Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet58/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Vitaminlar almashinuvi Vitaminlar (lot.vita-hayot) deb organizm uchun zarur bo‘lgan va nisbatan oz miqdorda uchraydigan kimyoviy organik birikmalarga aytiladi. Bu moddalar ko‘pincha odam va hayvonlar organizmiga ovqat bilan kiradi, ba'zilari esa organizmning o‘zida sintezlanadi. Ular organizmning o‘sishiga, modda almashinuviga ta’sir ko‘rsatib, organizmning turli fiziologik jarayonlarida ishtirok etadi. Vitaminlarning asosiy manbai-o‘simliklar hisoblanadi, ularga vitamirdar yoki organizmda vitaminlarga aylanuvchi moddalar, ya’ni provitaminlar sintc/lanadi. Odamga vitaminlar o’simlik yoki hayvon mahsulotlari orqali kirib keladi. Vitaminlarni 188O yilda rus olimi N.I.Lunin kashf etgan. Keyinchalik bu muhim moddalarni 1912 yilda К.Funk tomonidan vitamin deb nomlangan. Uning fikricha organizmdagi normal fiziologik holatning kechishi uchun ovqat bilan oqsil, yog‘, karbonsuvlar, mineral tuzlar bilan birga vitaminlar ham kirib turishi kerak. Turli vitaminlarning kimyoviy tuzilishi va biologik ta’siri har xil.
Vitaminlar organizmda fermentlarning faol (prostetik) guruhlari vazifasini bajaradi. Organizmda biror vitamin umuman etishmasa, avitaminoz deb nomlangan patologik holat ro‘y beradi, ovqat tarkibida biroz vitamin yctishmaganda, gipovitaminoz paydo boladi va vitaminning miqdori me’yordan oshib ketganda esa gipervitaminoz kuzatiladi.
Turli avitaminozlar va gipovitaminozlar (masalan, polinevrit, raxit, pellagra, lavsha va boshqalar) klinik belgilari bilan farq qiladi va butunlay boshqa-boshqa kasalliklar hisoblanadi. Shuning uchun organizmga yetishmaydigan u yoki bu vitaminni kiritish yo‘li bilan tegishli avitaminoz yoki gipovitaminoz kasalliklarining oldini olish yoki tuzatish mumkin. Vitaminlarni lotin alifbosi harflari bilan ko‘rsatiladi va kimyoviy yoki fiziologik nomlari bilan atashadi (fiziologik nomi vitaminning ta’siriga qarab beriladi). Hamma vitaminlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
1) suvda eriydigan vitaminlar;
2) yog‘da eriydigan vitaminlar.
Suvda eriydigan vitaminlarga vitamin B guruhiga kiruvchi katta guruh, vitamin C va vitamin P lar kiradi. Vitamin B guruhiga: vitamin B, (tiamin), vitamin B2 (riboflavin), vitamin B6 (piridoksin), vitamin B,2 (siankobalarnin), vitamin PP (nikotinamid), pantoten kislota, biotin, fol kislotasi, xolin va boshqa ba’zi moddalar kiradi.
Yog‘da eriydigan vitaminlarga vitamin A, (retinol) bilan vitamin A: (degidroretinol), D guruh vitaminlariga (ergokalsiferol), vitamin E (tokoferol), vitamin K (filloxinon) lar kiradi.
Ko‘pchilik vitaminlar odam organizmida tez parchalanib ketadi va organizmda to‘planmaydi, shuning uchun ular odam organizmiga doim ovqat bilan kirib turishi kerak. Ayniqsa A, D, B,, B2, PP va C vitaminlar shular jumlasiga kiradi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling