Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Vitamin E-tokoferol (antioksidlovchi) mushak to‘qimasi, uning qisqarishi va asab tizimida atsetilxolin mediatorining sintezida juda katta rol o‘ynaydi. U moddalar almashinuvida bevosita ishtirok etib, qon ivishini susaytiradi, jigarda vitamin A va oqsillarning sintezlanishida asosiy omil hisoblanadi. Vitamin E hujayralar membranasi tarkibiga kirib, ularning foliyatida muhim rol o’ynaydi. E-avitaminozning xarakterli belgisi - to‘qimalarda, shu jumladan mushaklarda kislorod o‘zlashtirishining jadallashtirishidir. Demak, vitamin E antioksidant, ya’ni oksidlanish jarayonini ayniqsa to‘yinmagan yog‘ kislotalari oksidlanishini bug‘ib turuvchi moddadir. Hayvonlarda E avitaminoz natijasida voyaga yetgan organizmning nasl qoldirish qobiliyati yo‘qoladi, homiladorlik jarayoni tubdan izdan chiqadi. Odamlarda E avitaminoz kuzatilmagan, biroq odamning ba’zi-bir kasalliklari E vitamini pcreparatlari orqali davolanadi. Masalan, urug‘lanish jarayoni, mushaklar kuchsizligining ba’zi shakllari va distrofiya (to‘qimalar, a’zolar va umuman organizm oziqlanishining buzilishi) kabilarni davolash mumkin bo‘ladi. Katta yoshdagi odam organizmning vitamin E-ga bo‘lgan bir kechakunduzlik chtiyoji 13,4-20 mg, bolalarda esa - 3,4 mg ni tashkil qiladi. Vitamin E salat (koxu) da, bug‘doy, makkajo‘xori murtagida, o’simlik moylarida va hayvon to‘qimalarida ko‘p. Oziq-ovqatda uchraydigan, vitamin E ga o‘xshash ta\sir etadigan tuzilishi ham bir-biriga yaqin bir necha modda ajratib olingan. Ularni alfa, beta, gamma va boshqa xil tokoferollar (tocos-tug‘ruq, tug‘ish, pheraqilaman so‘zIaridan) deb yuritiladi.
Vitamin K - vitaminlarning koagulatsion guruhiga kiradi, Ular antigemorragik (filloximon, menaxinonlar) vitaminlar deb nom olishgan. Gemorragiya deb, qon-tomir devori shikastlanishi natijasida undan qon oqishi, gavda bo\shliqlariga va to‘qimaga qon qo‘yilishini aytishadi. llk bor vitamin K, keyinchalik K, (filloxinon) 1939 yilda Р.Каггег tomonidan yo‘ng‘ichqadan ajratib olingan, shu yilning o’zida L.Fizer va Ye.Doysi uning kimyoviy tuzilishini o‘rganib chiqqan. Vitamin K qon ivishiga taalluqli bo‘lgan oqsillar biosintezini kuchaytiradi, shuningdek albumin oqsili, pepsin, tripsin, lipaza, amilaza va h.k. fermentlarning biosintezi jarayonlarida muhim rol o’ynaydi. Vitamin K qisqaruvchi oqsil-miozinga ta’sir etish asosida, mushaklar faoliyatini ta’minlaydi. Vitamin K jigarda protrombin sintezlanishi uchun zarur. K avitaminozida bu vitaminni parenteral yo‘l bilan yuborilganda protrombin sintezi kuchayadi va qondagi protrombin miqdori me’yoriy darajaga qaytadi, shu tariqa qonning ivish xossasi oshib, qon ketishi kamayadi. Shuning uchun vitamin K antigemorragik vitamin deyishadi. Vitamin K turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘ladi, bundan tashqari, yo‘g‘on ichakda bakteriyalar tomonidan sintezlanadi. Shuning uchun odam ichagida o‘t kislotalari bo‘lmaganda (masalan, o‘t yo‘li berkilib qolganda) vitamin K so’rilmasligi va buning oqibatida avitaminoz paydo bo‘lishi mumkin. Buning sababi vitamin K ning so‘rilishi uchun o’t kislotalarining bo‘lishi zarur. Shuning uchun o‘t chiqaruv yo‘llarining kasalliklarida ovqat bilan vitamin K yetarlicha kirib turishiga qaramay, K avitaminozi paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar qonida protrombin kamligi sababli qon ketishi kuzatiladi, bu esa K avitaminozi bilan tushuntiriladi. Onasi tug‘ishdan oldin vitamin K preparatlarini iste’mol qilib tursa, tug‘iladigan chaqaloqdagi gemorragiyaning oldini olish mumkin. Vitamin K ismaloq, salat, karam, sabzida ko‘p bo‘ladi. Vitamin K xossalariga ega bo‘lgan kristall birikmalar o’simliklardan ajratib olingan. U naftoxinonning ikki almashgan hosilasi bo‘lib chiqdi va filloxinon deb ataldi. Katta yoshdagi odam uchun vitamin K ga bo‘lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoji 100 mkg ga teng. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling