Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja


Download 122.15 Kb.
bet29/70
Sana09.01.2022
Hajmi122.15 Kb.
#258933
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Bog'liq
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 1-2 kungacha. Qisqa muddatli lohaslik, et uvishishidan so'ng kasallik to'satdan gavda harorati ko'tarilishi, kuchli qaltirash bilan qizarib, soqqasi og'riydi, yorug'likka qaraganda ko'z yoshlanadi. Burun bitib qoladi, tomoq qurib og'riydi. Quruq yo'tal kuzatiladi. Qo'1-oyoq mushaklari qaqshab og'riydi. Ba'zan ko'ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Ko'pincha lab va burun atrofiga uchuq toshadi. Odatda, gavda harorati 3-5 kundan keyin tushadi. Gripp asoratlari qolganda isitma uzoq saqlanadi. O'pka shamollashi eng ko'p uchraydigan asorat hisoblanadi.

Diagnostikasi. Bu maqsadda kasallikning dastlabki kunlarida virusologik tekshirish uchun burun va tomoqdan mazok olinadi. Serologik tekshirish uchun 8-10 kun oralatib, 2 marta qon olib tekshiriladi.

Davolash. Faqat gripp og'ir kechgan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. Isitmasi ko'tarilgan davrda bemor o'rin-ko'rpa qilib yotishi kerak. Maxsus davolash maqsadida grippga qarshi gamma­globulin ishlatiladi (3-6 ml). Kasallikning dastlabki kunlarida burunga quritilgan gripp zardobi yoki interferon tomiziladi. Remantadin va oksolin kabi preparatlar virusga ta'sir ko'rsatadi. Isitma tushiruvchi, og'riq va yo'talni qoldiruvchi dorilar ham qo'llanadi. Tez-tez choy, sut, meva sharbatlari, mineral suv ichish tavsiya etiladi.



Profilaktikasi. Maxsus profilaktika maqsadida burunga gripp vaksinasi purkaladi. Gripp epidemiyasidan 3-4 oy oldin burunga ommaviy ravishda vaksina purkaladi. Epidemiya vaqtida oksolin mazi, interferondan foydalanish mumkin. Uyda qolgan bemorga alohida xona yoki burchak ajratish lozim. Uy havosi tez-tez yangilab turilishi kerak. Bemor foydalangan idish-tovoq qaynatiladi. Bemorni parvarish qiluvchi dokadan niqob tutib, uni har 5-6 soatda almashtirib turishi kerak.

Ornitoz - organizmning umumiy intoksikatsiyasi va o'pkaning xos jarohatlanishi bilan kechadigan o'tkir yuqumli kasallik. Bu kasallikni viruslar qo'zg'atadi. Ular muzlatishga chidamli. dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 24-72 soatda nobud bo'ladi.



Epidemiologiyasi Infeksiyaning tabiiy makoni yowoyi va uy parrandalaridir. Odamga kasallik yuqishida uy parrandalari va kaptarlarning roli katta. Virus kasal parranda go'ngi va burnidan ajraladigan suyuqlik bilan chiqadi. Odamga virus havo-tomchi, havo-chang va kontakt yoii bilan yuqadi. Kasallik bahor va kuz oylarida ko'proq uchraydi.

KlinikasL Kasallikning inkubatsion davri o'rta hisobda 6-14 kun. Kasallik to'satdan gavda harorati ko'tarilishi bilan boshlanadi. Bosh og'rishi, qaltirash, kuchli terlash kuzatiladi. Bemorning uyqusi buziladi, ko'ngil aynish, qusish, quruq yo'tal kuzatiladi. Teri oqaradi, ba'zan toshmalar paydo bo'ladi. Pnevmoniyaning rivojlanishi ornitoz uchun xarakterli. Shunga mutanosib ravishda o'pkada xirillash eshitiladi. Odatda, isitma 1-2 hafta davom etadi, yengil kechganida 7-8 kunda normaga tushadi. Og'irroq hollarda alahsirash, gallyutsinatsiya kuzatiladi. Rengenologik tekshirganda o'pkada pnevmoniyaga xos o'zgarishlar topiladi.

Diagnostikasi. Bemor qoni, balg'am, tomoqdan mazok olib virusologik tekshiriladi. Kasallikning dastlabki kunlari va 2,3,4-haftalari qon olib, komplementni bog'lash reaksiyasi ham qo'yiladi. Shuningdek, allergik-teri sinovidan ham foydalaniladi.

Davolash.Bemor kasalxonaga yotqiziladi. Davolash majmuaviy ravishda tashkil qilinadi. Antibiotiklar, ayniqsa, tetratsiklin va terramitsin ancha yaxshi natija beradi. Ular bilan davolash 10-12 kun davom etadi. Ba'zan gormonal preparatlar (prednizolon) ishlatiladi. Kislorod berib turiladi, yurak-tomirlar faoliyatini yaxshilovchi dorilar beriladi.



Profilaktikasi. Parranda orasida ornitoz ro'y berganda karantin joriy etiladi. Parrandachilik xo'jaliklarida vetenariya-sanitariya qoidalariga amal qilish shart. Aholi o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish kerak.

Talabalarga barcha bolalar yuqumli kasalliklarini klinik alomatlarini, etiologiyasini, profilaktik hususiyatlarini urgatish katta ahamiyatga ega. Chunki bu mavzuning mohiyati, barcha organizmdagi o`zgarishlar, davolash qobiliyati va boshqa asoratlarini oldini olishda bolalarning sog`lig`i uchun ahamiyati juda katta.




Download 122.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling