Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Vitamin A (retinol yoki antkseroftalmik) yog’larning emulsiyalanmaydigan qismidan 1912 yilda ajratib olingan va kimyoviy tuzilishi 1931 yilda Shveytsariya olimi Р.Каггег tomonidan o‘rganilgan. Vitamin A (retinol) ilk bor 1947 yilda O.Isler tomonidan to’la sintez qilingan. Retinol murakkab efirlar (beta-glukuronat) shaklida hayvon mahsuloti sifatida, jumladan baliqlar va suvda yashaydigan boshqa hayvonlar jigarida uchraydi. Odamning vitamin A ga bo‘lgan ehtiyojini o‘sumlik mahsulotlari hisobidan ham qondirish mumkin.
Vitamin A aksari o’simliklarda sintezlanadigan pigment-karotindan hosil bo‘ladi. Karotin molekulasi karotinaza fermenti ta’sirida ikki molekula vitamin A ga parchalanadi. Emizikli bolalarda retinol yo‘q, shu sababli ovqatda vitamin A ning yetishmasligi bola organizmi uchun katta xavf tug‘diradi. Katta yoshdagi odamlarda esa retinol jigarda kerakli miqdorda zahirada bo’ladi va organizm ehtiyojini ikki yil davomida qondirib turadi. Organizmda vitamin A yetishmasligining dastlabki alomati-g‘ira-shirada ko‘z ko‘rmasligi (gemeralogiya), ya’ni shabko‘rlikdir Buning sababi shuki, A gipovitaminozi va avitaminozida ko‘z to‘rpardasining tayoqchalaridagi ko‘ruv purpuri, kamayadi, ko‘ruv purpuri esa vitamin A ning hosilasi bilan opsin oqsilining birikishidan hosil bo‘ladi. Odamda vitamin A yetishmasligi kseroftalmiya (ko‘zning qurib qolishi), ya’ni ko‘zning shilliq pardasi va muguz qavatining o’ziga xos o‘zgarishi kuzatiladi. Hayvon yog‘lari, baliq moyi, sariyog’ va eritilgan yog‘, sut, tuxum sarig‘i, jigar, buyrak, baliq tuxumida (ikrada) vitamin A ko‘p bo‘ladi. Sabzi, ismaloq, o‘rik, qizil qalampir, qichitqi o’t va bedada karotinning miqdori bo‘ladi. Vitamin A jigarda to‘planadi, jigar vitamin A ning deposi hisobalanadi. Katta yoshli odamga bir kecha-kunduzda qariyb 1-1,5 mg vitamin A kerak bo‘ladi. Vitamin D (ergokalsiferol, antiraxitik vitamin). Bolalarda uchrovchi raxit kasalligi 1650 yildan boshlab ma’lum bo‘lgan. Ammo XVIII asrdan boshlabgina bu kasallik baliq jigarining yog‘ini yeganda davolanishi ma’lum bo‘lgan. 1930-1932 yillarda ikki olim - F.Askyu va A.Vindauslar birinchi bo‘lib provitamin D, va D2 va 1936 yilda G.Brokman D3 vitaminini kashf etdi. Hozirgi kunda kimyoviy jihatdan jami 7 xil vitamin D ga mansub bo‘lgan moddalarning mavjudligi aniqlangan. Ovqatda vitamin D yetishmaganda, bolalar raxit kasaliga uchraydi. Oyoq,, ko‘krak qafasi va umurtqa pog‘onasi suyaklarining o‘zgarishi ra^itning xarakterli belgilaridir. Bunda tog‘ay to‘qimasi va hosil bo‘layotgan suyak to‘qimasi yetarlicha ohaklanmaydi. Suyaklar haddan tashqari yumshoq bo‘lib deformatsiyalanadi. Kasal bolalarda oyoq suyaklarining qiyshayishi raxitning asosiy belgisidir. Raxitda suyaklardagi kalsiyning miqdori keskin (og‘ir holatlarda 3-3,5 baravar) kamayadi. Suyak to‘qimasida fosforning miqdori ham talaygina kamayadi. Raxit kasalligi markaziy asab tizimi funksiyalarining o‘zgarishidan boshlanadi. Ayniqsa uning vegetativ bo‘limi qattiq shikastlanadi. Bolalar besaranjom, qo‘rqoq bo‘lib qoladi, ularning uyqusi buziladi, ko‘p terlaydi. Katta yoshdagi odamlarda esa D-avitaminoz natijasida suyaklar to‘qimasi yumsham ketadi (osteomalatsiya). Bu holat homiladorlik va laktatsiya davrida vitamin D ning yetishmasligi natijasida ham kuzatiladi. Ovqat bilan organizmga vitamin D-ning ko‘p miqdori kirganda gipervitaminoz kuzatiladi. Buning natijasida ichaklardan kalsiy va fosforning so‘rilishi kuchayadi, natijada faqat suyaklardagina emas, balki mushakda, yurakda, aortaning devorida, buyrak tomirlarida ularning zahira miqdori oshadi. Katta yoshdagi odamlarning bir kecha-kunduzdagi vitamin D ga bo‘lgan chtiyoji 7-12 mkg ni, emizikli chaqaloqlarda esa 13-25 mkg ni tashkil qiladi. Vitamin D baliqning jigarida, sariyog‘da, sut va tuxumda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Vitamin D odam terisida ultrabinafsha nurlar ta’sirida 7- degidroxolestcrindan hosil bo‘lishi mumkin. Oftobda yurish yoki sun’iy ultrabinafsha nurlaridan bahramand bo‘lish raxitni davolash va oldini olish uchun eng kuchli vositadir. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling