Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Yurak faoliyatining reflektor boshqarilishi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Yurak faoliyatining reflektor boshqarilishi Qon aylanish tizimida gemodinamika uchun muhim bir qator reflekslar mavjud. Bu reflekslar uchun eng asosiy xossalari shundan iboratki, ularning organizmda joylashgan doimiy retseptiv maydonlari bor. Demak, har bir refleksning ro‘yobga chiqishi uning retseptor qismining morfologik butunligiga bog‘liq. Har bir retseptiv maydonlarida turli miqdorda xemoretseptorlar va mexanoretsptorlar joylashgan bo’lib, gemodinamikaning ko‘pdan-ko‘p o‘zgarishlariga javob qaytaradi. Retsetorlarda paydo bo’lgan asab impulslari sezuvchi asab tolalari orqali uzunchoq miya va markaziy asab tizimining boshqa qismlarida joylashgan qon aylanish (sirkulatsiya) markazlariga boradi. Yurak faoliyatini boshqarishda uzunchoq miya bilan orqa miyadagi markazlardan tashqari, gipotalamus, gippokamp va bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ida joylashgan qon aylanish markazlari ham mavjud.
Oraliq miyaning gipotalamus sohasiga ta’sir etilganda yurak faoliyati kuchayadi va tczlashadi. Miyacha va bosh miya yarim sharlar po‘stlog’ining motor va premotor mintaqalariga yurak-qon tomirlaridan afferent asablar kelib qo‘shiladi. (Baklavadjyan, 1999). Demak, yurak faoliyati markaziy asab tizimining sanab o’tilgan barcha sohalari ishtirokida refleks yo‘li bilan boshqariladi. Pressoretseptorlardan afferent asab impulslari kelib, adashgan asab yadrolarining tonusini oshiradi, bu esa yurak qisqarishlarini sekinlashliradi. Tomirlarning refleksogen mintaqasi va bosimi qancha yuqori bo’lsa, pressoretseptorlardan impulslar shuncha ko‘p keladi. Tanamizning har bir qismidagi sezuvchi asablarning ta’sirlanishi yurakning ishida aks etadi. Xilma-xil ta’sirIovchilar, ya’ni issiq, sovuq, qattiq og‘riq, shuningdek qo‘rqish, g‘azablanish va boshqa hissiyotlar yurakning ishini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi. Sovuq yoki og‘riqning ta’sir etishi natijasida kelib chiqqan qo‘zg‘alish simpatik asablarning markazlariga - orqa miyaga boradi, issiqlikning ta’sir etishi natijasida kelib chiqqan qo‘zg‘alish esa, adashgan asablarning markazlariga - uzunchoq miyaga boradi. Quyidagi tajriba yurak faoliyatining refleks yo’li bilan o‘zgarishiga misol bo’la oladi. Yurakning ishini kuzatish uchun baqaning ko‘krak qafasi ochiladi. So‘ngra baqaning qorniga uriladi. Bu vaqtda yurakning ishi sckinlashadi yoki tamomila to‘xtaydi. Bunda yurak refleks yo’l bilan sekin ishlaydi yoki ishlamay qo‘yadi. Qoringa urilganda kelib chiqadigan kuchli qo’zg‘alish uzunchoq miyaga o‘tib, adashgan asablarning markaziga yetib boradi. Qo‘zg’alish adashgan asablar markazidan adashgan asablar orqali yurakka kelib, uning ishini sekinlashtirib qo‘yadi. Bu vagal refleksning mumtoz misolini 186O yilda F.Gols ta’rif etgan, shuning uchun bu refleks Gols refleksi deyiladi. Vagal reflekslarga Ashnerning ko‘z-yurak refleksi ham kiradi. Ko‘z soqqalariga barmoq bilan bosilganda yurak urushi soni 1O-2O taga kamayadi (Danini-Ashner refleksi). Og‘rituvchi ta’sirotda va emosional holatlarda (qo‘rquv, jahl, xursandchilik), shuningdek jismoniy ish vaqtida yurak faoliyati refleks yo‘li bilan tezlashadi va kuchayadi. Bunda yurakka simpatik asablar orqali keluvchi impulslar va adashgan asablar yadrolari tonusining susayishi yurak faoliyatini o‘zgartiradi. Yurakka kiradigan kovak venalarda mexanoretseptorlarga qarashli cho’zilish retseptorlari mavjud bo‘lib, A va B retseptorlarga bo‘linadi. Ikkala reseptorlar ham qon tomirlarida qon hajmining o‘zgarishiga qarab qo‘zg‘aladi. A-retseptorlar bo’lmacha mushaklarining faol qisqarishida va B-retseptorlar ularning cho‘zilishida ishtirok etadi. Bu qismlarda joylashgan retseptiv maydonlar Beynbridj refleksining yuzaga chiqishiga sabab bo’ladi. Kovak venalarda qon bosimining ko‘tarilishi A va B retseptorlarni qo‘zg‘atadi, reflektor yo‘l bilan adashgan asabning tonusi pasayadi, simpatik asabning tonusi esa oshadi. A-retseptorlardan keladigan asab impulslari simpatik asabning tonusini ko‘taradi, B-retseptorlardan kelayotgan asab impulslari esa adashgan asab tonusini pasaytiradi (yurakning ritm qonuni). Yurakning refleks yo’l bilan boshqarilishi jarayonida mexanoretseptorlardan tashqari xemoretseptorlar ham ishtirok etadi: Ulardan asab impulslari uzunchoq miyada joylashgan o‘pka arteriyalarning markazlariga boradi, buning natijasida yurakning qisqarish tezligi sekinlashadi. Shuning uchun kichik qon aylanishida qon bosimining oshishi yurak ritmining kamayashiga olib keladi. (Parin refleksi) Ma’lumki, ichki a’zolarda, qon tomirlarida va hatto yurakning o‘zida ham ko‘pgina ichki retseptor (interoretseptor) lar joylashib, organizm ichki muhiti holatidan axborot berib turadi. Bu biologik axborotlar turiga qarab yurak faoliyati o’zgarib turadi, uning qisqarishi reflektor yo’li bilan oshadi yoki sekinlashadi (Chernigovskiy reflekslari). Skelet va pay retseptorlaridan MAT-ga afferent asablari orqali boradigan turli asab impulslari ham yurak faoliyatiga ta’sir etadi. Jismoniy mashqlar va jismoniy mehnat natijasida paydo bo’ladigan asab impulslari uzunchoq miyaning markazlariga tormozlanuvchi ta’sir qiladi, uning natijasida yurakning ritmi oshadi, tomirlar tonusi o‘zgaradi. Qonning qon tomirlari tizimi bo‘ylab harakatlanishi gemodinamika qonuniga asoslangan. Shunga ko‘ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga bog‘liq. Ularning birinchisi qon tomirlar tizimining boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning har xil bo‘lishi; bu kuch qonning harakatlanish tezligini ta’minlaydi. Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya’ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va uning tomirlar devoriga ishqalinishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga qarshilik ko‘rsatadi. Gemodinamika qonuniga ko‘ra, arteriya qon tomirlari tizimining yuqori qismida, ya’ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi yuqori bo’ladi; quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo’ladi. Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta bosim bilan aortaga chiqariladi, ikkinchidan, tomirlar tizimining quyi qismida aorta va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar va kapillyarlarga) boiinishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda bosimning pasayishiga, qon tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab bo’ladi, qonning oqish tezligini sekinlashtiradi, ya’ni arteriya qon tomirlari tizimining eng tor qismi aorta bo’lib hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi bo‘lsa ham, undan tarmoqlangan arteriya tomirlari kengligining umumiy yig‘indisi aorta kengligidan bir necha marta ko‘pdir. Tanadagi barcha 15O milliard kapillyar aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil bo’ladi va ularning umumiy kengligi aortaning kengligidan 6OO-8OO marta ko‘pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va qon oqish tezligi kapillyarlardagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Umuman katta va kichik qon aylanishida ishtirok etuvchi qon tomirlari quyidagi tiplardan iborat: amortizatsiyalovchi (elastik tipdagi qon tomirlar), rezistiv (qarshilik ko‘rsatuvchi qon tomirlar), sfinkter (jumrak) qon tomirlar, almashinuv qon tomirlari; hajmli qon tomirlar, shuntlovchi (ulovchi) qon tomirlar. Elastik tipdagi qon tomirlarga aorta, o‘pka arteriyasi va ularga yaqin joylashgan katta tomirlar qismlari kiradi. Ularning o’rta qavatlarida elastik (qayishqoq) elementlar ko‘proq uchrab, ular tufayli sistola fazasida qon bosimining keskin ko’tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Rezistiv tipdagi qon tomirlariga arteriyalarning oxirgi qismi va arteriolalar kiradi. Ularning devorlarida silliq mushak qavati yaxshi rivojlangan, shu sababli qon oqimiga ko‘proq qarshilik ko‘rsatadi. Silliq mushaklar qisqarishi va bo‘shashishi tufayli tomirlar ko‘ndalang kesimi o’zgarib, qon bosimini o’zgartiradi. Bu jarayon turli a’zolarda qon aylanishining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Sfinkter tipdagi qon tomirlariga - kapillyarlardan oldinroq joylashgan arteriolalarning oxirgi qismlari kiradi. Ular, rezistiv qon tomirlari singari o‘zining ichki diametrini o’zgartira oladi. Almashinuv qon tomirlariga qon kapillyarlari kiradi, ya’ni modda almashinuvida ishtirok etadigan kapillyar tomirlar kiradi. Diffuziya va filtrlanish jarayonlari kapillyarning bir qavatli epiteliy va yulduzsimon hujayralari orqali amalga oshiriladi. Hajmli qon tomirlarga venalar tizimi kiradi. Ular juda cho‘ziluvchan bo‘lganidek ko‘p miqdordagi qonni o‘ziga sig‘dirib, saqlab turishi va qon aylanishiga qayta chiqarishi mumkin. Ba’zi venalar qon zaxirasi sifatida ancha ko‘p hajmiga ega. Bularga jigar venalari, qorin bo‘shlig‘i, yirik teri venalari kiradi. Bu venalardagi mavjud qon miqdori 1 litr chamasida ko‘payib-kamayib turishi mumkin. Shuntlovchi qon tomirlar arteriovenoz anastomozlardan iborat bo’lib, tananing ba’zi qismlarida joylashgan (quloqning terisi, burun va hokazo). Bu tomirlar ochiq vaqtida kapillyarlar orqali qon oqishi kamayadi, ba’zan butulay to‘xtab qolishi ham mumkin. Qon bosimi - qon tomirlari devorlariga ta’sir etuvchi qon bosimi paskal bilan ifodalandi (1 Pa=l H/m2) Qon bosimi orqali organizmda qon harakatlanib, a’zolar va to‘qimalar faoliyati uchun foydalanadi, kapillyarlarda to’qimalararo suyuqliklar hosil qilinadi hamda organizmda sekretsiya va eksekretsiya amalga oshiriladi. Qon bosimi darajasi quyidagi asosiy uch omilga bog‘liq: -yurak qisqarishining tezligi va kuchi, -umumiy periferik qarshilik, ya’ni tomirlar devorlarining tonusi; -aylanishda bo‘lgan umumiy qon hajmi. Odatda qon bosimi arterial, venoz, kapillyarlar qon tomirlarida o‘lchalanadi. Sistolik (maksiroal) bosimi chap qorinchadagi miokard holatini aks etadi, 13,3-16,O kPa (1OO-12O mm simob ustuni) ga teng. Diastolik (minimal) bosimi arteriya devorining tonusi darajasini ifodalaydi, 7,8-1O,7 kPa (6O-8O mm simob ustuni)ga teng. Puls bosimi - sistola va diastola bosimlarining farqini ko‘rsatib, qorinchalar sistolasi fazasida aortal va pulmonar klapanlarining ochilishi uchun xizmat qiladi. Me’yorda bu bosim 4,7-7,3 kPa (35-55 mm simob ustuni) ga teng. Sistolik bosim diastolik bosim bilan teng bo‘lgan hollarda qon harakatsiz qoladi va o‘lim sodir bo‘ladi. O’rta dinamik bosim diastolik bosimining yig‘indisiga va puls bosimining 1/3- ga teng bo‘lib, qonning muntazam harakati energiyasini ifodalaydi va maxsus shu qon tomiri yoki shu organizm uchun xos ekanligini ko‘rsatadi. Qon bosimi darajasiga quyidagi omillar ta’sir etadi: odam yoshi, kecha kunduz, organizmning umumiy fiziologik holati, markaziy asab tizimining funksional holati va hokazo. Yangi tug‘ilgan bolalarda maksimal arterial qon bosimi 5,3 kPa (4O mm simob ustuni)ga teng, bir oylik yoshdagi bolalarda - 1O,7 kPa (8O mm simob ustuni), 1O-14 yoshda - 13,3 - 14,7 kPa (1OO-11O mm simob ustuni)ga, 2O-4O yoshda - 14,7-17,3 kPa (11O-13O mm simob ustuni)ga teng. Keksalik chog‘ida maksimal bosim minimal bosimga nisbatan ko‘proq oshadi. Kecha kunduz davomida arterial bosim o’zgaradi: uning dinamikasi kunduzi kechasiga qaraganda balandroq bo’ladi. Arterial qon bosimi og’ir jismoniy tarbiya mashqlari natijasida keskin oshib ketadi - 15O-2OO mm ga yetadi. Lekin yurakning ish faoliyati 3-5 daqiqa odam dam olgandan keyin yana o‘z me’yoriga qaytadi. Odam arterial qon bosimining me’yorga nisbatan ortishi - gipertoniya (gipertenziya), pasayishi gipotoniya (gipotenziya) deyiladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, odamning qon bosimi arteriyalar, venalar va kapillyarlarda o’lchalanadi. Yelka arteriyasidagi sistolik (maksimal) bosim 11O-12O mm, diastolik (minimal) bosim esa 6O-8O mm simob ustuniga teng. Buni Riva-rochi sfigmomonometri yoki tonometr asboblari yordamida N.S.Korotkov usulida yelka arteriyasida o’lchanadi. Agar odam hayajonlansa, achchiqlansa, qo‘rqsa maksimal arterial bosim 2OO-25O mm gacha ko‘tariladi, minimal arterial bosim esa keskin pasayadi. Yurakning ish faoliyati kuchsizlangan odam yuqoridagi kabi jismoniy mashqlarni bajarganda, arterial bosimining o‘zgarishi 5-1O daqiqada o’z me’yoriga qaytmaydi va yuragi tez urishi, nafas qisishi, rangining oqarishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi. Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to’lqinlanib turishiga tomir urishi, ya’ni puls deyiladi. Arteriya qon tomirlari devorining to‘lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devorining to‘lqinlanishi vena pulsi deyiladi. Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida ular devorining tebranishidan hosil bo‘ladi. Yurak daqiqasiga necha marta qisqarsa, arteriya impulsining soni ham shuncha bo’ladi. Tinch holatda katta odam pulsining soni bir daqiqada 7O-72 marta bo’ladi. Bolalarda yurakning qisqarishi va pulsning soni kattalarnikiga nisbatan ko‘proq bo’ladi. Bir yoshlik bolada puls soni bir daqiqada 11O ta, 5 yoshda-9O ta, 1O yoshda-8O ta, 16 yoshda kattalarnikiga tenglashadi Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling