Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzunchoq miya
Tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar Tomirlar markaziy asab tizimidan keladigan impulslar ta’sirida kengayadi yoki torayadi. Arterial tomirlarning muayyan darajada torayishini ta’minlaydigan asab markazi tomir harakatlantiruvchi markaz orqa miyada joylashganini rus olimi V.F.Ovsyanikov 1871 yilda aniqlagan. Bu markazning qayerda joylashganligi miya stvolini turli yeridan qirqib ko‘rish yo‘li bilan aniqlangan. Miya, agar uzunchoq miya bilan orqa miya oralig‘idan kesilsa, uyqu arteriyasida tomirlarning tonusi pasayganligi sababli qonning maksimal bosimi me’yordagi 100-120 mm dan 60-70 mm ga tushadi. Keyinchalik tomirlar tonusining muntazam tiklanishi kuzatiladi va arterial bosim bosqichma-bosqich ko‘tarilib yuqori darajada saqlanib turadi. Arterial qon bosimining tiklanishi orqa miyaning ko’krak va bel segmentlarida joylashgan simpatik asabni boshlab beradigan neyronlar orqali amalga oshiriladi. Bu asab hujayralari tananing turli qismlarida joylashgan qon tomirlari bilan morfo-funksional aloqada bo‘lib, orqa miyaning tomir harakatlantiruvchi markazlar funksiyasini bajaradi va tomir tonusini boshqarib turishda muhim rol kasb etadi.
Uzunchoq miya. F.V.Ovsyanikov o’z tajribalarida hayvonlar orqa miyasini yuqorirog‘idan (to‘rttepalikdan) qirqib, uzunchoq miyada tomir harakatlantiruvchi markazning mavjudligini aniqlab berdi. Bu markaz orqa miyada joylasiigan tomir haratlantiruvchi markazlar faoliyatini boshqaradi, shu bilan birga bu ikki markaz orasida afferent va efferent bogianish borligini ham dalillar bilan isbotlab berdi. F.V.Ovsyanikovning bu taxminlarini zamonaviy fiziologiya fani ham ma’qulladi. Tomirlarni harakatlantiruvchi markaz-bu juft tuzilma bo’lib, rombsimon miyaning chuqurchasida (IV qorinchada) joylashgan bo’lib, pressor va depressor bo’limlar deb ataluvchi ikki qismdan iborat ekanligi yanada sinchiklab tekshirishda ma’lum bo’ldi. Pressor bo’limga ta’sir etilganda arteriyalar torayadi va qon bosimi ko’tariladi, Xulosa qilib aytganda jigar ayni bir vaqtda arterial va venoz qon oladi. Arterial qonni jigar arteriyasi olib keladi, venoz qon esa portal vena orqali jigarga yetib keladi. Portal venada hazm tizimi a’zolari va taloqdan o’tgan qon yig‘iladi. Demak, qopqa venadagi qon kapillyarlardan ikki marta o’tadi: birinchi gal ichak, me’da va boshqa a’zolardagi kapillyarlardan, ikkinchi marta jigar parenximasidagi kapillyarlardan. O’pkalar ham qon aylanishining ikkala doirasidan qon oladi: 1) kichik qon aylanish doirasi o’pkalarning nafas olish funksiyasini ta’minlaydi; 2) o’pka to‘qimasining oziqlanishini ko‘krak aortasidan chiqadigan bronxial arteriyalar qon bilan ta’minlaydi. O’pka kapillyarlari diametri taxminan 8 mkm. Ular bir-biriga ulangan bo‘lib, alveolalarni qalin to‘r kabi o’rab turadi. O’pka kapillyarlarining funksional uzunligi 250 mkm bo‘lib, qon bu masofani 0.7-1 soniya da bosib o’tadi. Tinch holatda o’pka kapillyari yuzasi 60 m2, jismoniy ish bajarilganda bu yuza 90 m2 ga yetadi. Sog’lom odamlarda o’pka arteriyasida sistolik bosim 25-30 mm s.u., diastolik bosim-15-20 mm s.u, o’pka arteriyasidagi o’rtacha bosim aortadagi o’rtacha bosimdan 5-6 baravar kamroq. Yurak miokardi yurak koronar yoki o’ng va chap toj arteriyalardan qon oladi. Chap arteriyaning shoxlari chap qorincha, qorinchalararo to‘siq, chap va o’ng bo’lmadarni qon bilan ta’minlaydi. O’ng toj arteriyaning shoxchalari yurakning o’ng tomoniga kiradi. Kapillyarlar to‘ri esa miokardda juda ko‘p, ularning miqdori mushaklar tolalarining miqdoriga baravar. Bundan tashqari miokardda haddan tashqari ko‘p tomir tabiatiga xos bo‘lmagan kanallar mavjud. Ularning diametri venullalar va arteriolalarga teng bo’lib, tuzilishlari esa kapillyarlarga o’xshaydi. Ular orqali tegishli tomirlar yurakning bo’limlari bilan ulashgan. Yurak tizimida yana bir miokardning chuqur qavatlarida joylashgan sinus tizimi mavjud, ularda yurak klapanlari ochiladi. Yurak qondan kislorodni boshqa a’zolarga nisbatan ko‘p oladi. Yurak kislorodga yolchimaganda tuzuk ishlay olmaydi va og‘riq sezgilari paydo bo’ladi. Mo‘tadil fiziologik sharoitda bunday hodisa ro‘y bermaydi, chunki qonda kislorod kamayganda koronar tomirlar reflektor yo’li bilan kengayadi va yurakka qon kelishi oshadi. Nafas to‘xtatib turilganda toj tomirlardan ikki baravar ko‘p qon o’tishi mumkin. Bosh miya o’zi xos unikal qon aylanish xususiyatiga ega. Uning qon bilan ta’minlanishi boshqa a’zolarga nisbatan ko‘proq. Shuni maxsus qayd qilib o‘tish joizki, yurakdan chiqqan va katta qon aynalish doirasida aynalayotgan qonning 15% bosh miya tomirlari orqali o’tadi. Miyada qon yumshoq miya pardasi tomirlaridan arteriyalar orqali o’tadi. Arteriya va venalar o’rtasida anostomozlar yo‘q, kapillyar ochiq bo’ladi. Kulrang moddada kapillyarlar soni oq moddadagidan ko‘proq. Miyaning qon tomirlari va asab hujayralari qonda CO2 miqdori o’zgarishiga juda sezgir, shu bois miya to‘qimalarida CO2 tarangligi ikki baravar oshganda miya qon tomirlari kengayib, qon oqishning hajm tezligi ham ikki baravar ko‘payadi. Agar tez va chuqur nafas olib, qonda O2 miqdori ko‘paysa, miya tomirlari torayadi, qon oqishi kamayadi va bunda ba’zi kishilarning boshi aylanadi. Markaziy asab tizimining oliy darajada rivojlangan asab hujayralari kislorodning yetishmasligiga boshqa a’zolarga nisbatan birinchi navbatda javob qaytaradi. Miya neyronlarida kislorod tanqisligi natijasida 15-20 soniya davomida biotoklar yo‘qoladi va agar undan ham ko‘proq vaqt davomida qon oqishi to‘xtatilsa, o’lim sodir bo’ladi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling