Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja
Download 122.15 Kb.
|
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al
Davolash. Bemor gigiyenik tartibga rioya qilmog'i kerak. Bolaning tirnoqlari kalta qilib olinadi. Toshmalarga, pufakchalarga, po'stloqlarga 1-2% li brilliant yashili surtib turiladi, antibiotik va sulfanilamid dorilar beriladi.
Profilaktikasi. Bemorlar bilan muloqotda bo'lgan bolalar 2 kundan tortib to 21 kungacha ajratib qo'yiladi. Skarlatina - o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, asosan, bolalik davrida uchraydi va organizmning kuchli zaharlanishi hamda tomoqda, badan terisida o'ziga xos toshma toshishi bilan kechadi. Kasallikning qo'zg'atuvchisi A guruhiga kiruvchi gemolitik streptokokk hisoblanadi. Skarlatinaning qo'zg'atuvchisi tomoqning shilliq pardasida mahalliy yallig'lanishni yuzaga keltiradi va qon-tomir hamda limfa yo'llari orqali, yaqin turgan limfa bezlariga o'tadi, bu yerda ko'payib zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Zahar qonga o'tib, qon-tomir va asab tizimiga kuchli ta'sir etadi, hamda organizmni umumiy zaharlanishi, yuqori harorat, toshma toshishi va yurak tomir faoliyatining buzilishi kuzatiladi. Klinika. Skarlatinaning yashirin davri o'rtacha 2-7 kun. Kasallik o'tkir boshlanadi: tana harorati ko'tariladi (38-39°) ko'ngil aynishi, qayt qilishi, kuchli tomoq og'rig'i paydo bo'ladi. Keyinchalik skarlatinaga xos bo'lgan toshma bemorning gavda terisining turli qismlariga toshadi. Toshma mayda donali bo'lib, qizargan teri ustida paydo bo'ladi va qorin terisining pastki va yonbosh qismlarida, qo'llarining kaft qismida, hamda tananing tabiiy burmalari sohasida ko'proq va zichroq joylashgan bo'ladi. Betdagi toshma yonoq qismlarida ko'proq bo'ladi, lab-burun uchburchagida esa teri qizarmaydi, toshma ham bo'lmaydi. Bu skarlatinaga xos bo'lgan muhim belgi hisoblanadi. Toshma 3 kundan bir haftagacha saqlanib turadi va 2-haftasiga kelib terming ko'chishi boshlanadi. Terming ko'chishi kepaksimon yoki barmoq kaft sohasida taram-taram bo'lishi mumkin. Kasallikning boshlang'ich davrida bemor tili sarg'ish tusli parda bilan qoplanadi, keyinchalik tilning yuzasi tozalanadi, tildagi so'rg'ichlar yaxshi ifodalanadi va qip-qizil malina rangiga kiradi. Bu o'zgarishlar 2 haftagacha saqlanib turishi mumkin. Davolash._ Kasallikning dastlabki haftasida bola yotishi shart, ko'p suyuqlik ichishi, antibiotiklar, vitaminlar, reopoliglyukinlar, og'iz chayishga zararsizlantiruvchi eritmalar tavsiya etiladi. Profilaktikasi Muloqotda bo'lgan bolalar 3-6 ml gamma-globulin mushak orasiga yuboriladi va 12 kun davomida kuzatuvda bo'ladi. Epidemik parotit - tepki o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, so'lak bezlari, asosan, quloq oldi bezlari hamda asab tizimining zararlanishi bilan kechadi. Kasallikning qo'zg'atuvchisi filtrlanuvchi virus hisoblanadi. Kasallik manbai - bemor odam va havo-tomchi, o'yinchoqlar orqali yuqadi. Kasallikni o'tkazgan bolalarda bir umrlik immunitet hosil bo'ladi. Tepkining viruslari og'iz bo'shlig'i, tomoq-burun yo'llarining shilliq pardalarida joylashib qon orqali tarqaladi. Klinika. Kasallikning yashirin davri 2 kundan 23 kungacha davom etadi. Kasallik o'tkir boshlanib, tana harorati 38-39° gacha ko'tarilishi, quloq oldi bezlarining bir tomonlama yoki ikki tomonlama kattalashuvi bilan davom etadi. Shishning usti va atrofida terming rangi o'zgarmaydi. Kattalashgan bezlar paypaslab va bosib ko'rilganda yengil og'riq beradi. Bezlarning kattalashuvi bemor og'zini ochganda ovqat chaynaganda og'riq paydo boiishiga sabab bo'ladi. Dastlabki 3-5 kunda bezning kattalashishi avj olib boradi, keyinchalik uning hajmi kamayib, kasallikning 8-10-kuniga borib, shish butunlay yo'qoladi. Davolash. Bemorga o'rinda yotishi, ko'p suyuqlik ichishi, og'iz bo'shlig'ini 2% li natriy gidrokarbonatning eritmasi bilan chayqab turishi, suyuq taomlar berish, kattalashgan bez sohasiga quruq yoki yog'li iliq kompress qo'yish, UVCHlar tavsiya etiladi. Profilaktikasi. Bemor 10 kungacha uyda boshqalardan ajratib qo'yiladi. Bemorga yaqin yurgan bolalar, muloqotda bo'lgan kundan boshlab 21 kungacha kuzatib turiladi va bunday bolalarga 1-3 ml gamma-globulin qilinadi. Ko'kyo'tal—havo-tomchi yo'li bilan yuqadigan kasallik bo'lib, asosan, nafas yo'llari, asab tizimi faoliyatining buzilishi va xurujsimon yo'tal bilan kechadigan kasallikdir. Kasallikni qo'zg'atuvchi Borde-Jangu mikroblari, tarqatuvchi bemor hisoblanadi. Ko'kyo'tal mikroblari nafas yo'llarining silindrli epiteliysida o'raashib ko'paya boshlaydi. Bu davrda mikroblarning ko'pi nobud bo'ladi va toksin ajratadi. Bu toksinlar asab tizimiga, qon tomirlariga, nafas a'zolariga ta'sir etadi.
Yashirin (inkubatsion); Kataral; Spastik, xurujsimon (yo'tal davri); Sog'ayish. Yashirin davr 3 kundan to 10-14 kungacha davom etadi. Kataral davr 12-15 kungacha cho'ziladi. Bu davrda bemorning yuqori nafas yo'llarining yallig'lanishi va kam-kam yo'tal bezovta qiladi. Yo'tal asta-sekin xurujsimon tusga kiradi va bemorning umumiy ahvoli yo'tal paytida o'zgara boshlaydi va spastik (xurujsimon) yo'tal davri boshlanadi. Xurujsimon davr o'ziga xos xususiyatiga ega va 2-3 haftagacha davom etadi. Bunda yo'tal birin-ketin keladigan nafas chiqarish harakatlari bilan boshlanadi va oxirida qisqa shovqinli, hushtaksimon nafas olish bilan tugaydi, bu holatni repriz deyiladi. Biroz vaqt o'tmay yana nafas chiqarishi bilan kechadigan yo'tal boshlanadi va bunday yo'tal xuruji 2-3 tadan 20 martagacha bo'lishi va yelimsimon shilimshiq chiqish yoki qayt qilish bilan tugaydi. Yo'tal xuruji paytida bemorning yuzi qizaradi, ba'zan ko'karadi, lablari ko'karib biroz shishadi, bo'yin vena tomirlari bo'rtib chiqadi, tili og'zidan chiqib turadi, burundan qon ketishi kuzatiladi. Yo'tal asta-sekin kamayib borib sog'ayish davri boshlanadi. Sog'ayish davri 1 haftagacha davom etadi. Ko'kyo'talning kechishi yengil, o'rtacha og'irlikda va og'ir. turida o'tishi mumkin. Kasallikning yengil turida yo'tal xurujlari 5-15 tagacha bo'ladi, o'rtacha og'irlikda xurujlar kuniga 15-25 tagacha va og'ir turida 25-30 tadan oshishi, har bir xurujning uzoq davom etishi va bemor ahvolining og'irlashishi kuzatiladi.
Download 122.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling