Mavzu: 100 konsentrida qo’shish va ayirishni o’rgatishda matematik nutqni rivojlantirish mundarija
Download 252.5 Kb.
|
100 KONSENTRIDA QO’SHISH VA AYIRISHNI O’RGATISHDA MATEMATIK NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Og’zaki qo’shish va ayirish.
100 ichida og’zaki qo’shish va ayrish usullari ilgari 10 ichida birinchibosqich amallarini o’rganishda qilingandek amalga oshiriladi, yig’indiga sonni qo’shish (yig’indidan sonni ayirish) (sondan yig’indini ayirish) qoidasiga asoslanib tuziladi.100 ichida og’zaki qo’shish va ayirish quyidagi tartibda qaraladi. Qo’shish yig’indiga sonni qo’shish qoidasi, ayirish yig’indidan sonni ayirish qoidasiga asosan bajariladigan hollar (48+10, 40+20, 27-4, 86-50, 30-50 ); Qo’shish songa yig’indini qo’shish, ayrish sondan yig’indini ayirish qoidasiga asosan bajariladigan hollar (50+14, 36+22, 50+40, 20+40, 28+14, 50-23, 67-35, 52-50, 52-25 ). Bir vaqtning o’zida hisoblash usullari bo’yicha o’xshash bo’lgan qo’shish va ayirish hollarini o’rganish usullarini, shuningdek qoidalarni taqqoslash imkonini beradi. 100 ichida qo’shish va ayirishga doir ko’rsatilgan qoidalarni tatbiq etish sonni xona yoki qulay qo’shiluvchilar yig’indisi ko’rinishiga keltirishni yaxshi bilishni talab qiladi, shuning uchun amallar ustida ishlash davomida nomerlashga doir tegishli topshiriqlarga og’zaki mashqlar keltirish zarurdir.Birinchi bosqichda yig’indiga sonni qo’shish va yig’indidan sonni ayirishga asoslangan usullar qaraladi. Shuning uchun ishni bu qoidalarini va nomerlashni bilishga asoslangan qo’shish va ayirish hollarini takrorlashdan boshlash tabiiydir. 48+10 va 40+20 ko’rinishidagi hisoblash usullarini bir vaqtda, bir-biriga taqqoslab qarash foydalidir. Bularni bolalar yig’indiga sonni qo’shish qoidasi va 10 ichida qo’shishning mos hollarini takrorlagandan keyin, mustaqil bajarishlari mumkin. Bolalar mustaqil ishini bajarishlarda ko’rsatma-qo’llamalardan (masalan, kvadratlar va tasmalardan) foydalanishlari qulay, chunki bunday misollar yechimining yozuvini bexato yozishga imkon yaratiladi: 48+10=(40+8)+10=40+(8+10)=58; Bolalar bu usullar nimasi bilan o’xshashligini va nimasi bilan farq qilishini, nima uchun birinchi misolda 80 ga qo’shilganini ikkinchi misolda esa 40 ga qo’shilganini tushuntirish kerak (o’nlarni o’nlarga, birliklarni birlarga qoshish qulayroq). Shu darsning o’zida oldingi xollar bilan taqqoslab ayirishga doir quyidagi misollar yechiladi: 27-4, 86-50. Darslikda berilgan shunga o’xshash misollar yechimining yoyib ko’rsatilgan shakli avval o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqilishi, so’ngra o’qituvchi rahbarligida ovoz chiqarib tushuntirilishi kerak. Bolalar bilimini mustahkamlash uchun darsda matnli masalalarni ham tavsiya qilish mumkin. Bu masalalarda yig’indiga sonni qo’shish va yig’indidan sonni ayirish qoidalari tatbiq etiladi. Bolalar bu masalalarni yechar ekanlar, yana bir karra yechimining turli usullarining haqiqiy (real) ma’nosiga ishonch hosil qilishlari kerak. Ikki xonali sonlardan yaxlit o’nliklar ayirishning boshqa usulini qarash mumkin, bu usul birlarni o’nlarga ko’paytirishga hamda o’nlar bilan ifodalangan quyidagi sonlar ustida shunga o’xshash amallarni bajarishga asoslangan. Bunday usulning qo’llanilishi ikkinchi sinfda og’zaki ko’paytirish va bo’lishni o’rganishga (608=60 ta o’n. 8, 630:7=63 o’n :7 va h. k.), shuningdek, III sinfda ko’paytirish va bo’lishni o’rganishga zamin tayyorlaydi. Xulosa qilib aytganda yuz ichida sonlarni nomerlash ustida ishlash natijasida o’quvchilar 1-100 ichida narsalarni sanashni, sonlarni qo’shish va yozishni, bir xonali va ikki xonlai sonlarni taqqoslashni o’rganadilar. Bolalarda sonlarni, ularni turgan qatoridagi o’rniga qarab taqqoslash, shuningdek, berilgan sonlardagi o’nliklar va birliklar sonini taqqoslash malakalari shakllantiriladi. 100 ichida sonlarni ayirish va ular ketma ketligi, 21-100 sonlarini qo’shihs va yozish, ularning o’nlik tarkibi kabi biim va malakalar mustaxkamlanadi. Yuz ichida sonlarni nomerlash ustida ishlash ma’lum uzoq vaqt davom etadi. Bu mavzuni o’rganish davomida o’quvchilar yuz ichida qo’shish va ayirish, ko’paytirish va bo’lishning turli xollari va usullari, xossalari haqida ko’nikmava malakalar tarkib topadi. Bu mavzuni o’rganish natijasida bolalarda hisoblash malakasi, ya’ni 100 ichida istalgan sonlarni qo’shish va ayirish natijalarini sonlarning yig’indisini yoddan bilishadi. Bundan tashqari, ko’paytirish va bo’lishning barcha xossalarini o’zlashtiradilar. Shunday qilib, “Yuzlik” mavzusida amallarni o’rganish o’quvchilarni kelgusida hisoblashninh yozma usullarini qarashga tayyorlaydi. Keyinroq 46+40 ko’rinishidagi qo’shish hollari va 30-50 ko’rinishidagi ayirish hollari qaraladi. Ikkinchi bosqichda 50+14, 90-12, 26+31, 75-43 ko’rinishdagi qo’shish va ayirish hollari qaraladi, hisoblashlarda songa yig’indini qo’shish va sondan yig’indini ayirish qoidalaridan foydalaniladi. Bu qoidalar bolalarga tanish bo’lgan “O`nlar” mavzu boshida ham takrorlanadi, shundan keyin o’quvchilarning o’zlari hisoblash usullarini tushuntirib berib, yo’l-yo’lakay batafsil yozuvlarini bajaradilar: 50+14=50+(10+4)=(50+10)+4=64; 90-12=90-(10+2)=(90-10)-2=78. 26+31, 75-43 hollarda yuqoridagi usullardan tashqari, xonalab qo’shish va ayirish usullaridan foydalaniladi : 26+31=(20+6)+(30+1)=(20+30)+(6+1)=57; 75-43=(70+5)-(40+3)=(70-40)+(5-3)=32. Ko’rinib turibdiki, bu usullar yig’indisiga yig’indini qo’shish va yig’indidan yig’indini ayirish qoidalariga tayanadi, shuning uchun bu qoidalarni oldindan takrorlash zarur. Boshqa usullar bilan bir qatorda, xonalab qo’shish va ayirish usullarini amalda qo’llash bilan hisoblash usullari shu qoidalarga asoslangan qo’shish va ayirishning yozma usullarini o’rganishga tayyorgarlik bo’ladi. Xona birligidan o’tib qo’shish va ayirishga doir misollar yechganda ikkinchi qo’shiluvchi yoki ayriluvchi qo’shiluvchilar yig’indisi ko’rinishga shunday keltiriladiki, natijada dastlab yaxlit yuzliklar hosil bo’ladi: 13-6=13-(3+3)=(13-3) -3=7. O`quvchilarning og`zaki va yozma matematik nutqini o`stirishga xizmat qiluvchi bir qancha topshiriqlarni keltiramiz. Download 252.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling