ilk bor 1921 yilda O Levi tadqiqotlar o‘tkazgan: Uning fikricha, qondagi gormonlar va tuzlar yurakning faoliyatiga ta’sir etadi. Masalan, buyrak usti bezining mag‘iz qismida ishlab chiqariladigan adrenalin va noradrenalin gormonlar, xuddi simpatik va adashgan asablarga o‘xshab, yurak faoliyatiga ta’sir etadi.
Adrenalin yurak ishini tezlashtiradi va qisqarish kuchini oshiradi, shu sababli «simpatikusshtoff» deyiladi.
Noradrenalin esa, aksincha yurakning qisqarish kuchini kamaytiradi, uning ishi sekinlashadi «vagusshtoff» deyiladi.
Adrenalin hissiyot, jismoniy mashqlar va boshqa holatlarda qonga o‘tib, kardiomiotsitlarning beta-adrenoretseptorlariga ta’sir qiladi. Natijada, hujayra ichidagi adenilatsiklaza fermentini faollashtiradi va siklik adenozinmonofosfat AMF - ning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. O’z navbatida CAMF fosforilaza degan fermentni faolsizlik holatidan faol shakliga aylantiradi, chunki faol fosforilaza yurak miokardi uchun eng asosiy energiya manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, adrenalin hujayra membranasidan Ca2+ ionlarni o‘tkazishda katta rol o‘ynaydi. Me’da osti bezining gormoni-insulin ham katta ahamiyatga ega. U ta’sir qilganda yurak musbat inotrop javob beradi. Qalqonsimon bezining gormoni-tiroksin yurak qisqarish tezligini va yurak sezgirligini simpatik asab va «simpatikusshtoff» moddalar oshiradi. Buyrak usti bezining po’stloq qavatida kortikosteroidlar degan faol biologik polipeptid-angiotenizin va ichak enteroxromaffin hujayralar gormoni-serotonin miokardning qisqarish kuchini oshiradi.
Yurakning mo’tadil hayot faoliyatida elektrolitlar muhim rol o’ynaydi. Qondagi kaliy va kalsiy tuzlari konsentratsiyasining o‘zgarishi yurak avtomatiyasiga, uning qo’zg‘alish va qisqarish jarayonlariga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatadi. Kaliy (K+) ionlarining ko‘p bo’lishi (giperkaliyemiya) yurak faoliyatining hamma tomonlarini susaytiradi, yurak ritmiga manfiy xronotrop ta'sir etadi, yurakning qisqarishlar amplitudasini kamaytiradi (manfiy inotrop ta’sir), yurak va qo‘zg‘alishning o‘tishini yomonlashtiradi (manfiy dromotrop ta’sir), yurak mushagining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi (manfiy batmotrop ta’sir). Kaliy ionlari ko‘p bo’lganda yurak diastola fazasida to‘xtab qoladi. Qonda kaliy ionlari kamayganda (gipokaliyemiya) ham yurak faoliyati keskin darajada buziladi Kalsiy (Ca++) ionlarining ko‘p bo’lishi aksincha: musbat xronotrop, ionotrop, dromotrop va batmotrop ta’sir ko‘rsatadi. Kalsiy ionlari ortiqcha bo‘lganda yurak sistola fazasida to‘xtab qoladi. Qonda kalsiy ionlari kamayganda yurak qisqarishlari susayadi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling