Mavzu: 1905 -1911 yillarda Eron inqilobi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Eron XVII-asr ikkinchi yarmi – XVIII-asrda


Download 105.69 Kb.
bet2/11
Sana05.04.2023
Hajmi105.69 Kb.
#1275852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rózimatóva Ruxsorabonu jahon tarixidan kurs ishi

1.1.Eron XVII-asr ikkinchi yarmi – XVIII-asrda.
XVII asrning ikkinchi yarmida Eron xo’jaligi tushkunlikga yuz tutdi. Afg’onlar va turklarning bosqinchilik yurishlari Eronning bir qator viloyatlarini vayronaga aylantirdi. Eron feodallarining XVIII asr 30-40-yillaridagi bosqinchilik urushlari va XVIII asr ikkinchi yarmidagi o’zaro urushlari Eronni yanada zaiflashtirdi. Bularning barchasi keyinchalik Eronga Yevropa kapitalistik savdo monopoliyalarining kirib kelishi va mustahkam o’rnashib olishini osonlashtirdi.
Eronda aholining asosiy qismini feodalga qaram bo’lgan dehqonlar – raiyat tashkil etardi. Ko’chmanchilar (ilotlar) o’troq dehqonlarga nisbatan ancha erkin yashardilar. Ularda patriarxal tartiblar va an’analar saqlanib qolgan bo’lib, xonlar hokimyati ma’lum darajada cheklanib qo’yilgan edi. Ko’chmanchilar uncha katta bo’lmagan soliq to’lardilar, harbiy xizmatni o’tagan taqdirda esa soliqdan ham ozod qilinardilar.
Ko’rib o’tilayotgan davrda Eronda har birida o’n mingtagacha aholi yashaydigan 20 ga yaqin katta shaharlar va 2-5 ming aholi yashaydigan 40 ga yaqin kichik shaharlar mavjud edi. Isfaxon, Sheroz, Tabriz, Karmon, Hamadon kabi yirik shaharlar muhim savdo-hunarmandchilik markazlari edi.
Kichik shaharlar qishloqlardan deyarli farq qilmas edi, ularning aholisi asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanardi. Ularda hunarmandlarning soni oz edi. Shahar aholisi turli xil soliqlarni to’lar va majburiyatlarni bajarar edilar.
Shoh Abbos I davrida o’zining eng gullagan davriga erishgan Safaviylar davlati uning vorislari Safo (1629-1642) va Abbos II (1642-1666) davrida hali ham kuchli bo’lsada lekin shu davrda tushkunlik alomatlari ko’rina boshlagan edi. Eron davlatining o’zidagi qo’zg’olonlar va unga qaram bo’lgan xalqlarning milliyozodlik harakatlari Eron davlatini emira boshlamoqda edi. Shoh yerlari feodallarga berilishi orqasida qisqarib bormoqda, feodallarning ajralib chiqishga bo’lgan harakatlari kuchayib, amaldorlarning o’zboshimchaligi oshib bormoqda edi.
Shoh Sulton Xusayn davrida (1694-1722) Safaviylar davlatining inqirozi yanada kuchaydi. Zamondoshlari bu shohni aqlsiz va irodasiz, ayshishratga berilgan kishi deb tasvirlaydilar.
Dehqonlarning xonavayron bo’lishi va tez-tez sodir bo’lib turgan isyonlar xon xazinasini bo’shab qolishiga olib keldi, hatto askarlarga maosh to’lashga ham pul yo’q edi.
1701 yilda eski soliqlar oshirildi va yangilari joriy qilindi hamda oldingi uch yil uchun soliqlar undirib olish buyurildi. Bu tadbirlar halq ommasini yanada qashshoqlashishiga olib keldi, lekin xazinaga tushayotgan mablag’ ko’paymadi.
Safaviylarning ijtimoiy tayanchi ham yo’qola bordi, ularni qabilalarning harbiy feodal qatlami ham qo’llab-quvvatlashdan chetlana boshladi, qabila xonlari esa markaziy hokimiyat zaiflashganidan foydalanib, qabilaga qarashli erlarni o’z mulkiga aylantirishga intilardilar.
Ichki va tashqi savdoning qisqarib ketishidan zarar ko’rgan savdogarlar ham Safaviylarga muxolifatda edilar. Armaniston va Gruziyaning xristian ruhoniylari ham, Ozarbayjon, Dog’iston va Afg’onistonning sunniy ruhoniylari ham xristianlarga va shia bo’lmagan musulmonlarga nisbatan dushmanlik siyosatini o’tkazib kelayotgan shoh hokimiyatiga muxolifatda edilar. Yangi soliq qonunchiligi natijasida masjidlarning daromadlari kamayib ketganligi sababli shia ruhoniylarining o’zlari ham shoh siyosatidan norozi edilar.
Safaviylarga qarshi qo’zg’olonlar kuchaydi. 1709 yilda Qandahor gilzoiylarining kalantar (shahar boshlig’i) Mir Vays boshchiligidagi qo’zg’oloni boshlandi. Ular shahardagi eronliklar garnizonini qirib tashlab, hokimni o’ldirib, viloyatni egalladilar. Sulton Husaynning qo’zg’olonni bostirishga bo’lgan urinishi natijasiz tugadi. Qandaxor Safaviylar davlatidan ajralib chiqdi.



Hokimiyat tepasiga kelgan afg’on feodallarining yuqori qatlami bosqinchilik urushlarini boshlab yubordi. Mir Vaysning o’g’li Mir Mahmud afg’on otliqlariga bosh bo’lib, 1722 yil yanvarda Kermanni egalladi. Keyin Yazd shahrini qo’lga kiritolmagach, Safaviylar poytaxti Isfaxonga yurish qilib, uni qamal qildi. Qamal bir necha oy davom etdi va oktabrda Isfaxon taslim bo’ldi. Mir Mahmud Isfaxonga g’olib sifatida kirib keldi va o’zini Eron shohi deb e’lon qildi. Shundan keyin Kashon, Qum va boshqa shaharlar unga taslim bo’ldi.


Shoh Sulton Husayn ag’darib tashlandi, uning o’g’li Tahmasp Eronning Kaspiy bo’yidagi erlariga qochib ketdi, uni bu yerda qonuniy shoh deb tan oldilar. Turklar 1723 yil bahorida Gruziyaga hujum qilib Tbilisini egallagach, Tahmasp yordam so’rab rus podshosi Pyotr I ga murojaat qildi. 1723 yildagi Petrburg traktatiga binoan Tahmasp II Rossiya tomonidan ilgari bosib olingan Darband va
Bokuni, shuningdek G’ilyon, Mozandaron va Arstrobodni Rossiyaga berishga rozi bo’ldi. Rossiya hukumati o’z navbatida Tahmaspga uning dushmanlariga qarshi kurashda yordam berish majburiyatini oldi. Rus qo’shinlari Reshtni egallab oldilar, lekin shohga va’da qilingan yordamni bermadilar. 1724 yilda Turkiya 1723 yildagi rus-eron bitimini tan oldi. Rossiya ham o’z navbatida Turkiyaning Armaniston, Janubiy Ozarbayjon va Kurdiston ustidan hukmronligini tan oldi. Turklar 1725 yilda mahalliy aholining qarshiligini bartaraf etib, Qazvin, Ardabel, Hamadon va boshqa shaharlarni egalladilar.
Bu vaqtda Erondagi afg’on feodallarining turli guruhlari o’rtasida kurash borardi va bu kurash 1725 yilda Mir Vaysning qarindoshi Ashrafning Eron shohi deb e’lon qilinishi bilan yakunlandi. Ashraf o’z ajdodlariga nisbatan ancha ustalik bilan siyosat olib bordi. U Eron zodagonlarini o’z tarafiga torta oldi, mamlakat xo’jaligini va savdoni jonlantirish uchun ancha ishlar qildi. Ashraf 1726 yilda turklarga qarshi chiqdi, ba’zi bir g’alabalarga erishgan bo’lsa ham Ozarbayjon,
Kurdiston, Xuziston va Markaziy Eronning bir qismi ustidan Turkiya hukmronligini o’rnatilganligini tasdiqlovchi 1727 yilgi shartnomani tan olishga majbur bo’ldi.
Afg’on xonlarining Erondagi 7 yillik hukmronligi aholini talash, shafqatsiz jazolash bilan birga bordi. Eron dehqonlari va shahar kambag’allari afg’on va turk bosqinchilariga qarshi kurashni to’xtatmadilar.
XVIII asr 20-yillarining ikkinchi yarmida halq kurashi ayniqsa keskin tus oldi. Eron xalqining qattiq kurashi natijasida afg’on bosqinchilari qo’shini Qoshon, Qum, Qazvin, Tehron, Yazd shaharlarini tashlab, Isfaxonga qarab qochdilar.
Ozodlik harakati natijasida qizil bosh qabilasining qirqli urug’idan Nodir oldingi o’ringa chiqdi. Nodir XVIII asrning 20-yillari boshida Xurosonda bosqinchi to’da boshlig’i sifatida turli feodallarning harbiy xizmatida bo’lgan edi. U 1725 yilda Tahmasp II xizmatiga kirib, shoh yordamida Xurosonlik qudratli feodal Malik Mahmud Qiyoniyni engib, uning poytaxti Mashhadni egalladi. Nodir tez orada turkman va bir qator Xuroson qabilalarini ham o’ziga bo’ysundirdi. Astrobod va Mozandaronga qarshi olib borilgan urushlar natijasida u Eronning barcha shimoli-Sharqiy viloyatlarini o’z qo’li ostida birlashtirdi.
Uning g’alabalaridan tashvishga tushgan Ashraf o’zining asosiy harbiy kuchlari bilan Xurosonga yurish qildi, lekin 1729 yil sentyabrda Mehmondo’st daryosi bo’yida mag’lubiyatga uchradi. Ikkinchi marta esa Nodirdan noyabr oyida engildi. Afg’onlar Isfaxonni tashlab chiqib, chekinishga majbur bo’ldilar.
Nodir afg’onlarni Erondan quvib chiqargach turklarga qarshi 1730 yilda urush boshlab, Xamadon, Kermonshox va Ozarbayjon shaharlarini egalladi. Lekin shoh Tahmasp II bilan bo’lgan jangda engilib, bu joylarni qo’ldan boy berdi. Nodir Xurosondagi afg’onlar qo’zg’olonini bostirgach, Taxmasp II ni taxtdan tushirdi va taxtga uning bir yashar o’g’lini o’tqazib, o’zi uning regenti bo’ldi.
Nodir 1732-1733 yillarda turklar bosib olgan barcha hududlarni ulardan tortib oldi. 1732 yildagi Eron-Rossiya shartnomasiga ko’ra Astrobod, G’ilyon, Mozandaron, 1735 yilda Boku va Darbant ham Eronga qaytarib berildi. 1736 yil boshiga kelib Nodir ilgari Safaviylar davlati tarkibiga kirgan barcha hududlar ustidan o’z hokimyatini o’rnatdi.
1736 yilda Nodir Tahmaspni taxtdan tushirib, Eron shohi tojini kiydi.
Nodirshoh qudratli feodallarning ta’sirini cheklab qo’yish siyosatini olib bordi. Viloyat noiblariga beriladigan yer mulklarni bekor qilib, ularga maosh belgiladi. Bir qator feodallarning, shuningdek diniy va xayriya tashkilotlari hini musodara qilish hisobiga davlat hini kengaytirib bordi.
Nodirshoh hukmronligi davri (1736-1747 yy.) to’xtovsiz urushlar bilan o’tdi. 1737 yilda Qandahor qo’lga kiritildi va bu shahar Eron qo’shini tomonidan talanib, vayron qilindi.
Nodirshoh 1738 yilda Xaybar tog’ yo’lini qo’riqlayotgan mo’g’ul shohi Muhammadning qo’shinini tor-mor etib, Peshavor va Panjob hududlarini egalladi. 1739 yilda esa Dehlini bosib oldi. Bu yerda u aholini talab va qirib, juda katta boylik bilan – 700 mln. rupiylik qimmatbaho toshlar va boshqa o’ljalar bilan Hindistondan chiqib ketdi. Mo’g’ul shohi bilan 1739 yilda tuzilgan shartnomaga muvofiq Hinddan g’arbdagi nerlar Nodirshohga tegishli bo’ldi, Lahor hukmdori esa unga har yili 2 mln. rupiy o’lpon to’laydigan bo’ldi.
Nodirshoh 1740 yilda O’rta Osiyoga yurish qilib, Buxoro va Xiva xonligini bosib oldi. Xiva xoni Elbarsxon unga qattiq qarshilik ko’rsatgani uchun qatl qilindi. Bu ikki davlat Eron vassaliga aylandi.
1741-1743 yillarda Nodirshoh Dog’istonga yurish qildi, lekin mahalliy qabilalarning qarshiligini sindira olmay, chekinishga majbur bo’ldi.
Nodirshohning bosqinchilik urushlari natijasida ulkan feodal imperiya tashkil topdi. Uning tarkibiga Erondan tashqari Armaniston, Gruziya, Dog’iston, Ozarbayjon, Buxoro va Xiva xonliklarining bir qismi, Afg’oniston, Belujiston kirardi.
Nodirshoh yer munosabatlarida va ma’muriy siyosatda hokimyatni markazlashtirishga va davlatning rolini oshirishga harakat qildi. Uning davrida qizilbosh feodallarining yerlarini, shuningdek qisman vaqf yerlarini musodara qilish hisobiga davlat yerlarining hissasi ko’payib bordi. Bunday siyosat Nodirshohning xalq ichidagi obro’sini oshishiga yordam berishi kerak edi. Lekin vaziyat boshqacha bo’lib chiqdi. Keksayib qolgan shoh hammadan shubhalanadigan va juda maydachi bo’lib qoldi. Uning shafqatsizligi hukmron doiralar ichida ham, aholi o’rtasida ham norozilikni kuchaytirdi. Keyingi yillardagi harbiy muvaffaqiyatsizliklar natijasida Nodirshoh soliqlarni keskin oshirdi.
Nodirshoh olib borgan ko’p sonli urushlar mamlakat xazinasini bo’shatib qo’ygan edi. Soliq to’lashga qurbi etmagan aholi qul qilib sotilardi.
Nodirshoh zulmiga qarshi xalq qo’zg’olonlari davom etardi.
Qo’zg’olonchilar bir necha marta shoh qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdilar, lekin baribir kuchlar teng emas edi.
1746 yilda Seistonda yirik qo’zg’olon boshlandi. Qo’zg’olonni bostirish uchun u yerga yuborilgan Nodirshohning qarindoshi Aliqulixon ham qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketdi. Qo’zg’olonni bostirish uchun Nodirshohning o’zi Seistonga yo’l oldi. U Xurosonga etib kelgach Xabushonda ham kurdlar qo’zg’oloni boshlanganligidan xabar topdi. Nodirshoh Xabushon yaqinidagi lagerda turgan vaqtida afg’on harbiy zodagonlarining fitnasidan xabardor bo’ldi. U o’zida xizmat qilayotgan afg’on va o’zbek yollanma qo’shini yordamida bu afg’on xonlarini qirib tashlamoqchi bo’ldi. Lekin fitnachilar undan oldinroq harakat qildilar. Ular kechasi shoh chodiriga bostirib kirib, uni o’ldirdilar va uning boshini qarindoshi Aliqulixonga yubordilar. Afg’on otliqlari guruhi Eron shohi qo’shiniga qarshi jang boshladi. Lekin shoh qo’shini son jihatdan ustun edi. Shuning uchun ham Ahmadxon va boshqa afg’on harbiy boshliqlari shoh xazinasi va artilleriyasining bir qismini olib, Qandahorga ketdilar. Bu yerda 1747 yilda mustaqil afg’on davlati tashkil topdi.
Nodirshoh o’ldirilgach Eron chuqur siyosiy inqirozni boshdan kechirdi, mamlakatda o’zaro urushlar avj olib ketdi. Eron davlati bir qancha mustaqil mulklarga ajralib ketdi. Xurosonda Nodirshohning nabirasi Shohrux hukmronlik qilardi. Shimoliy Ozarbayjon, Armaniston xonliklari, shuningdek Gruziya amalda mustaqil bo’lib qoldilar. Shimoliy Eronning bir qismini Hojarlar qabilasi boshliqlari, Janubni esa zendlar qabilasi boshliqlari bosib oldilar. Sharqiy Eron yana afg’onlar qo’l ostiga tushib qoldi.
Mamlakat tushkun ahvolda bo’lib, ekin maydonlari qisqarib ketdi, ocharchilik, kasallik tufayli aholining katta qismi qirilib ketdi.
1758 yilda zendlik Karimxon Hojarlar va ozarbayjonliklar ustidan g’alaba qozonib, Eronning katta qismini o’z qo’li ostida birlashtirdi va deyarli 20 yilcha mamlakatni muvaffaqiyat bilan boshqardi. U mahalliy feodallarning o’zboshimchaligini cheklashga, shaharlar va hunarmandchilikni qayta tiklashga, soliqlarni tartibga solishga qaratilgan bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Rossiya bilan ham savdo-diplomatik aloqalar yo’lga qo’yildi.
Karimxon 1779 yilda vafot etgach Eron yana inqiroz ko’chasiga kirdi.
Xonlar o’rtasida hokimyat uchun kurash kuchaydi. Ana shunday sharoitda
Karimxon tomondan qamoqqa tashlangan Hojarlar qabilasi boshlig’i Og’a
Muhammadxon qamoqdan qochib chiqishga muvaffaq bo’ladi va qattiq kurashlardan keyin 1796 yilda o’zini Eronning yangi shohi deb e’lon qiladi. Bu bilan Eronda Hojarlar sulolasining hukmronligi boshlandi. Shoh mamlakat poytaxtini Tehron shahriga ko’chirdi.


Download 105.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling