Mavzu: 14
JAROHATLAR. JAROHATLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Jarohat to'qimalarning mexanik shikastlanishi bo'lib, bunda teri va shilliq pardalar zararlanadi, ko'pincha ichkarida yotgan to'qima va organlarga ham shikast yetadi. Jarohatlovchi buyumning bevosita ta'sirida kelib chiqqan shikastlar to'qimalarning kesilishi, uzilishi va majaqlanishida namoyon bo'ladi. Umuman yuza va chuqur jarohat (yara) farq qilinadi.
Yuza jarohat deganda, terining va shilliq pardalarning shikastlanishi tushuniladi. Chuqur jarohatda qon tomirlari, nerv, ichki organlar shikastlanishi mumkin. Qorin bo'shlig'i, ko'krak qafasi bo'shlig'i, kalla suyagi bo'shlig'i va hokazolardan teshib o'tadigan jarohatlar bo'ladi. Jarohatlaming boshqa turi, garchi organ ichiga teshib kirsada, teshib o'tmaydigan jarohatlar deyiladi.
Bulardan tashqari, jarohatlar operatsion steril (toza) jarohatlar va infitsirlangan (infeksiyalangan) jarohatlarga bo'linadi. Operatsiya vaqtida sterillangan asboblar (yaxshilab zararsizlantirilgan asboblar) yetkazadigan jarohatlardan boshqa hamma jarohatlar infitsirlangan jarohatlarga kiritiladi. Biror fizik yoki biologik omillar (zahar, zaharli moddalar, radiatsion nurlanish) ta'sirida yuz bergan jarohatlar og 'irlashgan jarohatlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |