Mavzu: 1905 -1911 yillarda Eron inqilobi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


yildagi aksilinqilobiy to’ntarish. Eron I-jahon urushi arafasida va urush yillarida


Download 105.69 Kb.
bet10/11
Sana05.04.2023
Hajmi105.69 Kb.
#1275852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rózimatóva Ruxsorabonu jahon tarixidan kurs ishi

1.7.1908 yildagi aksilinqilobiy to’ntarish. Eron I-jahon urushi arafasida va urush yillarida.
Ingliz-rus bitimi Erondagi aksilinqilobchilarning kuchayishiga olib keldi. Kuzda shohga sodiq qo’shinlar va aksilinqilobchi qurolli to’dalar Tehronga keltirila boshlandi. Noyabr oyida shoh majlisdan anjumanlar faoliyatini to’xtatilishini qat’iy talab qildi. Bu aholi noroziligini keltirib chiqardi. Fidoyilar otryadlari majlisni himoya qilib chiqdilar. SHoh chekinishga majbur bo’ldi, aksilinqilobiy to’ntarish amalga oshmadi. Lekin majlis tarkibining ko’pchiligini tashkil qilgan liberallar shoh bilan til biriktirish yo’lidan bordilar.
Shoh inqilobga yangi zarba berishga tayyorlandi. U 1908 yil iyun oyining boshida kazak brigadasi himoyasida poytaxtni tashlab chiqib, shahar tashqarisidagi saroylardan birini aksilinqilobiy fitna qarorgohiga aylantirdi. 22 iyunda shoh Tehronni qamal holatida deb e’lon qildi va kazak brigadasi komandiri rus polkovnigi Lyaxovni poytaxtning harbiy gubernatori qilib tayinladi. 23 iyunda harbiy qismlar va artilleriya majlis binosini qurshab oldi, uning himoyachilari kurashda halok bo’ldi. Shoh majlis va anjumanlarning tarqatib yuborilganligini e’lon qildi. Majlisning so’l deputatlari va anjumanlarning rahbarlari qatl qilindi yoki turmalarga tashlandi.
Aksilinqilobiy to’ntarishni Angliya va Rossiya hukumatlari faol qo’llabquvvatladilar. Liberal deputatlar olib borgan siyosat bu to’ntarishni amalga oshishini osonlashtirdi. Majlisning bir qancha deputatlari oshkora holda shoh tomoniga o’tib ketdi.
Lekin 1908 yil 23 iyundagi aksilinqilobiy to’ntarish inqilobning yakuni bo’lmadi. U inqilobiy kurashning yangidan yuksalishi uchun signal bo’lib xizmat qildiki, endilikda Tabriz va Ozarbayjon provintsiyalari bu kurashning markazi bo’ldi.
Tabriz anjumani amalda mahalliy hokimyat ustidan o’z nazoratini o’rnatgan edi. Iyun aksilinqilobiy to’ntarishi davrida Tabriz anjumaniga rahbarlik qilayotgan liberal elementlar qochib ketdilar. Lekin inqilobiy burjuaziya vakillari va shahar aholisi kurashni davom ettirdi. Tabriz demokratlariga fidoyilar otryadlari komandirlari Sattor va Bakir rahbarlik qildilar. Ular aksilinqilobchi kuchlarga qarshi kurashni tashkil qildilar. Tabrizning katta qismi fidoyilar qo’lida qoldi. Shaharni boshqarish uchun yangi anjuman tashkil etildi.
1909 yilda shoh qo’shinlari yana Tabrizga hujum boshladilar, lekin uni jang bilan ololmagach, qamal qilishga o’tdilar. Shaharda ochlik boshlandi.
Tabrizliklarning qat’iy mudofaasi Angliya va Rossiya hukumatlarini tashvishga solib qo’ydi va ular oshkora interventsiya yo’liga o’tdilar. Janubda ingliz qo’shinlari bir qator aholi punktlarini egalladi. Rus qo’shinlari chet el fuqarolarini himoya qilish va qamalda qolgan aholiga oziq-ovqat etkazib berish bahonasi ostida 1909 yil 25 aprelda chegaradan o’tdilar va to’rt kundan keyin Tabrizga kirib keldilar. Ular 1910 yil martigacha Tabrizda qolgan Sattor va
Bakirga qarshi oshkora chiqishga jur’at eta olmadilar. Lekin shaharning rus qo’shinlari tomonidan okkupatsiya qilinishi qo’zg’olonning tugatilishiga olib keldi. Anjuman rus qo’shini qo’mondonining taziyqi ostida fidoyilarning bir qismini tarqatib yuborishga majbur bo’ldi.
Tabriz qo’zg’oloni Eronning boshqa hududlaridagi inqilobiy harakatning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1909 yil boshidan inqilobning yangidan yuksalishi boshlandi, bu davrda xalq ommasining faolligi ancha oshdi. Lekin faqat
Ozarbayjondagi harakatlardagina inqilobiy demokratlar rahbarlikni o’z qo’llariga oldilar, boshqa hududlarda esa inqilobiy harakat rahbarligi liberallar qo’liga o’tgan edi.
Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin liberal pomeshchiklar va yirik savdogarlar inqilobdan chetlasha boshladilar.
1909 yil yanvar-mart oylari davomida Isfaxon, G’ilyon, Resht, Bushir, Bandar-Abbos va boshqa shaharlarda hokimyat qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi va kuchlar nisbati inqilob foydasiga o’zgardi. 1909 yil bahorida Eronning turli viloyatlaridan kelgan fidoyilar Tehronga hujum boshladilar.
13 iyulda G’ilyon fidoyilari va baxtiyorlar qabilalarining birlashgan qo’shini kazak brigadasini tor-mor qildilar va aholi yordamida Tehronni egalladilar. Shoh Muhammadali bestga o’tirishga majbur bo’ldi, u Rossiya elchixonasidan boshpana topdi. Eron taxtiga uning 14 yoshli o’g’li Ahmad o’tirdi. Muhammad Ali umrbod yiliga 100 ming tuman miqdorida nafaqa oladigan bo’ldi va chet elga (Rossiyaga) chiqib ketdi. 1906-1907 yil konstitutsiyasi qayta tiklandi. G’ilonlik yirik pomeshchik sipohdor boshchiligida vaqtli hukumat tuzildi.

  1. yil noyabrda ikkinchi majlis ochildi, bu majlis saylovlarida xalq ommasining faqat 4 foizi ishtirok etdi, majlis tarkibida hunarmandlarning vakillari yo’q edi. Ikkinchi majlis birinchi majlisdan farq qilgan holda mamlakat hayotida progressiv rol o’ynay olmadi. U inqilobni cheklash va jilovlash yo’lidan bordi.

  2. yil martida Eron hukumati Angliya va Rossiyaning ultimatum tarzida qo’ygan talablarini bajarib, Sattor va Bakirning fidoyilar otryadlarini qurolsizlantirdi.

Hukumat tashqi siyosatda imperialistik davlatlar bilan til biriktirish yo’liga o’tdi. Hukumat chet ellik mustamlakachilarga qarshi kurashish o’rniga turli davlatlar o’rtasida tilyog’malik qilish siyosatini olib bordi.
Eron hukumati 1910 yilning oxirida mamlakat moliyasini qayta tuzish va tartibga solish uchun AQSHdan maslahatchilar yuborishni iltimos qildi.
AQSH Eronga Morgan Shuster boshchiligida missiya yubordi. U davlat bosh xazinachisi lavozimini egallab, cheklanmagan vakolatlarga – hukumatning moliya sohasidagi faoliyatini nazorat qilish, soliqlar va davlatning boshqa daromadlarini kuzatib borish, pul emissiyasini kuzatib borish kabilarga ega bo’ldi.
Shuster shoh hokimyatidan mustaqil bo’lgan o’z ma’muriy apparatini tuzishga harakat qildi. Tehronda Shusterning ko’rsatmalarini bajarmagan amaldorlarni qamab qo’yish uchun maxsus gauptvaxta tashkil qilindi. U Eron qurolli kuchlarini ham o’ziga bo’ysundirishga harakat qildi.
1911 yil iyulida Eronning sobiq shohi Muhammad Ali soxta nom bilan rus paroxodida Eronga keldi. Rus hukumati uni maxfiy ravishda qo’llab-quvvatlab turdi. U bir necha ming kishini yollab, Tehronga yurish boshladi. Sobiq shohning
Eronda paydo bo’lishi xalq ommasi g’azabini keltirdi. Butun mamlakat bo’ylab mitinglar va namoyishlar bo’lib o’tdi. Yana fidoyilar otryadlari tuzildi. 1911 yil kuzida hukumat qo’shinlari va fidoyilar otryadlarining birlashgan kuchlari Muhammadali boshchiligidagi isyonni bostirdilar. Muhammad Ali yana chet elga qochdi.
Muhammadali isyonining barbod bo’lishi ichki reaktsiya kuchlari yordamida inqilobni bostirib bo’lmasligini ko’rsatdi. Bu vaqtga kelib Eronga o’z qo’shinlarini kiritgan Angliya va Rossiya inqilobni bostirishni o’z zimmasiga oldilar.
1911 yil noyabrida inglizlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Rossiya Eron hukumatidan Shusterni iste’foga chiqarilishini va bundan keyin Angliya va Rossiyaning roziligisiz chet ellik maslahatchilarni Eronga taklif qilmaslikni ultimatum tarzida talab qildi. Majlis bu talabni rad etdi. Rus hukumati bunga javoban Ozarbayjon, G’ilyon va Xurosonga katta qo’shin yubordi. Bu qo’shin Eron ko’ngillilarining qarshiligini sindirib, mamlakat shimolidagi inqilobni bostirdilar. Mamlakat janubida ingliz qo’shinlari ham shu ishni amalga oshirdilar. 1911 yil dekabrida politsiya va baxtiyorlar otryadlari Tehronda aksilinqilobiy to’ntarishni amalga oshirdilar. Majlis tarqatib yuborildi, anjumanlar va so’l gazetalar yopildi. Eron inqilobi bostirildi.
Eron inqilobi mag’lubiyatga uchrasada u Hojarlar sulolasiga va feodal tuzumga qattiq zarba berdi, keng xalq ommasining feodalizm sarqitlari va chet ellik mustamlakachilarga qarshi kurashi uchun siyosiy ongining uyg’onishiga yordam berdi. Eron inqilobi o’z navbatida Sharqdagi boshqa mamlakatlarga katta ta’sir ko’rsatdi.
Birinchi jahon urushi boshlanib ketgach Eron o’zining betarafligini e’lon qilgan bo’lsada, uning hududi urushayotgan tomonlar o’rtasidagi jang maydoniga aylandi.
Turk bosqinchilari va ularning xo’jayinlari bo’lgan Germaniyaning hukmron doiralari Eronga bostirib kirishdan oldin Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindistonning shimoli-g’arbiy hududlari, Misr va boshqa mamlakatlarni bosib olish kabi xayoliy rejalarni tuzgan edilar. Lekin yashin tezligida urush olib borish rejasining barbod bo’lishi va Evrlopada yuzaga kelgan ikki frontda uzoqqa cho’ziladigan kurashning boshlanishi nemislarning Eronga qarshi katta qo’shin tashlash imkoniyatini bermadi. Shuning uchun ham nemis razvedkasi va diplomatiyasi Eronda xalq ommasini ingliz va rus mustamlakachilariga qarshi qo’zg’ashga zo’r berib urindi. Nemislar ikkiyuzlamachilik bilan o’zlarini Eronning va butun musulmonlarning do’stlari qilib ko’rsatishga urindilar. Turk sultoni va xalifasi esa butun musulmonlarni
Angliya va Rossiyaga qarshi “muqaddas urush”ga da’vat etdi. Nemis razvedkasi bu da’vatni va boshqa varaqalarni yashirin holda Eronda tarqatar edi. Nemislar bu varaqalarda hatto Vilgelm II islom dinini qabul qilganligi haqidagi soxta gaplarni tarqatishdan ham qaytmadilar.
Lekin Eronda “muqaddas urush”ga da’vat kutilgan natijani bermadi, chunki Eron burjuaziyasi, pomeshchiklar va amaldorlarning katta qismi ingliz-rus sarmoyasi bilan bog’liq va unga qaram edi.
Turklar 1914 yil noyabrida Eron Ozarbayjoniga bostirib kirdilar. Ular o’zlari bosib olgan hududlarda ommaviy talonchilik va ozarbayjonlar, kurdlar, armanlarni ommaviy qirish siyosatini amalga oshirdilar. Lekin turklarning bu yerdagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Rus qo’shinlari Kavkaz frontida turklarni mag’lubiyatga uchratib, Eronga kirib kela boshladi. Rus qo’shinlari 1915 yil fevralda Tabrizni egalladilar, turk qo’shinlari Ozarbayjondan quvib chiqildi, lekin Eron g’arbidagi bir qator hududlar ular qo’lida qoldi.
Nemis agentlari 1915 yil boshida Eron janubidagi qabilalarning qo’zg’olonini ko’tarishga muvaffaq bo’ldilar. Baxtiyorlar qabilalari Angliya-Eron neft kompaniyasining neft quvurlarining bir qismini buzib tashladilar. Nemislar tomonidan tashkil qilingan qurolli otryadlar Janubiy Eronning bir qancha shaharlarini qo’lga kiritdilar. 1915 yil kuziga kelib Kermanshoh va Hamadonni egallagan tark qo’shinlari ham o’z hujumlarini boshladilar.
Germaniya imperializmi Hindiston chegaralarida o’rnashib qolishga intilib, Afg’onistonni o’ziga ittifoqchi qilib olish uchun u yerga nemis-avstriya-turk harbiy missiyasini yubordi, lekin Afg’onistonni urushga tortishga muvaffaq bo’lmadi.
Nemislar va ularning ittifoqchilari bo’lgan turklarning Eronga hujumi poytaxtdagi vaziyatga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Nemislar tomonidan sotib olingan saroy amaldorlari va feodal zodagonlarning bir qismi Germaniyaga hayrixoh edilar. Pomeshchiklar bilan bog’liq bo’lgan va juda zaif bo’lgan Eron burjuaziyasi xalqqa suyanishga qo’rqardi va ingliz-rus mustamlakachilariga qarshi kurashish uchun nemislar yordamiga ko’z tikkan edi.
Uzoq tanaffusdan keyin chaqirilgan majlisda demokratlar ko’pchilikni tashkil etardi va majlis 1914 yil oxiriga kelib Germaniya-Avstriya-Turkiya blokini yoqlab chiqishga qaror qildi. Bunga javoban Angliya va Rossiya Eronga yangi harbiy qismlarni jo’natdi. Inglizlar turklarni va baxtiyorlar qabilalarini neft quvurlari hududidan haydab chiqardilar. 1915 yil oktabrida general Baratov boshchiligidagi rus qo’shinlari Tehron tomon yurish qilib, Qazvinni egalladi. Noyabr oyida shoh ingliz va rus elchilarining taziyqi ostida germanparast majlisni tarqatib yubordi. Tarqatib yuborilgan majlisning bir guruh deputatlari va ishdan bo’shatilgan vazirlar nemis elchisi va turk harbiy attashesi kuzatuvida Qum shahriga kelib, bu yerda milliy muvaqqat hukumat tuzilganligini e’lon qildilar. Rus qo’shinlarining hujumi natijasida bu hukumat turklar tomonidan bosib olingan Kermonshoxga qochib o’tishga majbur bo’ldi.

  1. yil oxiriga kelib inglizlar mamlakat janubidagi inglizlarga qarshi ko’tarilgan isyonlarni bostirishga muvafffaq bo’ldilar.

  2. yil boshiga kelib Eronning barcha hududi: shimol rus qo’shinlari tomonidan, g’arb nemis-turk qo’shinlari tomonidan, janub inglizlar tomonidan bosib olingan edi.

Urush yillarida Angliyaning Erondagi mavqei juda kuchaydi. Angliya-Eron neft kompaniyasining faoliyati kengayib, neft qazib olish 1913 yildagi 80 ming tonnadan 1919 yilda 1 100 ming tonnaga etdi. Kompaniya davlat ichidagi davlatga aylandi, u o’z qo’riqlash xizmati, politsiyasi, maktablariga ega edi. Janubiy Erondagi qo’zg’olonlar bostirilgach, ko’chmanchi qabilalarning ko’pchilik feodal rahbarlari inglizlar xizmatiga o’tdilar. Angliyaning Eron hukumatiga ta’siri ham kuchaydi, hukumatni 1916 yil avgustdan boshlab inglizlar tarafdori bo’lgan Vosug’ ad-Davla boshqarar edi.
Harbiy harakatlar mamlakatni og’ir ahvolga soldi. Bosqinchilar dehqonlarning oziq-ovqat va chorva mollarini tortib oldilar. Pomeshchiklar soliq va majburiyatlarni ko’paytirdilar. Ekin maydonlari hajmi va chorva mollari soni keskin qisqardi, mamlakatda ocharchilik yuz bera boshladi. Ko’pgina provintsiyalarda kasallik epidemiyalari avj oldi.
Birinchi jahon urushi davrida Sharqdagi ko’pchilik mustamlaka mamlakatlarda sanoat rivojlanishi ro’y bergan bo’lsa Eronda buning aksi bo’ldi. Sanoat inqirozga yuz tutib, burjuaziyaning mavqei pasaydi, ishchilar soni kamaydi, mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzilib qolib, feodal tarqoqlik kuchaydi. Shohning markaziy hukumati faqat nomigagina saqlanib qoldi. 1916 yil oxiridan Eronda imperializmga qarshi chiqishlar kuchaydi.
Ko’pgina shahar va qishloqlarda bosqinchilarga va ularning malaylariga qarshi kurashga da’vat etuvchi varaqalar paydo bo’ldi. Varaqalarda chet ellik bosqinchilarga sotilgan amaldorlar va xonlarni o’ldirishga, feodallarning mulklarini yo’q qilishga da’vat etildi.

XULOSA
Xulosa qilb aytganda Eron inqilobi 1905-11anti-imperialistik va antiteod. inqilob. Bunga reaktsiyalar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi sabab bo'lgan. hukmron janjal. Qojarlar sulolasi boshchiligidagi klika, shuningdek, uni qoʻllab-quvvatlagan imperialistlar, bir tomondan Eron. rivojlanayotgan milliy burjuaziya, dehqonlar, hunarmandlar va ishchilar. Bu qarama-qarshiliklar Eronning boshidanoq o'zgarishi bilan yanada kuchaydi. 20-asr imperialistik yarim mustamlakaga aylandi. Angliya va chor Rossiyasi.
Eronning Rossiya bilan rivojlangan aloqalari va juda kuchli iqtisodiy kontekstida. va siyosiy Rossiya pozitsiyalari Eronda chorizm, Yaponiya va ayniqsa Rossiya bilan urushda chorizmning mag'lubiyati. 1905-07 yillardagi inqilob Eronga katta ta'sir ko'rsatdi va inqilob boshlanishini tezlashtirdi.
I. r. con da boshlandi. 1905 yilgi ommaviy va bo'ronli ranzalar. Tehron, Sheroz, Mashhad va boshqa shaharlarda shoh hokimiyatlarining oʻzboshimchaliklariga qarshi namoyishlar; islohotlar talab qilindi. ning bosimi ostida harakati, ayniqsa, 1906 yil iyun-iyul oylarida namoyishlar va umumiy ish tashlashlar paytida keng tarqalgan va shoh qo'shinlarining namoyishchilarga qarshi chiqishdan bosh tortganligi sababli, shoh 5 avgustda majbur bo'ldi. 1906 yil konstitutsiyaviy tuzumni joriy etish to'g'risida farmon chiqardi. 7 oktyabr Osn tomonidan ishlab chiqilgan birinchi Eron majlisi ochildi. qonun - Eronning birinchi qismi. shoh hokimiyatini cheklagan konstitutsiya. Majlisga barcha qonunlar va byudjetni, konsessiyalarni, xorijiy qonunlarni tasdiqlash huquqi berildi. xorijiy davlatlar bilan tuzilgan kreditlar, shartnomalar va bitimlar.
Hujjatda tasdiqlanganidan keyin. 1906 yil qonun inqilobning birinchi bosqichini tugatdi, uning ishtirokchilari orasida sinfiy chegaralar bo'lmagan. umumiy inqilobiy kuchlar. oqim va liberal lager demokratlar bilan birgalikda konstitutsiyani kiritish uchun harakat qildi. Harakatga rahbarlik ruhoniylar, liberal yer egalari va yirik burjuaziya qoʻlida boʻlib, ular konstitutsiyaning kiritilishi va Mejlisning chaqirilishi bilan inqilob vazifalari hal boʻldi, deb hisoblardi. Kesib o'tish. va bu davrda ishchilar harakati hali rivojlanmagan edi.
1907 yildan boshlab inqilobning ikkinchi bosqichi boshlandi, bu demokratiklar o'rtasidagi kurashning kuchayishi bilan tavsiflanadi. va reaktsiya. kuchlar. Inqilob ishtirokchilari orasida ikkita yo'nalish ajralib turardi - liberal (liberal mulkdorlar, ruhoniylar, yirik burjuaziya) va demokratik (kichik va o'rta savdogarlar, hunarmandlar, ishchilar, shahar kambag'allari). Bu davrda dehqonlar, ishchilar, tog’liklar faollashib, o’z talablarini ilgari sura boshladilar. mayda burjuaziya. Shoh hokimiyatlarining o'zboshimchaliklariga qarshi ommaviy harakat kuchaydi, imperializmga qarshi kurash avj oldi. kurash (xorijiy tovarlarni boykot qilish va boshqalar). Shimolga, keyin esa markazga. va janub. tumanlarida (Maku, Talish, Gilon, Kuchan, Seyiston, Isfaxon viloyatida) xoch kengayib bordi. harakat. Ishchilar harakati vujudga keldi: birinchi ishchi tashkilotlari (Tehronda matbaachilar, telegrafchilar, tramvaychilar, Kirmonda gilamchilar va roʻmolchilar uyushmasi) tuzildi, telegrafchilar, matbaachilar, minalar xodimlari ish tashlashga chiqdi. Ijtimoiy-siyosiy o'sish. odamlarning faoliyati xalq ommasi burjuaziyaning yaratilishida namoyon bo'ldi. inqilobiy enjomenov, inqilobiy-demokratik. matbuotning jadal rivojlanishida mujohidlar, fedailar otryadlari. Bularning barchasi reaksiyaga yaqinlashayotgan va demokratik o'sishni cheklashga urinayotgan liberallarni qo'rqitdi. harakat. Biroq, bosim ostida harakati, birinchi Majlis, u asosan yer egalari vakillaridan va ularga tutash yirik auktsiondan iborat boʻlishiga qaramay. burjua va uning aksariyati xochga dushman edi. harakati, enjohidlar, mujohidlar tashkilotlari va fedai otryadlari bir qancha progressiv qonunlar qabul qildilar: nizolarni bekor qilish. tiulov (tiul, yoki tiyul, - feodal yer egaligi shakli), feodal pensiyalarining kamayishi. aristokratiya va boshqalar 7 oktyabr. 1907 yilda Shoh Majlis tomonidan qabul qilingan Asoslarga qo'shimchalarni tasdiqladi. qonun (Eron konstitutsiyasining eng muhim qismi), burjuaziyani e'lon qildi. fuqarolarning qonun oldida tengligi, shaxs va mulk daxlsizligi, so'z, matbuot, jamiyatlar erkinligi tamoyillari. dunyoviy sudlarni yaratish (ma'naviy sudlar bilan bir qatorda). Imperialist kuchlar - Angliya, chor Rossiyasi, Eronda hukmronlik qilish uchun o'zaro kurashgan Germaniya Eronga dushman edi. Angliya, Ch.ga asoslangan. arr. reaktsiya bo'yicha. feodallar va Eronda monarxiyani saqlab qolishga intilish. qurish, boshida inqilob uning imperialistini qamrab oldi. Eron hamdardlik niqobi bilan nishonlar. konstitutsiyaviy harakat. Ammo o'shanda ham u Eron suverenitetini buzgan va qurollangan. uning extiyojiga kuch aralashdi. ishlar (1906-yilda Fors koʻrfazidagi Xedjam oroliga inglizlarning aralashuvi, Seyiston va Balujistonda).
I. R.ga qattiq dushman boʻlgan, lekin Yaponiya bilan urushdagi magʻlubiyat va 1905—07 yillardagi rus inqilobidan zaiflashgan rus chorizmi birinchi yillarda I. R.ni koʻrsatmadi. harbiy reaktsiyani qo'llab-quvvatlash


Download 105.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling