Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja


Download 122.15 Kb.
bet27/70
Sana09.01.2022
Hajmi122.15 Kb.
#258933
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

BOTULIZM.Botulizm tayoqchasi toksini keltirib chiqaradigan va markaziy nerv tizimining og'ir jarohatlanishi bilan kechadigan kasallik botulizm deyiladi. Bu bakteriyaning toksini juda kuchli zaharli modda hisoblanadi. Uni chiqaradigan mikrob anayerob, ya'ni havo kirmaydigan muhitda ko'payadi va zahar ishlab chiqaradi. Bunday muhit kolbasada va turli sabzavot, qo'ziqorinlarni konservalaganda hosil bo'ladi. Agar ularni tayyorlash jarayonida botulin tayoqchasi tushib qolsa, bu mahsulotlar kasallanishiga sabab boiadi. Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari, ayniqsa, xavotirli.

Klinikasi.Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etadi. Kasallik ko'ngil aynishi, bosh og'rishi va aylanishi bilan boshlanadi. Kasallikning asosiy belgilari toksinning markaziy nerv tizimiga ta'siri bilan bog'liq. Bunda dastlab bemorning tomog'iga bir narsa qadalayotgandek bo'ladi, so'ng yutish qiyinlashadi. Ichilgan suv burun orqali qaytib tushadi. Ovoz pasayadi, ba'zan chiqmay qoladi (afoniya). Ko'z qovoqlari osilib tushadi (ptoz). Bemor narsalarni xira ko'radi. Ko'pincha ko'zi g'ilaylashadi. Shu boisdan bittanarsaikkita bo'lib ko'rinadi (diplopiya). Ko'zqorachig'i har xil kattalikda bo'ladi (anizokoriya). Kasallik ko'pincha og'ir kechadi. O'lim hollari ham uchrab turadi.

Diagnoz qo'yish maqsadida oshqozon yuvilgan suv (qusuq massasi), bilakdan olingan 4-5 ml qon laboratoriyaga yuboriladi.

Davolash. Bu kasallikda imkoniyat boricha tezda birinchi yordam ko'rsatish kerak. Bu maqsadda oshqozon 5% li ichimlik soda eritmasi yoki margansovka eritmasi (ular bo'lmaganida iliq suv) bilan yaxshilab yuviladi va tozalash klizmasi qilinadi. Bakteriologik tekshirishga material olib bo'lingandan so'ng polivalent botulizmga qarshi zardob yuboriladi. U bemor ahvoliga qarab, 25000-100000 TB dozada awal vena tomiriga, keyinchalik mushaklar orasiga yuboriladi.

ProfilaktikasLKolbasa tayyorlashda, baliq dudlashda va konserva tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim.



Download 122.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling