Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja


Download 122.15 Kb.
bet19/70
Sana09.01.2022
Hajmi122.15 Kb.
#258933
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
Bog'liq
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

BRONXIAL ASTMA.Bu bronxlar kovagining torayib qolishi natijasida to'satdan paydo bo'ladigan surunkali eozinofilli bronx tizimining yallig'lanish kasalligi. Bo'g'ilib qolish va nafas chiqishining qiyiinlashuvi bilan belgilanadi. So'nggi yillarda allergik kasalliklar bilan xastalangan kishilar soni ko'payib bormoqda. Bronxial astma — surunkali, mustaqil, allergik kasallik bo'lib, kasallik asosida bronxlar reaktivligining immunologik yoki noimmunologik o'zgarishi yotadi. Kasallikning asosiy klinik belgisi bronxlar shilliq qavatining shishishi, shilliq ishlab chiqarishning kuchayishi va bronxospazm tufayli nafas qisishi hisoblanadi.

Astma so'zi yunonchada bo'g'ilish, hansirash degan ma'noni bildiradi.



Belgilari Bronxial astma xuruji ko'pincha to'satdan boshlanadi. Ba'zan xurujdan ko'krak qisilib, umumiy darmonsizlik seziladi. Kasallik xuruj qilganda bemor nafas olishni yengillashtirish maqsadida o'tiradi va karavot qirrasi yoki biron-bir qattiq narsaga tayanib, mahkam ushlab oladi. Ko'pincha o'tirgan joyidan sakrab turib, deraza oldiga yuguradi. Nafas chiqarish qiyinlashgani uchun bemor rangi o'chib, ko'zlarida qo'rquv alomati ko'rinadi, halloslashi kuchaygani sayin yuzi ko'karadi. Kasallik xuruji vaqtida gavda harorati o'zgarmaydi. Ba'zan qisqa vaqt isitma ko'tarilishi mumkin. Xuruj davri yarim soatdan 2-3 soatgacha davom etsa (bir necha kun, hatto haftagacha) cho'zilib ketishi mumkin.

Davolash va profilaktika. Kasallik xurujlari oralaridagi davrda davo keyingi xurujning oldini olishga qaratiladi. Xuruj qilganda hamshira shifokor kelguncha bemor ahvolini yaxshilash choralarini ko'rishi, kiyimboshni yechishi, xona havosini yangilab turishi, bemorni tinchlantirishi lozim. Kasallik xuruj qilganda turli bemorlarga turlicha davo choralari ko'riladi. Aksariyat hollarda teri ostiga adrenalin (0,1% li eritmasidan 0,3-0,7 ml) yuborish yaxshi natija beradi.

PLEVR1T.Bu plevra pardasining yallig'lanishidir. Belgilariga qarab, quruq va ekssudatli bo'ladi.



Etiologiyasi vapatogenezi. Aksariyat plevrit o'pka sili, zotiljam, revmatizm, shikastlanish, shuningdek, o'pkaning gemorragik infarkti, uremiya oqibatida paydo bo'ladi.

Quruqplevrit. Belgilari: kasallik to'satdan boshlanadi. Biqin sanchib og'riydi; yo'talganda va qimirlaganda og'riq zo'rayadi. Shu boisdan bemor kasal tomoniga yonboshlab yotishga majbur bo'ladi. Uning tinkasi quriydi, o'zini noxush sezadi, ishtahasi yo'qoladi, kechalari ko'p terlaydi. O'pka auskultatsiya qilinganda plevrada ishqalanish shovqini (qor g'ichirlashi kabi shovqin) eshitiladi. Bemor chuqur nafas olganda bu shovqinni bemalol sezadi. Bemor obyektiv tekshirilganda kasallangan tomonning nafas olishdan ortda qolganligi kuzatiladi. Plevritda ko'pincha ko'krak qafasi og'nb, yelka va qo'ltiqqa, ba'zan qoringa tarqaladi. O'pkadagi og'riqdan tashqari, bemorni quruq yo'tal bezovta qiladi. Tana harorati ko'pincha subfebril, ba'zan yuqori (38-39°) bo'ladi. Isitma yurak faoliyatining tezlashuvi va ko'p terlashi bilan birga kuzatiladi.



Davolash.Bemor, tana harorati tushguncha o'rinda yotishi zarur. Ko'krak qafasining og'riq paydo bo'lgan tomoniga gorchichnik, isituvchi kompress qo'yiladi. Og'riqni qoldirish va yo'talni pasaytirish maqsadida kodein yoki dionin beriladi. Salitsilatlar, butadion va piramidon buyuriladi.Shuni unutmaslik kerakki, quruq plevrit ko'pincha o'pka siliga aylanishi mumkin. Shunga ko'ra,bunday bemorlar dispanser nazoratida bo'ladi va streptomitsin,PASK bilan davolanadi.

Download 122.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling