Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja
Download 122.15 Kb.
|
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al
A VA B PARATIFLAR. Epidemiologiyasi, patogenezi, mikroblarning tuzilishi va klinik kechishiga ko'ra bu kasalliklar ich terlamadan deyarli farq qilmaydi. Lekin ayrim o'ziga xos xususiyatlari mavjud. A paratifda inkubatsion davr qisqaroq (8-10 kun) bo'ladi. Ko'pincha to'satdan, tumov, yo'tal bilan boshlanadi. Yuz-ko'z qizargan, labda uchuq bo'lishi mumkin. Toshma erta toshadi. Boshqa salbiy kam kuzatiladi.
B paratifda ham inkubatsion davr qisqa bo'lib, ko'pincha to'satdan qaltirash, mushaklar og'rishi, terlash bilan boshlanadi. Ko'p hollarda qusish va ich ketishi ro'y beradi. Gavda harorati tez normallashadi. Teridagi toshmalar erta toshib, soni ko'proq bo'ladi.A va V paratiflarga bakteriologik yoki serologik tekshirish natijalariga qarab diagnoz qo'yiladi. Davolash va profilaktikasi ich terlamanikiga o'xshash. Ilova 2.Virusli gepatitning qo'zg'atuvchi viruslari bo'lib, ular tashqi muhitda ancha chidamli va 56° haroratda 30 daqiqa va undan ham ko'proq, vaqtgacha o'z kuchini yo'qotmaydi. Virusli gepatit A (infeksion gepatit) va zardobli gepatit B, klinik jihatdan bir-biriga o'xshaydi. Kasallikning tarqalish manbai bemor odam virus tashuvchi kishilar hisoblanadi. A gepatitning inkubatsion (yashirin) davri sariqlik oldi davrida dastlabki 10 kun va sariqlik paydo bo'lgan kundan boshlab uch hafta davomida atrofdagilar uchun yuqumli hisoblanadi. Klinika.Yuqumli gepatitning yashirin davri 15 kundan 50 kungacha, zardobli gepatitning yashirin davri 60-180 kungacha davom etadi. Virusli gepatitning kechishida to'rt davr farqlanadi: sariqlik oldi davri, 3-7 kungacha; sariqlik 10-15 kun, sog'ayishdan keyingi davri va tuzalish davri. Sariqlik oldi davri birlamchi va ikkilamchi bosqichdan iborat. Birlamchi bosqich - 2-3 kun davom etib bemorning darmonsizlik, bosh og'rig'i, taxikardiya, tana haroratining ko'tarilishi bezovta qiladi; ayrim hollarda bemorda kuchli qorin og'rig'i paydo bo'ladi. Bu davrning oxirgi kunlarida siydik to'yingan rangga kiradi, axlat esa rangsizlanadi. Laboratoriya tekshiruvida alanin transaminaza (Al At), asparagin transaminaza (As LT) va aldolaza faolligi oshishi va keyinchalik siydikda o't pigmentlarining paydo bo'lishi kuzatiladi. Sariqlik davri o'rtacha 10-15 kun davom etadi. Bemorda umumiy zaharlanish belgilari, hamda ko'z oq pardasining teri va shilliq pardalarning sariq rangga kirishi, jigar, taloqning kattalashuvi kuzatiladi. Qondagi bilirubin miqdori keskin ko'tariladi. Sarg'ayishdan keyingi davr 2-3 hafta davom etadi. Bu davrda bemor o'zini yaxshi his eta boshlaydi, kasallik belgilari tobora yo'qola boradi, pigmentlar almashuvi mo'tadillashadi, jigar va taloq kichrayib o'z holiga qaytadi. Rekonvalessentsiya davri bir necha haftadan bir necha oygacha cho'zilishi mumkin va bemorning butunlay sog'ayishi bilan tugaydi. Davolash. Bemor parhezga rioya qilishi, o'rinda bo'lishi, ko'p suyuqlik ichishi, albumin, glyukoza, gemodez qon tomiriga — venasiga tomchilab yuboriladi, A, C, B vitamin guruhlari, karsil, essentsiale tavsiya etiladi. Profilaktika. Virusli gepatitga chalingan bemor 3-4 hafta mobaynida yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotib davolanishi shart. Bemor aniqlangan xonadonda va muassasalarda dezinfeksiya ishlari o'tkaziladi. Bemor 6 oygacha shifokor nazoratida bo'ladi va jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridan 6 oygacha ozod qilinadi. Dizenteriya - organizmning umumiy intoksikatsiyasi va asosan, yo'g'on ichak pastki qismining jarohatlanishi bilan kechadigan kasallik. O'tkir va surunkali dizenteriya mavjud. Keyingi yillarda surunkali dizenteriya g'oyat kam uchramoqda. Dizenteriya mikroblari: Grigorev - Shiga, Fleksner, Zonne, Shmitts - Shtutser tayoqchalaridir. Rossiyada Zonne dizenteriyasi ko'p uchrasa, Markaziy Osiyo respublikalarida asosan, Fleksner mikroblari qo'zg'atadigan dizenteriya qayd qilinadi. Boshqa dizenteriya mikroblari qo'zg'atadigan kasallik kam uchraydi. Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai - bemor odam. Mikroblar bemor organizmidan najas bilan ajraladi. Ular sog'lom odam organizmiga zararlangan oziq-ovqat, suv va iflos qo'l vositasida tushadi. KlinikasL Kasallikning inkubatsion davri 2-5 kun. Dizenteriya har xil ko'rinishda - juda yengil, og'ir kasallik shaklida kechishi mumkin. Uning qanday kechishi mikroblarning va organizmning xususiyatlariga bog'liq. Kasallik to'satdan boshlanadi, avval, qisqa muddatli lohaslik, qorinda noxushlik seziladi, ishtaha yo'qoladi. Keyinroq qorinning pastki qismi burab og'riydi va ich keta boshlaydi. Najas awal bo'tqasimon bo'lsa, keyinroq suyuqlashadi, oz-ozdan tez ketadi. Kasallik yengil kechganda shu xarakterdagi najas kuniga 4-5 marta, o'rtacha og'ir kechganda 6-10 marta, og'ir kechganda hisobsiz ravishda ketadi. Og'irroq hollarda gavda harorati ko'tariladi, bosh og'riydi. Najas shilliq va qon aralash bo'ladi. Tez-tez hojat qistashi va bu vaqtda qorindagi og'riq zo'rayishi (tenezm) xarakterli. Bu holat tezda bemorning tinkasini quritadi. Bemorning qornini paypaslab ko'rilganda, chap yonbosh sohasida hamda chov yuqorisida og'riq seziladi. Zonne dizenteriyasi ayrim hollarda ovqat toksikoinfeksiyalariga o'xshab, qusish va suvdek ich ketishi bilan kechadi. Kasallikning og'ir kechishi kam kuzatiladi. Ko'pincha 3-5 kunda bemor ahvoli yaxshilanib, tuzala boshlaydi. Bemor ichi normal holga kelganida 3-4 kundan va qayta bakteriologik tekshirish manfiy natija bergandan keyin kasalxonadan chiqariladi. Diagnostikasi. Bemor najasi sterillangan bankaga yig'ilib, undan 3-5 ml miqdorda olib Tiga va Myuller muhitlariga ekiladi. Bunda dizenteriya mikroblarini topish mumkin. Najas umumiy analiz ham qilinadi. Bu analizda ko'plab shilimshiq, leykotsit va eritrotsitlar topilishi xarakterli. Serologik RPGA reaksiyasi ham qo'yiladi. Davolash. Bunda bemor kasalxonada davolanishda antibiotiklar (tetratsiklin, levomitsetin) kam qo'llanilmoqda. Furazolidon bilan davolash yaxshi natija beradi. U 0,1 dan kuniga 4 marta ichiladi. Davolash kursi 5 kun. Ayrim hollarda sulfanilamid preparatlar (ftalazol, sulgin) berish bilan cheklanish mumkin. Ular 5 kun davomida 1,0 dan kuniga 4 marta ichiladi. Qorindagi og'riqni kamaytirish uchun belladonna preparatlari, platifillin yoki no-shpa buyuriladi. B va C vitaminlar ham beriladi. Dorilardan tashqari, parhezga ham e'tibor beriladi. Oson hazm bo'ladigan, ichakka zo'r keladigan moddalardan xoli ovqatlar (Pevzner bo'yicha, 4-stol) buyuriladi. Profilaktikasu Dizenteriya profilaktikasida shaxsiy gigiyenaga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. U iflos qo'l kasalligi deb bejiz atalmagan. Ovqat oldidan va hojatdan so'ng har safar qo'lni sovunlab yuvish lozim. Xomligicha iste'mol qilinadigan sabzavot va mevalarai qaynatib, sovitilgan suv bilan obdan yuvgandan so'ng yeyish mumkin. Download 122.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling