Mavzu-1 Kimyoviy tехnologiya fani va uning muhim vazifalari


Download 308.5 Kb.
bet1/8
Sana11.10.2023
Hajmi308.5 Kb.
#1698547
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MAVZU Kimyoviy tехnologiya faniaga kirish.


MAVZU-1 Kimyoviy tехnologiya faniaga kirish.


REJA:
1. Kimyoviy texnologiya fanining maqsad va vazifalari.
2. Kimyo sanoatining ahamiyati
3. Kimyoviy texnologiyaning rivojiga xissa qo’shgan olimlar va muhim ixtirolar
4. O`zbekistonda kimyo sanoatining paydo bo`lishi, rivojlanish tarixi va istiqbollari.
5. Kimyoviy texnologiyaning istiqbollari. Respublika kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari



  1. Kimyoviy tехnologiya fanining maqsad va vazifalari

Texnologiya so‘zi grekcha “texnos” - kasb, hunar, mahorat ma’nolarini anglatadi, “logos”- so‘zi esa fan ma’nosini bildiradi
Texnologiyalarni metodik jixatdan ikki turga bo‘lish mumkin:
Moddiy maxsulot ishlab ishlab chiqarish texnologiyalari:
a) Kimyoviy texnologiya
b) Mexanik texnologiyalar (Mashinasozlik texnologiyasi va xokazo)
Aqliy maxsulot ishlab chiqarish texnologiyalari:
a) Axborot texnologiyalar
b) Programmalash texnologiyalari
Texnologiya - o‘z ichiga turli usullar, operatsiyalar, jarayonlarni ketma ketligi bo‘lib, ishlatiladigan vositalar, asboblar, uskunalar, materiallar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Texnologiya — keng ma’noda— iqtisodiy zaxiralar (xom ashyo va energiya manbalari) maxsulot va ishlab chiqarish vositalariga aylantirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar to‘plamidir.
Texnologiya — tor ma’noda— mahsulot ishlab chiqarish, materiallarga ishlov berish va qayta ishlash, tayyor maxsulotni yigish, sifatini nazorat qilish, boshqarish kabi jarayonlarda modda, energiya, axborotni qayta ishlash usulidir.
Kimyoviy texnologiya moddalar tarkibi, xossalari va tuzilishining o‘zgarishi bilan boradigan jarayonlarni, hamda bu jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uskunalarni o‘rganadi.
Zamonaviy kimyoviy texnologiya tabiiy va texnik fanlar bilimlari asosida turli moddalar, mahsulotlar, material va jismlarni sanoatda ishlab chiqarishdagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni, jarayonlarni amalga oshirishda foydalaniladigan mashina va uskunalarni, shuningdek ushbu jarayonlarni amalga oshirshni optimal yullarini va usullarini aniqlashni, ularni boshqarishni urganadi va yaratadi.

Download 308.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling