Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet18/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Venalarda qon harakati Venalarda qon aylanishining o’ziga xos xususiyatlari bor. Bu xususiyatlar avvalo venalar devorining tuzilishiga bog‘liq. Ularning devori arteriyalar devorlariga nisbatan juda yupqa va bo‘sh bo’lib, salga qisiladi: ular hatto salgina bosilganda ham puchayadi. Shuning uchun venalardagi bosim hatto oz bo‘lganda ham ularning devori anchagina cho‘ziladi va ularda ancha qon to‘planib qolishi mumkin. Agar arteriyalarning avvalida qon bosimi 18,7 kPa (14O mm simob ustuni) bo’lsa, venulalarda 1,3-2,O kPa. (1O-15 mm. simob ustuni)ga teng. Venalarning oxirlarida esa qon bosimi nulga teng va hatto atmosfera bosimidan ham pastroq bo’lishi irpunkin. Venalarda qonning harakati quyidagi omillarga: yurakning ishi, vena klapanlarning faoliyati, skelet mushaklarining qisqarishi va jismoniy harakatning og‘irligiga bog’liq. Ma’lumki, yurak o’z faoliyati bilan arterial tizim va o’ng bo’lma o‘rtasida qon bosimining farqini tashkil qilib beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Buning natijasida venoz qon yurakka qayta quyiladi. Venada halqasimon klapanlar borligi qonning bir tomonlama oqishini ta’min etadi. Mushaklarning navbat bilan qisqarish va susayishi venalarda qon oqishining eng asosiy omili hisobalanadi. Ularning qisqarishi natijasida venalar yupqa devorlari bosiladi va qon yo‘nalishini o’zgartirib, yurak tomoniga harakat qiladi. Skelet mushaklarining susayishi esa qonning arterial tizimidan venaga o’tish jarayonini ta’minlaydi. Mushaklar tomonidan bajariladigan tomirlarda qon yo‘nalishini bunday o’zgartirib o’tkazilish qobiliyati «mushak nasosi» deyiladi va ular asosiy nasos - yurakning yordamchilari deb hisobalanadi. Odam harakat qilsa yoki ritmik jismoniy mashqlar bilan shug‘ullansa oyoq venalarida mushaklar nasosi tufayli qon harakati yengillashadi. Nafas olish fazasida ko’krakqafasidagi manfiy bosim tufayli qon yurakka qayta qo‘yiladi, chunki bu manfiy bosim bo‘yin va ko‘krak bo‘shligidagi vena qon tomirlarini kengaytiradi. Buning natijasida bosim venalarda pasayib ketadi va yurak tomoniga qon harakatini yengillashtiradi. Periferik venalarda qon harakatining tezligi 5-14 sm/soniya va kovak venalarda - 2O sm/soniyaga teng.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling