Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet10/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Yurak avtomatiyasi Yurak mushaklariga xos bo’lgan yana bir xususiyat ularning avtomatiyasidir. Agar baqa yoki boshqa biror hayvonning yuragini ajratib olib, fiziologik critmaga solib qo‘yilsa, u tanadan va asab tizimidan ajartilganligiga qaramay, ma’lumvaqt davomida qisqarib-kengayib ishlab turadi. Yurakning o‘z-o‘zidan bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi deyiladi. Odam tanasidagi boshqa a’zolarning birortasi bunday xususiyatga ega emas. Yurakda avtomatiyaning gradiyent qonuni mavjud. Odam yuragida sinoatrial tugun ritm yetakchisi rolini o‘ynaydi. Bu tugun bir daqiqada 7O ga yaqin impulsni vujudga keltira oladi. Qo‘zg‘alish sinoatrial tugunga yetib kelib, shularda bir oz vaqt (O.O2-O.O4 s) to‘xtalib qoladi. Qo‘zg‘alish atrioventrikular tugundan yurakning o‘tkazuvchi tizimi bo‘ylab yuqori tezlikda (2 m/s) tarqaladi, shuning uchun ham qorinchalarning hamma qismi deyarli bir vaqtda qo‘zg ‘alib, qisqaradi.
Yurakning avtomatik ravishda qisqarishi faqat sinoatrial tugun faoliyatigagina bog’liq emas. Uning o’tkazuvchi tizimining boshqa qismlari ham o‘z-o’zidan impuls vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Ammo, o‘tkazuvchi tizimning qaysi bir qismi sinoatrial tugundan qancha uzoq bo’lsa, unda hosil bo’lgan impulslarning soni shuncha kam bo’ladi. Atrioventrikulyar tugun bir daqiqada 4O-6O impuls vujudga keltira olsa, Giss tutami 3O-4O impuls paydo qiladi. Purkine tolalari esa faqat 2O impuls hosil qilishi mumkin. Yurakning ish faoliyati organizmning massasi va metabolizm darajasiga bog’liq. Kam harakatlanuvchi hayvonlarda boshqalarga qaraganda yurakning qisqarish tezligi kamroq bo’ladi. Masalan: yurak qisqarishi kichik qushlarda 1 daqiqada 2OO-3OO ga teng, uy hayvonlarida 15O-3OO, sichqonda 3OO-5OO, quyonda- 2OO, mushukda -125, itda-8O, otda va filda 25-4O.
Yurakning ishchi hujayralar membranasi qutblangan bo’lib, uning tashqi sathida musbat ionlar va ichki sathida manfiy ionlar mavjud. Membrananing qutblarga ajratishning sababi Na+ va K+ ionlarning assimetrik (tengsiz.) taqsimlanishi hisoblanadi. K+ ionlarning diffuziyasi natijasida membrananing tashqi sathida musbat zaryadlar miqdori oshadi, ammo uning ichki sathida manfiy zaryadlar paydo boiaveradi. Tinch holatda issiq qonli hayvonlar miokardida potensiallarning tafovuti 6O-8O mV ni tashkil etadi. Qo‘zg‘algan paytda esa Na+ ionlari hujayra ichiga kira boshlaydi, ammo membrananing tashqi sathida manfiy elektrik zaryadlar paydo bo’ladi va potensialning farqi boshlanadi. Bu holda ta’sir potensialining amplitudasi 1OO mV ga yetadi. Ishlayotgan yurakning sistola siklida elektrik tok bilan ta’sir qilsak, uning quvvatiga qaramay yurak javobsiz qoladi. Bu davr mutlaq refrakterlik davri deyiladi. Refrakterlik davri sistolaning davomiyligiga bog’liq, qanchaki sistola davri cho‘zilsa rcfrakterlik davri ham shuncha cho‘ziladi. Kengayishning boshidanoq yurak qo‘zg‘aluvchanligi tiklanaveradi va nisbiy refrakterlik davri yuzaga chiqadi. Shu vaqtning o‘zida tok jarayoni tezroq va kuchli ta:sir etaversa, yurakning navbatdan tashqari qisqarishi boshlanadi. Bu ekstrasistola deb ataladi. Buning natijasida ekstrasistoladan kcyingi davr (pauza) odatdagidan ham davomliroq bo’ladi, bu kompensator pauza deyiladi.
Shunday qilib, miokard ishchi hujayralarining ta’sir potensiali O,3 s ga teng, bu skelet mushaklar ta’sir potensialiga qaraganda 15O marta davomliroqdir. Ta’sir potensialining rivojlanishi davrida hujayra kelgusi qo‘shimcha ta’sirotlarga javobsiz qoladi, ya’ni mutlaq refrakterlik holatga tushadi. Uning refrakterlik davri skelet mushaklari refrakterligiga qaraganda kamida 1OO marta oshgan bo’ladi. Ayni holda, refrakterlik davri tugagach yurak mushaklarining qo‘zg‘aluvchanligi birdan oshib ketadi. Mushakda qo‘zg‘aluvchanlikni haddan oshib ketishi ekzaltatsion faza deb ataladi.
Yurak mushaklarining bu qobiliyati yurak funksiyasi uchun katta ahamiyatga ega, chunki u bir marta ta’sirlanganda bir marta qisqarishi kеrаk. Uning ritmik faoliyatini muntazam ravishda amalga oshirishi zarur. Yurak mushagini mexanik, termik, elektrik va kimyoviy ta’sirlovchilar qo‘zg‘ata oldi. Turli ta’sirlovchilar bilan ta’sir qilganda yurak mushagi adekvat javob beradi, ya ni qo‘zg‘alib qisqaradi. Biroq, buning uchun ta’sirot kuchi bo‘sag‘a kuchiga teng yoki undan ham yuqori bo’lishi kerak. Bo‘sag‘a kuchidan past ta’sirlovchilar yurak mushagini qo‘zg‘ata va qisqartira olmaydi. Shuning uchun olim Boudich bu dalillarga asoslanib, «bor yoki yo‘q» qonuni kashf etgan. Uning fikriga ko‘ra, yurak mushaki turli kuchga ega bo’lgan ta’sirlovchilarga turli sharoitda bir xil javob beravermaydi; haroratga, mushakning tuzilishiga, charchash darajasiga, oziqli eritma tarkibi va shu kabilarga qarab «bor» o’zgaradi. Ta’sirotga yurak mushagi doim javob qaytaravermasligi yurak boimalari bilan qorinchalari miokardining ajratib olingan va avtomatik ravishda qisqarmayotgan bir bo’lagiga tajriba qilib kuzatish mumkin. Shu bo’lak bir xil kuchdagi ritmli elektr impulslar bilan ta’sirlansa, birinchi ta’sirotga javoban ozgina qisqaradi, ikkinchi ta\sirotga javoban sal ko‘proq, uchunchi ta’sirotga javoban yanada ko‘proq qisqaradi, nihoyat, qisqarish maksimal darajaga yctadi. Boudich kashf ctgan bu qonun pillapoya deb ataladi. Bu hodisa «bor yoki yo‘q» qonuni yurakka tadbiqan nisbiy va shartli ekanligini ko‘rsatadi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling