Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet12/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Yurak tonlari (tovushlari) Yurak miokardining qo‘zg‘alishi elektr potensiallarini hosil qilsa, uning qisqarishi yurakda va qon tomirlarida qon bosimining o’zgarishi yurak klapanlarini harakatga soladi. Buning natijasida yurak ishlab turganda o‘ziga xos tovushlar eshitiladi, bu tovushlar yurak tonlari deb ataladi. Ko‘krak qafasining yurak sohasiga quloq tutilsa yoki stetoskop qo‘yilsa, yurak «onlarini eshitish mumkin. Bunda ikki tori eshitiladi: birinchi tonqorinchalar sistolasi vaqtida eshitilganligidan sistolik ton deb ataladi. Bu ton cho‘ziqroq va past bo‘ladi. Birinchi ton tabaqali klapanlar va qorinchadagi mushaklarning qisqarishidan kelib chiqadi. Ikkinchi ton qorinchalar diastolasiga mos keladi, shu bois diastolik ton deb ataladi. Bu ton kalta va baland ton bo‘lib, yarimoy klapanlarining yopilishidan kelib chiqadi. Sistoladan keyin qorinchalardagi qon bosimi juda ham pasayib ketadi. Aorta bilan o‘pka arteriyasidagi bosim bir vaqtda bir muncha ortiq bo‘ladi, qon tomirlardan bosim kamroq tomonga ya’ni qorinchalarga qaytib kiradi va shu qonning bosimi bilan yarim oy klapanlar yopiladi. Yurak tonlarini fonokardiograf degan maxsus asbob bilan magnit tasmasiga yozib olish mumkin.
Fonokardiografiya - yurak tonlarini yozib olish usuli bo‘lib, yurak tonlarini yozib olishga va uni EKG ga va yurak faoliyatini tavsiflab beradigan boshqa ma’lumotlarga taqqoslab ko‘rishga imkon beradi. Yurakning urish tezligi Avval qayd qilib o‘tkanimizdek, sog‘lom odam yuragi bir daqiqaga o‘rta hisobda 7O-72 marta qisqaradi (uradi). Uning qanchalik tez urishi ko‘pgina sabablarga bogliq bo‘lib, hatto kun davomida ham o’zgarib turadi. Yurakning urish tezligiga tananing vaziyati ham ta’sir etadi: odam tikka turganda yuragi tez uradi, o‘tirganda sekinroq uradi, yotganda yanada sekinroq qisqaradi. Jismoniy ish bajarilgan vaqtda yurak juda ham tez uradi. Masalan sportchilar yuragi musobaqa vaqtida bir daqiqada 25O martagacha uradi. Yurakning urish tezligi yoshga ham bog‘liq. Bolalar bir yoshga to‘lguncha yuragi bir daqiqaga 1OO-14O, 1O yoshda - 9O, 2O yoshida va undan keyin 6O-8O marta uradi, keksalarda yurak qisqarishi yana tezlashib daqiqasiga 9O-95 ga yetadi. Ba’zi kishilarda yurakning qisqarishlari ritmi siyrak bo‘lib, daqiqasiga 4O-6O atrofida bo‘ladi. Bunday siyrakli ritm bradikardiya deb alaigan. Bunday holat sportchilarning tinch holatida ko‘proq kuzatiladi. Yurakning qisqarishlar ritmi tezroq bo‘lgan kishilar ham uchraydi: Bu holat taxikardiya deb ataladi. Ularning yuragi bir daqiqaga 9O-11O marta uradi va 14O-15O ga ham yetishi mumkin. Odam nafas olganda (havo yutganda). emosional qo‘zg‘alish (qo‘rqish, g‘azablanish, xursand bo’lish va hokazo) yurak urishi tezlashadi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling