Mavzu: 1905 -1911 yillarda Eron inqilobi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Eronning XIX-asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. Eron va Yevropa davlatlari
Download 105.69 Kb.
|
Rózimatóva Ruxsorabonu jahon tarixidan kurs ishi
1.2Eronning XIX-asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. Eron va Yevropa davlatlari.
Golland va ingliz Ost-Indiya kompaniyalari XVII asrdayoq Fors qo’ltig’i sohillarida o’z faktoriyalarini qurgan bo’lib, Fransiya XVIII asr boshida Eron bilan savdo shartnomasi tuzgan bo’lsa ham, XVIII asr oxirigacha Eron Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosatida muhim rol o’ynamadi. Lekin Eron XIX asrning dastlabki yillaridanoq Angliya va Fransiyaning agressiv siyosati doirasiga tortildi. Angliya va Fransiya Yevropa va Osiyoda iqtisodiy va siyosiy ustunlikga erishishda Eronga qulay strategik platsdarm sifatida qarardilar. Bundan tashqari Eron ularni tayyor mahsulotlar sotish bozori sifatida ham qiziqtirardi. 1800 yilda ingliz-eron siyosiy va savdo shartnomasi tuzildi. Eron shohi ingliz-afg’on to’qnashuvi yuz bersa, Angliyaga harbiy yordam berish va Eronga fransuzlarni kiritmaslik majburiyatini oldi. Inglizlar esa o’z navbatida Eronning Fransiya yoki Afg’oniston bilan to’qnashuvi yuz bersa, unga qurol-yarog’ bilan yordamlashish majburiyatini oldilar. Shartnoma inglizlarga qulay savdo imtiyozlarini yaratib berdi. XIX asr boshida Rossiya bilan Eron o’rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. 1801 yilda Gruziya Rossiyaga qo’shildi. Dog’iston va Ozarbayjonning bir qator xonliklari ham Rossiya fuqaroligiga o’tdi. Rus chorizmi Kavkazortida o’rnashib olib, Eronga o’z siyosiy ta’sirini o’tkazishga harakat qildi. Eron feodallari esa Gruziya va Ozarbayjon xonliklarini o’z qo’llaridan chiqib ketishlariga chidab tura olmadilar. 1804 yilda rus-eron urushi boshlanib ketdi. Rus qo’shinlari Ganja xonligida mahalliy aholi yordamiga tayanib ancha ilgarilab ketdi. Shoh inglizlardan va’da qilingan yordamni talab qildi. Lekin Rossiya 1805 yilda Napoleonga qarshi urush boshlab, Angliya bilan ittifoq tuzgan edi. Shuning uchun ham Angliya Rossiyaga qarshi chiqa olmadi. Yuzaga kelgan bunday vaziyatdan fransuz diplomatiyasi samarali foydalandi. 1807 yil may oyida eron-fransuz shartnomasi tuzilib, shoh Angliya bilan bo’ladigan siyosiy va savdo munosabatlarini uzishga, fransuz armiyasi Eron orqali Hindistonga yuradigan bo’lsa, Fors qo’ltig’idagi barcha portlarni ochib qo’yish majburiyatini oldi. Napoleon o’z navbatida Gruziyani Eronga qaytarib berish va Eron armiyasini qayta tuzish uchun fransuz instruktorlarini yuborishga va’da berdi. Tez orada Eronda fransuz harbiylari ishtirokida armiyani qayta tashkil etish boshlandi. Fransuz savdogarlari bir qator imtiyozlarga ega bo’ldilar. Lekin fransuzlar o’z ustunliklarini amalga oshira olmadilar. 1807 yilda Rossiya bilan Fransiya o’rtasida Tilzit sulhi tuzilgach, Fransiya Rossiyaning dushmani bo’lgan Eronga harbiy yordam ko’rsatishni davom qildira olmas edi. Bundan esa inglizlar foydalanib qoldilar. 1808 yilda Eronga 2 ta ingliz missiyasi keldi. 1809 yilda dastlabki ingliz-eron shartnomasi tuzilib, unda Eron shohi Fransiya bilan bo’ladigan barcha munosabatlarni to’xtatish, Angliya esa Eronning Rossiyaga qarshi urush olib borayotgan butun davr mobaynida yirik pul subsidiyasi bilan ta’minlash majburiyatini oldi. 1813 yilga kelib rus-eron urushi Eronning mag’lubiyati bilan tugadi. 1813 yil oktabrda Guliston qishlog’ida sulh shartnomasi tuzildi. Eron Gruziya, Dog’iston va Shimoliy Ozarbayjonni Rossiya tarkibiga qo’shilganligini tan oldi. Rossiya Kaspiy dengizida harbiy flot saqlash huquqiga ega bo’ldi. Rus savdogarlari Eronda, eronlik savdogarlar Rossiyada erkin savdo qilish huquqiga ega bo’ldilar. Tez orada Eron hukumati Guliston sulhini qayta ko’rishni va Ozarbayjon xonliklarini Eronga qaytarilishini talab qilib chiqdi. Inglizlar tomonidan rag’batlantirilgan Eron shohi 1826 yilda Rossiyaga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Armanlar va Ozarbayjonlar ko’ngillilar guruhlarini tuzib, rus armiyasiga yordam berdilar. Rus qo’shinlari g’alaba qozonib Tabrizni egallagach, 1828 yil 10 fevralda Turkmanchoy sulh shartnomasi tuzildi. Bu shartnomaga ko’ra yangi chegara Araks daryosi bo’ylab o’tkazilib, Sharqiy Armaniston ham Eron feodallari zulmidan ozod bo’ldi. Eron Rossiyaga 20 mln. kumush so’m tovon to’lashga majbur bo’ldi. Kaspiy dengizida rus harbiy floti saqlanib qoldi. Rus savdogarlari Eronda imtiyozlarga, eksterritorial huquqga ega bo’ldilar. Turkmanchoy shartnomasi rus-eron urushlariga yakun yasadi. U Gruziya, Shimoliy Ozarbayjon va Sharqiy Armaniston aholisini Eron feodallari zulmidan xalos bo’lganliklarini mustahkamlab qo’ydi. XIX asrning 30-40-yillarida Angliyaning Eronga nisbatan mustamlakachilik siyosati kuchaydi. 1837 yilda Eron shohi Muhammad afg’on knyazligi bo’lgan Hirotni qamal qilganda Angliya Erondan urush harakatlarini to’xtatishni va qamalni bekor qilishni talab qilib, u bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Eron qo’shinlari Hirotdan ketishgach, Angliya 1841 yilda Eron bilan diplomatik aloqalarni qayta tikladi va unga teng huquqli bo’lmagan shartnomalarni qabul qildirdi. Eron shunday shartnomani 1845 yilda Fransiya bilan, keyinroq boshqa Yevropa davlatlari bilan ham imzoladi. Download 105.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling