Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja


Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar


Download 122.15 Kb.
bet36/70
Sana09.01.2022
Hajmi122.15 Kb.
#258933
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar:

1. Medisina hanishiralari o’quvqo'llanmasi. Ramazanova R. A. tahriri ostida Toshkent "O’qituvchi" 1985 yil

2. Grajdan mudofasi P.G- Yakubovskiyning umumiy tahriri ostida. Toshkent "O’qituvchi" 1992 yil.

3. O’qituvchilarning medisina sanitariya tayyorligi. V.N. Zavyalov, M.I. Gogolev, V.S. Mordvinov, B.A. Gaiko, V.A. Shkuratov, V. I. Ushakova. Toshkent "O’qituvchi" 1991 yil.

4.ZIYONET internet tarmoqlari.

Mavzu:13

Qon ketish va uning turlari , qon ketishni to’htatish usullar
Reja:

1.Qon ketish turlari .

2.Arterial qon ketish belgilari .

3.Venoz. qon ketish belgilari .

4.Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

QON OQISH TURLARI VA BELGILARI.Qonning oqishi shikastlangan qon tomirlarining turiga qarab arterial, venoz, kapillyar qon oqishi va parenximatoz organlardan qon oqishiga bo'linadi. Shikastlangan tomirlardan chiqqan qonning tashqi muhitga yoki tananing biror bo'shlig'iga oqishiga qarab tashqi qon oqishi va ichki qon oqishi tafovut qilinadi. Birlamchi qon oqishidan tashqari, ikkilamchi qon oqishi ham hayotda uchrab turadi.Ikkilamchi qon oqishiga bog'lab qo'yilgan iplarning yechilib ketishi, qon tomirlaridagi tromblarning chiqib ketishi yoki yiringlab irishi sabab bo'ladi.

Arterial qon oqishi.Shikastlangan arteriyalardan qon oqishi juda xavfli hisoblanadi. Qon odatda, juda tez va kuchli otilib chiqadi. Bunday sharoitda tezlik bilan yordam berilmasa, bir necha daqiqa ichida bemor o'lib qolishi mumkin.Arteriyadan qon oqayotganini quyidagi belgilardan bilish mumkin.Oqayotgan qon uzilib-uzilib ingichka bo'lib oqadi, rangi och-qizil bo'lib (kislorodga boy), yaraning markaziy qismidan otilib chiqadi.

Arterial qon ketishning o'z-o'zidan to'xtab qolishi kamdan-kam holda bo'lganligi uchun bemorni qisqa vaqt ichida kamqonlikka mubtalo qiladi yoki hayotini xavf ostiga qo'yadi.

Venoz qon oqishi.Venalarda qon bosimi arteriyalardagiga nisbatan past bo'lganidan, u shikastlanganda qon otilib chiqmasdan, bir maromda uzluksiz ravishda yaraning yon qismidan oqib turadi, qoramtir rangga ega bo'ladi.Mayda vena qon tomirlari shikastlangan bo'lsa, qonning ivishi natijasida qon tomiri uchlarida tromb hosil bo'lib, oqayotgan qon o'z-o'zidan to'xtashi mumkin. Katta venalar, xususan, bo'yin venalari shikastlanganda u yerga havo kirib, havo emboliyasi hosil bo'lishi va bemor o'lishi mumkin.

Kapillyarlardan qon oqishi.Bu qon oqishi juda mayda qon tomirlari (kapillyarlar) shikastlanganda sodir bo'ladi. Bunda qon yaraning barcha sathidan sizib chiqadi, qonning rangi arteriya va venadan oqadigan qon rangi o'rtasida bo'ladi. Odatda, kapillyar qon oqishi ko'p o'tmay o'z-o'zidan to'xtab qoladi.

Parenximatoz qon oqishi.Ichki parenximatoz organlar (jigar, taloq, o'pka, buyrak) shikastlanganda undagi qon tomirlaridan juda ko'p qon oqadi.Bu organlar qon tomirlariga boy bo'lganidan qon oqishi juda uzoq davom etadi.Qonni o'z-o'zidan deyarli to'xtatib bo'lmaydi, uni operatsiya yo'li bilan to'xtatish mumkin, xolos.

Tashqi qon oqishida qon teridagi jarohat orqali tashqariga oqib chiqadi.Ichki qon oqishi ancha xavfli hisoblanadi, chunki bo'shliqlarga oqayotgan qon uzoq vaqtgacha bilinmay qoladi.Qon oqishining xavfi shundaki, organizmda qon miqdorining kamayishi yurak faoliyatini yomonlashtiradi, hayotiy muhim organlar miya, buyrak, jigarning kislorod bilan ta'minlanishi buziladi.Ko'p qon yo'qotish natijasida, qon aylanishining keskin buzilishi, og'ir kislorod tanqisligi vujudga kelishi sababli o'tkir kamqonlik rivojlanadi. Tashqi va ichki qon ketishdan tashqari faqatgina laboratoriya usullari bilan aniqlanadigan yashirin qon ketish ham mavjud. Yashirin qon ketish xastalikning aniq belgilarini bermasdan, surunkali asoratlar vujudga keltiradi: bu holda kamqonlik belgilari namoyon bo'ladi. Masalan, me'da yoki ichak yaralaridan yashirin qon ketadi.

O'tkir kamqonlik belgilari o'ziga xosdir. Bemorning tinka madori qurib, quvvati ketayotganidan, quloqlari shang'illab, ko'z oldi qorong'ilashayotganidan, boshi aylanishidan, tashnalikdan va ko'ngli behuzur bo'lib qayt qilishidan shikoyat qiladi. Teri va shilliq pardalarning rangi o'chadi, yonoq suyaklari turtib chiqadi, qo'l-oyoqlar muzdek bo'ladi va yopishqoq sovuq ter bosadi. Bemorning tomiri sust uradi, to'liq urmaydi, sekin uradi, uni sanash qiyin bo'ladi, harorat tushib ketadi: bemor esnaydi, nafasi tezlashadi, qon bosimi pasayib ketadi. Qon oqishi tezda to'xtatilmasa, bemor o'ladi.

O'tkir kamqonlik belgilari paydo bo'lishi bilanoq tezda yordam berish uchun chora-tadbir ko'rish kerak.Avvalo qon oqishini to'xtatish zarur. So'ngra qon va qon o'rnini bosadigan suyuqliklar venaga yuboriladi: yurak ishini va nafasni yaxshilash maqsadida dorilar ineksiya qilinadi. Bemorga issiq choy, kofe va boshqa suyuqliklar ko'p ichiriladi. Bunday hollarda bemorning qo'l va oyoqlarini yuqori ko'tarib, boshini tushirib yotqizib qo'yish ham yaxshi natija beradi.

Qon oqishi vaqtincha to'xtatilgach bemorni tezlik bilan xirurgiya bo'limiga yuborish zarur. Qon oqishi to'xtatilgach, darhol arterial bosimni oshiradigan, yurak faoliyatini qo'zg'aydigan va yo'qolgan qon o'rnini to'ldiradigan choralar ko'rish zarur. Yaradomi isitish, ko'p suyuqlik berish, terisi ostiga kamforadan 2-3 ml, 10% li kofein eritmasidan 1 ml yuborish, qon quyish, fiziologik eritma yoki 5% li glyukoza eritmasini venaga yoki teri ostiga yuborish zarur.

Och qolgan, quwatsizlanib qolgan, charchagan bemorlarda, nerv-psixik shikast olgan va shok holatida qon yo'qotish og'irroq bo'ladi. Bunday hollarda ozgina (jami qonning 15-20% gacha) qon yo'qotish ham o'limga sabab bo'ladi. Qon yo'qotgan odamda kislorod yetishmasligi (gipoksiya) og'ir darajada bo'lib, nafas olish markazining falaj bo'lishi va yurak urishining to'xtashi sababli bemor o'ladi.

QON OQISHINI TO'XTATISH.Qon oqishining o'z-o'zidan to'xtashi.Kapillyarlar, mayda venalar yoki mayda arteriyalarda qon oqishi ko'pincha o'z-o'zidan to'xtab qoladi, chunki bunda opganizmning bir qancha himoya mexanizmlari ta'sir ko'rsatadi.Zararlangan tomirlarning devori qisqaradi (reflektor spazm), ularda qon harakati kamayadi, oqqan qon ivib, tomir teshigi laxta (tromb) bilan berkiladi.

Bemorning qoni ivimasa yoki qonning ivish xossasi susaygan bo'lsa, qon oqishi o'z-o'zidan to'xtamaydi.

Tashqi qon oqishida birinchi yordam ko'rsatish uchun awalo qon oqishini tezda to'xtatish kerak. Qon oqishi ikki xil: vaqtincha va butunlay to'xtatiladi. Birinchi yordam berish sharoitida qon oqishini shikastlangan odamni davolash muassasasiga olib borguncha vaqtincha to'xtatish mumkin.Davolash muassasasida xirurg qon oqishini butunlay to'xtatish chorasini ko'radi. Qon oqishini vaqtincha to'xtatishda quyidagi usullar qo'llaniladi:


  1. Tananing qon oqayotgan qismini gavdaga nisbatan yuqori ko'tarib qo'yish. Bu usul qo'1-oyoq venalaridan ozgina qon oqayotganda uni kamaytirishga va hatto to'xtatishga imkon beradi. Qonayotgan jarohat bosib bog'langandan keyingina qo'l yoki oyoqni ko'tarib qo'yish kerak.

  2. Shikastlangan joyni bosib turadigan bogiamda bosib turish. Yumshoq to'qimalardan qon ketayotganda (kalla, boldirning oldingiyuzasi, tizza, tirsak bo'g'imlari terisi jarohatlanganda) bosib bog'lash, ayniqsa, foydali. Jarohat chetlariga yod nastoykasi surtilgandan keyin bir necha qavat sterillangan doka yopib, ustidan qalin paxta qo'yiladi-da, zichlab bint o'raladi.

3. Arteriyaning yuqorirog'idan barmoq bilan bosib turish. Arteriya yuzada yoki suyak yaqinida bo'lsa, shu suyakka qarab bosish mumkin. Arteriya barmoq bilan to'g'ri bosilsa, teshigi yetarlicha to'la bekiladi. Ko'pincha jgutni boshqatdan solishda shu usul tatbiq etiladi. Arteriyani barmoq bilan yuqorirog'idan bosib turish qo'l-oyoqlardagi, bo'yin va boshdagi arteriyalardan oqayotgan qonni vaqtincha to'xtatishda eng qulay bo'lgan birdan-bir usuldir (40-rasm). Yelka arteriyasini yelkaning yuqoridagi uchidan bir qismida qo'ltiq chegarasidan bosish yaxshi natija beradi.Barmoqlar yelkaning ichki etagiga qo'yilib, arteriya yelka suyagiga bosiladi.Son arteriyasi chov burmasi o'rtasining naq pastidan bosib turiladi.Bu arteriyani mushtum bilan bosib turish ma'qui.Umumiy uyqu arteriyasini qo'l bilan bosib turish mumkin.Bu arteriya oltinchi bo'yin umurtqasining uyqu do'mbog'iga bosib turiladi, barmoqlar to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon o'siq mushagining o'rtasiga qo'yiladi.

4. Qo'l yoki oyoqdan qon oqayotgan bo'lsa, bo'g'imni iloji boricha bukib turib, qon oqishini to'xtatish kerak. Qo'ltiq yoki o'mrov osti arteriyasidan qon oqishini to'xtatish uchun qo'lni orqaga maksimal darajada qayirib, orqaga taqab bog'lash mumkin.Bunday vaziyatda o'mrov osti arteriyasi o'mrov suyagi bilan birinchi qovurg'a oralig'ida qisiladi.Bilak va qo'l panjasidan qon oqqanda tirsakb o'g'imini mumkin qadar bukib boylab qo'yish mumkin. Oyoq panjasi va boldirdan qon oqqanda oyoq tizza bo'g'imidan maksimal darajada bukib bog'lab qo'yiladi.



5. Shikastlangan qismiga burov (jgut) solish. Umuman qon oqayotgan arteriyalarni qo'l bilan bosib turish yaxshi foyda beradi, lekin uzoq vaqt bosib turganda qo'l charchab qoladi. Shuning uchun oyoq-qo'l arteriyalaridan oqayotgan qonni jgut yordamida to'xtatish usuli keng qo'llaniladi va u qulay hisoblanadi. Bu usul rezina naychalar, rezina bint yoki matodan tayyorlangan burov bilan qon oqayotgan joyning yuqorisidan bog'lashga asoslangan. Urush maydonlarida jgut sifatida kamar, ro'molcha, ko'ylak, sochiq va boshqalardan foydalanish mumkin.Sim, tizimcha, arqon, kanop va shunga o'xshashlardan jgut sifatida foydalanish mutlaqo mumkin emas.Jgut bog'lash usuli.Qo'l yoki oyoqning yirik arteriyasi shikastlanganda qon oqishini to'xtatish uohun eng ishonchli vosita jgut bog'lashdir. Esmarxning elastik jguti va NllSIning mato jguti ko'p ishlatiladi. Esmarx jguti barmoq yo'g'onligidagi rezina naycha bo'lib, uzunligi 1,5 m, bir uchida zanjirlari, ikkinchi uchida esa ilmog'i bor. NIISI jguti uzunligi 1 m, eni 3 sm keladigan mato tasma, burov. Jgut solish uchun qo'l yoki oyoqning jarohatdan yuqoriroqdagi va mumkin qadar jarohatga yaqinroq joy tanlanadi, qo'l yoki oyoqning qon ta'minotidan mahrum qilingan qismi mumkin qadar kichikroq bo'lishi kerak.Bilak va boldirga jgut bog'lashda yumshoq to'qimalar yelka bilan songa jgut solishdagiga nisbatan kamroq zararlanadi. Lekin son va yelkaga jgut bog'lash texnika jihatdan oddiy va ishonchli, chunki boldir va bilak konussimon shaklda bo'lgani uchun jgut, ayniqsa, bemor transportda tashilgan vaqtda, sirg'anib chiqib ketishi mumkin.Yelkaning o'rtasidagi uchdan bir qismiga (bu yerda suyak ustida yotgan bilak nervi osongina zararlanadi), shuningdek, sonning pastdagi uchdan bir qismiga (bu yerda to'qimalar shikastlanmasdan turib son arteriyasini ko'rib bo'lmaydi) jgut bog'lash tavsiya etilmaydi.Jgut bog'lashdan oldin teri qisilib qolmasligi uchun jgut bog'lanadigan sohaga sochiq, yaradorning kiyimini yoki bint bog'lovi yopiladi. Shikastlangan qo'l yoki oyoqni bir oz ko'tarib turib, jgut qattiq tortiladi va shu holatda qo'l yoki oyoqqa bir necha marta o'raladi. Jgut terini siqmasligi lozim.Uning uchi zanjircha yoki ilmoq bilan mahkamlanadi. U to'g'ri qo'yilganda arteriyadan qon oqishi tez to'xtaydi, qo'l yoki oyoq qonsizlanib oqarib ketadi, jgut bog'langan joy tagidagi tomirlarda puis yo'qoladi Jgut bog'lashda aksari quyidagi xatolarga yo'l qo'yiladi: jgut qattiq siqilganda yumshoq to'qimalar ezilib qoladi, nervlarning ezilishi natijasida qo'l yoki oyoq falajlanishi mumkin. Jgut bo'sh bog'lansa, qon oqishi to'xtamaydi, aksincha, venada dimlanib qoladi va venoz qon oqishi kuchayadi. Bulardan tashqari, jgutni bilib-bilmay bog'lash, ya'ni shikastlangan joydan uzoqqa bog'lash, yalang'och badanga bog'lash, jgut uchlarini yaxshi mahkamlamaslikdan ehtiyot bo'lish kerak. Jgutni qo'l va oyoqqa ko'pi bilan 1,5-2 soat bog'lab qo'yish mumkin. Bemor uzoq joyga olib boriladigan bo'lsa, har ikki soatdajgutbirnechadaqiqa (10-15) qo'yiladi (bunda arteriya barmoq bilan bosib turiladi), keyin avval bog'langan joydan bir oz yuqoriroqqa yoki pastroqqa bog'lanadi. Jgut bog'langan vaqtni qog'ozga, yaxshisi gunafsha (kimyoviy) qalam bilan bemorning terisiga yozib qo'yish kerak, jgut bog'langan bemor tezlik bilan davolash muassasasiga yuboriladi va u yerda qon oqishini butunlay to'xtatish uchun chora-tadbirlar ko'riladi.Qon oqishini tibbiyot muassasalarida shifokor to'xtatadi. Bu bir necha usullar bilan olib boriladi:

1. Qon oqishini to'xatishning fizik usullari. Bunda mayda qon tomirlaridan oqayotgan qonni to'xtatish uchun sovuq (muzxalta) qo'llaniladi. Bu usuldan teri ostiga qon quyilishi operatsiyasidan so'ng qon oqishini kamaytirish va og'riqni qoldirish maqsadida keng foydalaniladi.

Past haroratdan qonni to'xtatish uchun foydalanish qadimdan ma'lum, ko'pincha rezina idishga sovuq suv, qor yoki muz to'latib shikastlangan joyga qo'yiladi.Past harorat tomirlar devorini toraytiradi, tromb hosil qilishni tezlashtiradi, shuning uchun qon to'xtatishda ijobiy rol o'ynaydi. Yuqori harorat esa qon oqsilini koagulatsiya qiladi va qon ivishini tezlatadi. Ilgari qon ketishini to'xtatish uchun qizdirilgan metall bilan kuydirish keng tarqalgan hatto maxsus apparatlar (Pakelen termokauteri) taklif qilingan.Hozirgi vaqtda qon ketishini to'xtatish uchun xirurgik diatermiya (elektr pichoq yoki pinset) qo'llaniladi.Bu holda elektr pichoq tekkan to'qimada tok o'tishi nuqtasida issiqlik paydo bo'ladi, tomirlardagi oqsil koagulatsiyaga uchraydi, qotadi. Bu usul sterilligi va tez bajarilishi bilan boshqa qon to'xtatish usullaridan farq qiladi, kichik va o'rta kalibrdagi tomirlardan qon ketishini to'xtatish imkonini beradi. Ammo elektr pichoq to'qimalarni nekrozga uchratishi mumkin, unda yaraning tezroq bitishi uchun harorati 60-70° bo'lgan suv yoki issiq suvga botirilgan tamponlardan foydalanish mumkin (masalan, me'dadan, oshqozondan, qovuqdan qon oqqanda).Hozirgi vaqtda sovuqni ma'lum haroratda rejalab beradigan krioapparatlar mavjud.Ular parenximatoz, kapillyar qon ketganda keng qo'llaniladi.Qon ketishini batamom to'xtatishda hozir lazerlar keng qo'llanilmoqda.


  1. Qon to'xtatishning kimyoviy usullari. Bunda mahalliy ta'sir qiluvchi qon to'xtatadigan vositalardan 3% li vodorod peroksidga

yoki adrenalinning 1:1000 eritmasiga botirilgan yoki ho'llangan tamponlar qo'llaniladi. Ular qonning ivishiga va qon tomirlarining torayishiga sabab bo'ladi. Ichki qon oqishini to'xtatish uchun adrenalinning 1:1000 eritmasi, qon tomirlarini qisqartirish usuli va osh tuzining 10% li eritmasi yoki vikasol qo'llaniladi, Vikasol tabletkalari 0,15 dan, kuniga 3-4 marta ichiladi. Burun qonaganda tamponni 10-12% li antipirin eritmasiga ho'llab qo'yiladi.

Qon to'xtatuvchi vositalarni mahalliy ta'sir etuvchi va umumiy ta'sir etuvchi vositalarga ajratish mumkin. Kapillyarlardan (parenximatoz organlardan) qon oqqanda tatbiq etiladigan va mahalliy ta'sir ko'rsatadigan vositalardan trombin, gemostatik gubka (qondan tayyorlangan preparatlar) ko'proq samara beradi. Trombin ampulalarda quruq holda chiqariladi. Trombinni ishlatishdan oldin fiziologik eritma tayyorlanadi va tampon ho'llab qonayotgan yuzaga bosiladi. Gemostatik gubka qipiq g'ovak massadan iborat.Uning parchalari qonayotgan yuzaga bosiladi, kukuni sepiladi.Gubka qonni yaxshi shimib, fibrin pardaga aylanadi.

3. Biologik usullar. Ichki va parenximatoz qon oqishda birinchi yordam sifatida teri ostiga yoki mushaklar orasiga 20-45 ml dan ot zardobi yuboriladi. Qonning ivish xossasini oshirishmaqsadida 50-100 ml qon yoki plazma quyish eng yaxshi chora hisoblanadi.

Parenximatoz a'zolardan qon oqayotganda katta charvini uchini tortib tiklasa bo'ladi.Yosh bolalarda qon oqishini to'xtatish xuddi kattalarniki kabi, lekin bolaning badani yumshoq va to'qimalari nozik bo'lganligidan juda qattiq siqib bog'lash, jgutni uzoq muddatga qo'yish man etiladi.



Download 122.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling