Mavzu: 1905 -1911 yillarda Eron inqilobi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Eronning yarim mustamlakaga aylanishi


Download 105.69 Kb.
bet7/11
Sana05.04.2023
Hajmi105.69 Kb.
#1275852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rózimatóva Ruxsorabonu jahon tarixidan kurs ishi

1.5.Eronning yarim mustamlakaga aylanishi.
Eronning chet el mustamlakachilariga qaramligi xalq ommasi hayotining barcha tomonlariga o’z ta’sirini ko’rsatdi. XIX asr oxiriga kelib Eron aholisining katta qismi avvalgidek qishloq xo’jaligida band edi. Mamlakatning yarim mustamlakaga aylanishi natijasida paxta, tamaki, guruch, mevalar va ko’knorini eksport qilish ancha ko’paydi. Ba’zi hududlarning ma’lum bir ekin turiga ixtisoslashishi boshlandi, G’ilyonda sholi, Xurosonda paxta etishtirish ko’paydi.
Qishloq xo’jaligining tovarlilik xususiyati kuchaydi. Eski feodallarning bir qismi yangi sharoitlarga moslasha olmay, inqirozga uchrab, o’z yerlarini yo’qotdilar. Ikkinchi tomondan o’z xo’jaliklarini bozor talablari asosida tashkil qilgan yangi shakldagi pomeshchiklar boyib, kuchayib bordilar. Ular xonavayron bo’lgan feodallarning yerlarini sotib oldilar, shoh yerlarining bir qismi ular qo’liga o’tdi. Ayniqsa dehqonlarning yerdan mahrum bo’lishi kuchaydi. Jumladan Isfaxonda dehqonlarning 80 foizga yaqini yersiz edi.
Eron qishloq xo’jaligining jahon kapitalistik bozoriga tortilishi dehqonlarni feodallar tomonidan asoratga solinishini kuchaytirib yubordi. Pomeshchiklar yer uchun ijara haqini oshirdilar, xonavayron bo’lgan dehqonlar sudxo’rlar asoratiga tushib qoldilar. Ba’zi viloyatlarda 1870 yildan 1890 yilgacha bo’lgan davrda pomeshchiklarning dehqonlardan oladigan soliq va to’lovlari 2,5 baravar oshdi. Har 5-6 yilda yuz berib turadigan hosilsizlik mamlakatda dahshatli ocharchilikni keltirib chiqarardi. 1879-1881 yillardagi ocharchilik davrida 1,5 millionga yaqin odam, ya’ni mamlakat aholisining 15-20 foizi halok bo’ldi.
Mustamlaka asorati shahar aholisi boshiga ham katta kulfatlar keltirardi.
Chet elliklar raqobatiga dosh berolmagan o’rta va mayda savdogarlar, hunarmandlar kasodga uchrardi.
Shu bilan birga savdoning, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, kontsession korxonalarning paydo bo’lishi Eron milliy kapitalizmining rivojlanishiga ko’maklashdi. Mamlakatda yangi ijtimoiy sinflar – proletariat va milliy burjuaziya shakllana boshladi.


Download 105.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling