Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja


Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar


Download 122.15 Kb.
bet33/70
Sana09.01.2022
Hajmi122.15 Kb.
#258933
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
Bog'liq
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar:

1.Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayorlash.

Ramazanova Tashkent 2006.

2.Salomatlik entsiklopediyasi .Toshkent 1998.

3.Ziyonet.uz enternet tarmoqlari.
Mavzu: 11

Aseptika va antiseptika turlari. Antiseptik vositalar.

REJA:


1. Strelizatsiya turlari.

2. Antiseptika haqida tushuncha.

3 . Operatsion blok.

O`quv mashg`ulotining maqsadi:

Talabalarga aseptika haqida tushuncha berish .Antiseptika haqida tushunchalarni tushintirib berish.Aseptika va antiseptika turlarinihaqida aytibberish

Jarroh qullarini zararsizlantirish tug`risida ma`lumot berish

Илова 2. Мавзу бўйича асосий тушунчалар, мустақил ишлаш учун адабиётлар рўйхати

Antiseptika deganda esa jarohat sohasida va organizmdagi mikroblarni yo'qotish yoki miqdorinikamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.

Antiseptika turlari

Antiseptikaning fizik, mexanik, ximiyaviy, biologik turlari farqlanadi.

Fizik antiseptika. Jarohatlarni kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya'ni qurutuvchi steril tamponlar, qizdiruvchi lampalar, fen apparatlari ishlatish, jarohat suyuqligini tez shimib oluvchibog’ichlar, tamponlar,drenajlar va oq gigroskopik doka fizik antiseptikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Mexanik antiseptika. Hamma yaralar bakteriya bilan zararlangan hisoblanadi, shuning uchun hamasosiy vazifa ularni birlamchi xirurgik yo'l bilan tezroq tozalashdan iborat. Bu esa mexanikusullar yordamida amalga oshiriladi: yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni kesib tashlash, yaralar atrofini tekislash va kerak bo'lganda ularni tikish bilan erishiladi.

ASEPTIKA.Bu fizik omillar, kimyoviy preparatlar, biologik usullari qo'llash bo'yicha o'tkaziladigan tashkiliy ishlar tufayli, operasiya yarasiga mikroblar tushishini oldini olish demakdir.

Aseptikaning asosiy qonuni quyidagicha sharxlanadi: yaraga tegadigan har bir narsa bakteriyalardan holi bo'lishi, ya'ni sterillangan bo'lishi kerak. Yaraga mikroblar ikki xil yo’l bilan tushadi: ekzogen va endogen.

Mikroblar va ularning sporalarini xirurgik operasion oqliklar, asboblar, chok solish va yara bog’lash materiallarini, xirurgning qo'lqopi, xalati, qo'llaridan yo'qotishga sterilizasiya deyiladi. Sterilizasiyani turli usullarda: bug' bilan bosim ostida avtoklavlash, quruq issiqlik,qizdirish,qaynatish,kuydirish yo'li bilan, antiseptik eritmalarda va antibiotiklarning eritmalarida saqlash bilan amalga oshiriladi.

Jarohat infeksiyalari tushunchasi kasallik qo'zg'atuvchi aerob va anaerob infeksiyasining spesifikhamda nospesifik turlari keltirib chiqaradigan xirurgik kasalliklarni o'z ichiga oladi.

Kasallikning avj olishida kasallik tug'diradigan mikroblar katta rol o’ynaydi. Xirurgik

infeksiyani qo'zg'atuvchi mikroblar atrof- muhitda ham inson badani sirtida ham shuningdek,

nafas olish yo’llari va ichaklar bo'shlig'ining shilliq pardasida ham mavjud. Ular organizmga kirishdarvozasi deb ataluvchi teri va shilliq pardalarining shikasllanishi tufayli yoki nafas olish, me'da-ichak va tanosil yo’llari orqali tushadi.

Xirurgik infeksiyalar klinik ko'rinishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:

1. O'tkir xirurgik infeksiya

l. Mahalliy o'tkir xirurgik infeksiya.

a) o'tkir nospesifik yiringli infeksiya;

b) o'tkir chirik infeksiya;

v) o'tkir nospesifik anaerob infeksiya yoki gazli gangrena;

g) o'tkir spesifik anaerob infeksiya (qoqshol, kuydirgi).

2. Umumiy xirurgik infeksiya:

a) o'tkir nospesifik infeksiya;

b) o'tib kelgan (surunkali) umumiy xirurgik infeksiya;

3.Surunkali xirurgik infeksiya:

a) surunkali nospesifik infeksiya;

b) surunkali spesifik infeksiya



Download 122.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling