Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intrakardial
- Hujayralararo boshqarish mexanizmlari
Yurak ishining boshqarilishi Odam organizmning muntazam bir maromga ishlab turishi, ichki muhitining doimiyligi, gemodinamikaning turli sharoitlarga tezroq moslashinuvi yurak faoliyatining boshqaruv mexanizmlariga bog’liq. Yurak faoliyati juda o‘zgaruvchan bo’lib, doimo organizmning qon aylanishiga bo’lgan talabiga moslashib turadi. Bu moslashuvni bir qator boshqaruv (regulator) mexanizmlari ta’minlaydi. Ularning bir qismi yurakning o‘zida (yurak ichi intrakardial mexanizmlari) qolganlari esa yurakdan tashqari (ekstrakardial) mexanizmlardir.
Intrakardial hujayralar ichki boshqaruv mexanizmlari. Bu turdagi boshqaruv mexanizmiga yurak hujayralari kardiomiositlarning qisqarish qobiliyati kiradi. Ularning qisqarishi natijasida autorcgulalor mexanizmlari tufayli turli oqsillar sintez bo‘laveradi. Har qaysi kardiomiotsitda uning tuzilishi va funksiyasini ta’minlaydigan o‘ziga xos oqsillar sintezini boshqaruvchi mexanizmlar bor. Kardiomiotsitlarning faoliyati oshsa, oqsillarning sintezlanishi tezlashadi, aktin va miozin miqdori oshadi, miokart gipcrtrofiyaga uchraydi va ish qobiliyati ortadi. Kardiomiotsitlarning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda modda almashinuvi doimiy ravishda o‘tib turadi. Buning natijasida energiyaga boy birikmalarning parchalanishi kuzatiladi. Masalan, ATF bilan glikogenning parchalanishi yurakning sistolasi davrida amalga oshiriladi, bu clcktrokardiogrammaning QRS tishlariga mos keladi. Bu moddalar darajasining tiklanishi (resintez) diastola fazasiga mos keladi. Shuning uchun favqulotda sharoitlarda yurakning ish faoliyati oshganda, uning turli ta’sirotlarga chidamligi va moslashinuvi kompensator mexanizmlar tufayli amalga oshiriladi. Ma’lumki, miofibrillalar qancha kuchliroq kengaysa, shuncha kuchliroq qisqaradi (Frank-Starling qonuni). Hujayralararo boshqarish mexanizmlari Miokard hujayralarini bir-biri bilan bog’lab turuvchi oraliq disklarning (neksuslarning) bir xil emasligini aytib o‘tgan edik. Neksuslarning vazifasi quyidagilardan iborat: 1) kerakli moddalarning tashilishiga (transportiga) moslashgan; 2) yurak miofibrillalarini bir-biri bilan bog‘laydi; 3) hujayradan hujayraga qo‘zg‘alishni yetkazib beradi. Miokardning bu tuzilishi kelayotgan qo‘zg‘alish jarayoniga sinsitiy singari javob qaytarishiga imkon beradi. Neksuslarning shikastlanishi yoki biron sabab bilan ular funksiyasining buzilishi natijasida qo‘zg‘alishni hujayralarga yetkazib beradigan qobiliyati ham, yurak miokardining sinxron qisqarishi ham buziladi va natijada yurakning qisqarish qobiliyati o‘zgaradi. Faqat kardiomiotsitlar o‘rtasidagi munosabatlar emas, balki miotsitlar va biriktiruvchi to‘qima hujayralari orasidagi munosabatlar yurak faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Biriktiruvchi hujayralar miotsitlar uchun faqat suyanch tuzilmagina emas, ular miotsitlarga nisbatan trofik (oziqlanish) vazifasini ham bajaradi. Bu kreator munosabat deyiladi. Biriktiruvchi hujayralar orqali kardiomiotsitlarda energiyaga boy, yuqori molekulali organik moddalar zaxirasi doimo to‘ldirib turiladi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling