Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Elektrokardiografiya-yurakda qo‘zg‘alish jarayonini tekshirish usuli
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Elektrokardiografiya-yurakda qo‘zg‘alish jarayonini tekshirish usuli Odam organizmining boshqa hujayra va to‘qimalari kabi yurak mushaklari ishlab turgan vaqtda ham biotoklar (elektr hodisalari) paydo bo’ladi. Yurakning qo‘zg‘algan va qo‘zg’almagan qismlari o‘rtasida potensiallarining tafovuti (farqi) paydo bo’lganda elektr hodisasi butun tana bo’ylab tarqaladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdck, qo‘zg‘aluvchan to’qimalarning hammasi tinch turganda ular musbat elektr zaryadiga cga bo’ladi; qo‘zg‘alish paydo bo’lganda qo‘zg‘algan joyning zaryadi manfiy bo’lib qoladi. Yurak ham bu qonunga bo‘ysunadi. Qo‘zg‘alish paydo bo’lganda, ya’ni manfiy elektr zaryadi hosil bo’lganda qo‘zg‘algan joy o’rtasida potensiallar farqi hosil bo’ladi. Qo‘zg‘alish jarayoni tarqalgan sayin ko’proq joylar manfiy zaryadli bo’libqoladi. Shu bois, yangidan yangi joylarda potensiallar farqi vujudga kelaveradi, lekin qo‘zg ‘alish lmpulslari o‘tib ketgan joylarda yana musbat zaryadlar tiklanaveradi.
Yurakda potensiallar farqini yurak maydonlarining ikki nuqtasidan yozib olingan chiziq elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi. Buni ilk bor 1887 yilda A.D.Uollcr o‘rganib chiqqan bo’lsa, elektrokardiogrammani yozib oladigan asbobni 19O3 yilda V.Eyntxovcn kashf etgan. Elektrokardiografiya nazariyasini ishlab chiqishda va bu usulni klinika hayotida joriy etishda rus olimi A.F.Samoylovning ham xizmati juda katta. Odam yuragidagi biopotensiallarni yozib olish uchun clcktrokardiografiyaning xizmati juda katta. To‘qimalardagi bioelektrik hodisalarni yozib olish uchun ishlatiladigan torli galvanometr bilan ossillograf qanday prinsipda tuzilgan bo’lsa, elektrokardiograf ham shunday prinsipda tuzilgan. Elektrokardiograta yurakning qisqarishini emas, balki qo‘zg ‘alishini qayd qiladi. Buni yozib olish uchun potensiallar qo‘l - oyoqlardan va ko’krak qafasining ma’lum nuqtalaridan olinadi. Ko‘pincha elektrodlar badanga uchta standart usul bo‘yicha ulanadi: 1-usul; - o‘ng qo‘l bilan chap qo’l; 2-usul - o‘ng qo‘l bilan chap oyoq va 3-usul - chap qo‘l bilan chap oyoq. Zarurat bo’lganda elektrokardiogramma ko‘krak qafasining boshqa nuqtalaridan ham yozib olinadi. Sog’lom odamlarning hammasida elektrokardiogramma hamisha bir xilda bo’lib, beshta tishdan iborat va P, Q, R, S, T harflari bilan belgilanadi. R-tishi bo’lmalarning qo‘zg‘alishini, Q, R, S, T tishlari esa qorinchalarning qo‘zg’alishini aks etadi. Uch katta tishlari- P, R, T yuqoriga ikki kichik tishlar pastga qaratilgan bo’ladi. R-tishi chap va o‘ng bo’lmachalarda hosil bo’ladigan potensiallar majmuasini aks ettiradi, uning vaqti O,1 s ga teng. PQ sigmenti qo‘zg‘alishning bo’lma-qorinchalar tugunidan o‘tishiga mos keladi. Uning vaqti O,12 - O,18 soniyaga teng. QRST kompleksi qo‘zg‘alishni qorinchalar miokardida hosil bo’lishi va tarqalishini aks ettiradi, shu sababli u qorinchalar kompleksi deyiladi. Qorinchalar qo‘zg‘alishi qorinchalararo to‘siqning depolyarizatsiyasidan boshlanadi va shu bois Q tishi pastga qaratilgan bo’ladi. EKG - da R tishi eng baland bo’lib qo‘zg‘alishni qorinchalar asosida tarqalishini aks ettiradi, S tishi esa qo‘zg‘alishni butunlay qorinchalarda tarqalishi va yurakda kelib chiqayotgan potensiallarning farqini aks ettiradi. QRS kompleksi bo’lmalarning repolarizatsiyasiga mos keladi, uning vaqti O,O6-O,O9 s ga teng. T tishi miokard hujayralari membranasida potensialning tiklanishini, ya’ni miokardning repolyarizasiyasini aks ettiradi. Miokardning turli tolalarida repolyarizatsiyaning bir vaqtda o‘tmasligi sababli T tishi eng o‘zgaruvchan bo’ladi. TP sigmenti yurakning tinch holati umumiy pauza va diastolaga mos keladi. QRST kompleksining umumiy vaqti (davomligi) O,36 s ga teng. Yurakning bir ish siklida uning turli bo’limlarida depolyarizatsiya repolyarizatsiya jarayonlari bir vaqtda o‘tmaydi, shu sababli ular orasida potensiallar farqi o‘zgarib turadi. EKGning ikki nuqtalarida eng kuchli potensiallarning farqini bog’lovchi shartli chiziq yurakning elektrik o‘qi deb ataladi Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanadigan kishilar elektrokardiogrammasida tishlar yirikroq bo’ladi va bu yurak mushaklarining qisqarish kuchini ko‘rsatadi. Aksincha, jismoniy chiniqmagan kishilarda tishlar mayda bo‘ladi. Bundan tashqari, yurak kasalliklarida ham elektrokardiogramma tishlarining hajmi, shakli va ular orasidagi masofa kasallikning turiga va yurak mushaklarining qaysi qismi zararlanganligiga qarab turlicha o‘zgaradi. Agar bo‘lmacha mushaklari zararlangan bo’lsa, R tish o‘zgaradi, qorinchalar mushaklari zararlangan bo‘lsa, QRST tishlar o‘zgaradi. Shunga qarab kasallik aniqlanadi va shifokorlar tomonidan davolanadi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling