Mavzu №1: ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi, O'quv fanlari tizimidagi o'rni
Download 29.68 Kb.
|
1 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- otagan asarlar va ularning mualliflari sanab otiladi.
- Fanning falsafiy masalalari
2. Metodologiya, metod va metodika tushunchalarining mohiyati.
Bunda bitta narsaga alohida e'tibor berish kerak: ilmiy tadqiqotlarda (hatto juda jiddiy falsafiy tadqiqotlarda) metodika, metod va metodologiya tushunchalari juda ko'p hollarda aralashtiriladi, biri o'rnida ikkinchisini qo'llab ketaverishadi. Rasmiy himoyaga chiqishdan oldin e'lon qilingan dissertatsiya avtoreferatlarida (OAK talablariga ko'ra) tadqiqotning metodologik asoslari sharhlab va asoslab berilishi lozim. Avtoreferatlarning juda ko’pchiligida metodologiya o'rnida tadqiq metodikasi va metodlari izohlanadi yoki dissertant uchun namuna vazifasini o'tagan asarlar va ularning mualliflari sanab o'tiladi. Bu shundan dalolat beradiki, avtoreferat muallifi metod va metodika, metodologiya tushunchalarini anglab yetgan emas. Demak, unda ongli ilmiylik, mustaqil fikrlash, ijodiylik yo'q. Ular o'z ilmiy tadqiqotlarini kimlargadir (kimlarningdir tadqiqotiga) ongsizona (ko'r-ko'rona) ergashish, payravlik, taqlidchilik asosida yaratgan. Ilmiy tadqiq metodikasi, metodlari va metodologiyasi orasidagi farqlarni o’qish, ularning o'zaro aloqadorligini anglash mustaqil ilmiy tadqiqot bo'sag'asi, ibtidosi, kirish eshigi sanalishi lozim. Shu o`rinda uch tushunchani farqlash lozim: a) ilmiy tadqiq metodikasi, b) ilmiy tadqiq metodologiyasi, v) ilmiy tadqiq metodlarini farqlash turadi. Bu kurs bakalavriat bosqichida tinglangan "Falsafa" va magistratura o'quv rejasidagi "Fanning falsafiy masalalari" o'quv fanlari bilan uzviy bog'liqdir. Bu bog’liqlik shu darajadaki, bu kursning ikkinchi tarkibiy qismi ("Ilmiy tadqiq metodologiyasi") "Falsafa"ning gnoseologiya (bilish nazariyasi) bo'limi bilan hatto aynandir. Shuning uchun "Falsafa" fanidan bakalavriat tizimida hosil qilinishi zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarsiz bu fanni mutlaqo o'zlashtirib bo’Imaydi; kursning ilk qadamlaridanoq biz falsafiy tushunchalar bilan to'qnashamiz. Jumladan, falsafadan falsafaning bosh masalasi, ong va borliq (materiva, substansiya), dialektika va uning muqobillari, dialektikanig uch asosiv qonuni va asosiv kategoriyalari (umumivlik-xusisivlik, mohivat-hodisa, imkonivat- voqelik, sabab-hodisa, son va sifat, butun-bo'lak, zamon va makon, moddiviik va xususiyat) kabi tayanch tushunchalarni bilmay murib bu o'quv fanini o’zlashtirishni ko`zlash bamisoli harflarni tanimagan holda murakkab bir asarni qo'lga olish va o'qishni istashday samarasizdir! "Falsafa" kursidan Sizga ma'lumki, ilm (yoki fan) ijtimoiy ongning bir turi bo' lib, olam, voqelik, uning tarkibiy qismlari orasidagi bog'lanishlar, yashash va taraqqiyot qonunlari haqidagi haqqoniy (obyektiv) bilim majmuasidir. Download 29.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling