Mavzu: 1905 -1911 yillarda Eron inqilobi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 105.69 Kb.
bet4/11
Sana05.04.2023
Hajmi105.69 Kb.
#1275852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rózimatóva Ruxsorabonu jahon tarixidan kurs ishi

1.3.Eronda Bobiylar qo’zg’oloni.
XIX asrning 30-40-yillarida Eron mehnatkashlarining ahvoli juda og’irlashdi. Qoloq feodal tuzum, shoh hokimyatining zo’ravonligi, feodallarning o’zboshimchaligi ustiga chet el sarmoyasining kirib kelishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Mehnatkashlarni asoratga solish kuchaydi, ijara haqi va boshqa to’lovlar hosilning 2/3 va hatto 4/5 qismini tashkil etardi.
Shaharlarda chet el tovarlarining ko’plab paydo bo’lishi hunarmandlarning xonavayron bo’lishiga olib keldi.
Eronda har yili ro’y berib turadigan hosilsizlik, qurg’oqchilik, kasalliklar epidemiyasi ming-minglab odamlarni o’limiga sabab bo’lardi. XIX asr birinchi yarmida mamlakat aholisi bir necha millionga qisqardi.
Shaharlarda kambag’al aholining noroziligi kuchaydi. Ularga oddiy ruhoniylar, shu jumladan saidlar ham qo’shildi. Ruhoniylarning yuqori boy qatlami mujohidlar va ulamolardan farq qilgan holda, quyi qatlam ruhoniylari o’z mehnati orqasidan kun ko’rardilar. Ana shu quyi qatlam ruhoniylari vakillari boshlanib ketgan xalq harakatining mafkurachilari sifatida chiqishib, bu harakatga diniy ruh berdilar. Shu bilan birga bu harakat hukmron ijtimoiy tuzumga qarshi qaratilganligi sababli u rasmiy din – shiachilikga ham qarshi qaratilgan edi.
1844 yilda Sherozda savdogar oilasidan chiqqan 23 yoshli said Alimuhammad (1820-1850) o’zini “Bob” ya’ni xalq bilan imom Mahdiy o’rtasida vositachi deb e’lon qildi. (“Bob” so’zi arabchada eshik, darvoza ma’nosini anglatadi).
Islom dini sektalarida payg’ambar avlodidan bo’lgan imom Mahdiy qiyomat kuni kelib, yomonlarni jazolab, adolat o’rnatilishi haqida rivoyatlar bor.
Bob ta’limotiga ko’ra imom Mahdiy rivoyatlarda aytilganidek uzoq kelgusida emas, balki eng yaqin vaqt ichida aynan Eronda paydo bo’lishi kerak edi. Shia ta’limotiga ko’ra imom Mahdi yer yuzi baxtsizlik va azob-uqubatlarga to’lib ketganda odamlar oldiga kelishi kerak edi. Bob esa ana shunday vaqt kelganligini, hokimyat va ulamolarning zulmi natijasida xalqning sabr kosasi to’lganligini, shuning uchun ham imom Mahdiy keladigan vaqt bo’lganligini aytadi. Bobning aytishicha Mahdiyning kelishi bilan Eronda adolatli podsholik o’rnatiladi, har qanday zulm tugatiladi, hamma odamlar, erkak va ayollar teng bo’lib, baxtli va farovon hayot kechiradilar. Bob o’z zimmasiga Mahdiy kelguncha haqiqatni xalq ommasiga yetkazish va odamlarni Yangicha hayot kechirishga tayyorlash vazifasi yuklatilganini e’lon qiladi.
Bobning targ’iboti nafaqat diniy, balki ijtimoiy-siyosiy xarakterga ham ega edi. Qisqa davr ichida Bobning izdoshlari – bobiylar soni keskin ko’paydi.
Hokimyat bobiylar harakatini bo’g’ib tashlashga intildi. 1847 yilda Alimuhammad qamoqqa olindi. U qamoqda bo’lishiga qaramay o’ziga sodiq odamlar yordamida o’z tarafdorlari bilan aloqa o’rnatdi. U qamoqda o’zining asosiy asari “Bayon”ni yozib tugatdi. Bu kitob bobiylar uchun asosiy dasturilamal, go’yo yangi Qur’on bo’lib qoldi. Shundan keyin Bob o’zini Mahdiy deb e’lon qildi.
Bob ta’limoti va ijtimoiy talablari o’zining mo’’tadilligi bilan ajralib turardi. Uning maqsadi Eron hukmdorlariga ahloqiy jihatdan ta’sir o’tkazib, ularda adolat hissini uyg’otish edi.
Bobga nisbatan xalq bilan ancha yaqin aloqada bo’lgan uning izdoshlari ancha radikal dasturni ilgari surdilar. Mozandarondagi bobiylar harakatining rahbari Barforushlik mulla Muhammadali qat’iy ravishda hukumatga bo’ysunmaslikga va boylarning mol-mulkini tortib olishga da’vat etdi. U Qur’on va shariat o’z kuchini yo’qotganligini e’lon qildi. Odamlar endilikda o’z xo’jayinlariga nisbatan barcha majburiyatlarni bajarishdan, shu jumladan soliqlarni to’lashdan ozod bo’lganliklarini bildirdi.
Bobiylar ta’limoti xalq ommasi ichida keng yoyildi. Xurosonda bu ta’limotning otashin targ’ibotchisi Bushruy qishlog’ilik mulla Xusayn edi. Qazvinda esa Qurrat-ul-ayn taxallusini olgan Zarrin Toj ismli yosh ayol o’z chiqishlari bilan mashhur bo’lgan edi. SHoirtabiat go’zal bu ayol bobiylar g’oyasi uchun o’z uyi va oilasidan ham voz kechgan edi.
1848 yil yozida Muhammadali va Qurrat-ul-ayn boshchiligidagi bobiylarning katta guruhi Mozandaron va Xuroson chegarasidagi Bedasht qishlog’iga to’planib, bir necha kun davomida yangi ta’limotning tamoyillarini muhokama qildilar. Bedashtdagi yig’ilishlarda ularning kelgusidagi faoliyatiga asos bo’lgan demokratik dasturi shakllandi. Bobiylar o’z dasturlarida keng xalq ommasi talablariga katta o’rin berdilar. Bedashtdagi chiqishlarda hukmron tuzumga qarshi oshkora kurash boshlashga chaqiriqlar yangradi. Bu voqea Eronda bobiylar qo’zg’oloni boshlanganligini bildirardi.
Eron hukumati Bedashtga qo’shin yuborib, bobiylarni quvg’in qildi. Ulardan ko’pchiligi, shu jumladan Qurrat-ul-ayn ushlab olinib, turmaga tashlandi. Mulla Muhammadali va Xusayn Barforush shahriga keldilar. Barforush bobiylar harakatining asosiy markaziga aylandi.
1848 yil kuzida 700 ga yaqin bobiylar mulla Muhammadali boshchiligida Barforushni tashlab chiqib, uning yonidagi Shayx Tabarsi maqbarasini va uning atrofini egallab oldilar. Ular o’zlarining ijtimoiy g’oyalarini amalga oshirish uchun shu yerga o’rnashib olishga qaror qildilar. Bobiylar Shayx Tabarsi ziyoratgohi atrofiga qal’a, uylar qurib, yashay boshladilar. Ularning butun mulki umumiy bo’lib, umumiy qozonda ovqat qilinardi. Mamlakatning turli tomonlaridan bu yerga bobiylar tarafdorlari kela boshladilar. Bu yerdagi bobiylar soni 2 mingdan oshib ketdi.
Tevarak-atrofdagi xonlar Shayx Tabarsini egallab olishga harakat qildilar, lekin bobiylar ularning hujumlarini qaytardilar. Atrofdagi shahar va qishloqlardan ko’plab odamlar ularga yordamga keldilar.
Shoh hukumati bobiylarga qarshi 2 ming kishilik doimiy qo’shin yuborib,
Shayx Taborsiyni qamal qila boshladi. Lekin 1849 yil yanvarda bobiylar qal’adan chiqib, shoh qo’shinini tor-mor qildilar. Bu g’alaba natijasida bobiylar harakati Zanjonda (Eron Ozarbayjoni) va Fors viloyatida keng yoyildi. Tehronda ham bobiylar targ’iboti kuchaydi.
Hukumat doiralarida va feodallar ichida sarosima boshlandi. Hukumat
Mazondaronga yana katta qo’shin va artilleriya yubordi. Lekin Shayx Tabarsini hujum bilan olib bo’lmadi. Shundan keyin bobiylar qal’asi to’la qamal qilishga o’tildi. Bobiylar ichida ochlik, o’q-dori, porox etishmasligi boshlandi. Shunga qaramay ular qahramonlarcha jang qildilar. Xusayn ham jangda halok bo’ldi. Bahorga kelib qal’a himoyachilarining soni 250 kishiga etmas edi, shoh qo’shini bu vaqtda 10 ming kishini tashkil qilardi. Ochlikdan azob chekkan bobiylar muzokara boshlashga majbur bo’ldilar. Hukumat qo’shinining boshlig’i kurashni to’xtatgan bobiylarni ozod qilishga tantanali so’z berdi. Lekin 1849 yil may oyining boshida tirik qolgan bobiylar qal’adan chiqqanlarida, ularni o’rab olib, qurolsizlantirdilar. Bobiylar harakatining oddiy a’zolari shu yerning o’zida otib tashlandi. Muhammadali va bobiylarning boshqa rahbarlarini Baforushga olib borib, og’ir qiynoqlardan keyin qatl qildilar.
7 oy davom etgan Mazondaron bobiylarining qo’zg’oloni ana shunday yakunlandi. Lekin mamlakatdagi g’alayonlar to’xtamadi. 1850 yil boshida Yazdda ham bobiylar qo’zg’oloni bo’lib o’tdi. Tehron bobiylari shohga va Mirzo Tog’ixonga qarshi fitna tayyorladilar, lekin fitna fosh bo’lib, 7 nafar bobiy qatl qilindi. O’limi oldidan ular o’zlarini Bob ta’limotiga sodiq ekanliklarini e’tirof etdilar.
1850 yil Zanjonda va Neyrizda (Fors viloyati) yangi yirik qo’zg’olonlar ko’tarildi. SHoh hukumati bobiylarni qo’rqitish maqsadida 1850 yil iyulda Bobni qatl qildi, lekin qo’zg’olonlar davom qilaverdi. Zanjondagi qo’zg’olonni bostirish uchun 30 ming kishilik armiya yuborildi, lekin qo’zg’olonchilar taslim bo’lmadilar. Natijada uzoq vaqt davom etgan qamal boshlandi. Faqat 1850 yil dekabrga kelib qo’zg’olon bostirildi. Taslim bo’lgan bobiylar shafqatsizlik bilan qirib tashlandi. Bu bilan bobiylar qo’zg’olonining asosiy o’choqlari tugatildi va qo’zg’olon mag’lubiyatga uchradi.
Neyriz qo’zg’oloni ham bir necha oydan keyin bostirildi. Asir olingan bobiylarga shafqatsizlarcha azob berildi.
Neyriz qo’zg’oloni bobiylarning so’nggi ommaviy chiqishlari edi. 18511852-yillarda ham bobiylar bir necha marta qurolli kurashga ko’tarildilar, lekin keng xalq ommasi bu harakatdan chetlashgan edi. Bobiylar qo’zg’olonlari uzuqyuluq, birlashmagan holda yuz bergani uchun hukumat qo’shinlari ularni tez orada bostirar edi.
Bobiylarning omon qolgan rahbarlari yakka terror yo’liga o’tdilar. 1852 yil avgustda Nasriddinshohga suiqasd uyushtirildi. Suiqasd amalga oshmadi, shoh engil yarador bo’ldi, suiqasdchilar qo’lga olinib, qattiq qiynoqlardan keyin qatl qilindilar. Mamlakatda bobiylar va ularga xayrihohlarga nisbatan shafqatsiz jazolash boshlandi. Bobiylar harakatida hech qachon ishtirok etmagan yuzlab kishilar qatl etildi.
Bobiylar harakati tor-mor etilgach feodal zodagonlar avvalgi eski tartiblarni to’la qayta tikladilar. Natijada Eronning ichki va xalqaro ahvoli yanada yomonlashdi.
Bobiylar qo’zg’oloni dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlarning feodalizmga va chet elliklar zulmiga qarshi qaratilgan chiqishlari edi. Xitoydagi taypinlar qo’zg’oloni, Hindistondagi xalq qo’zg’oloni kabi bobiylar qo’zg’oloni ham Osiyo xalqlarining XIX asr o’rtalaridagi ozodlik kurashining yorqin namunalaridan biri edi. Lekin taypinlar qo’zg’olonidan farq qilgan holda, bobiylar qo’zg’oloni dehqonlar urushiga aylanib ketmadi. Bu kurashda Erondagi ba’zi shaharlar atrofidagi dehqonlar ishtirok etdi xolos. Bobiylar qo’zg’oloni stixiyali xarakterga ega bo’lib, mamlakatning turli viloyatlaridagi qo’zg’olonlar o’rtasida aloqa yo’q edi.
Eronda XIX asr o’rtalarida hali feodalizm va chet elliklar zulmi ustidan g’alaba qozonish uchun ob’ektiv shart-sharoitlar yo’q edi. Dehqonlar kurashini birlashtiradigan va unga rahbarlik qila oladigan burjuaziya va ishchilar sinfi hali shakllanmagan edi. Dehqonlarning chiqishlari uzuk-yuluq va mahalliy xarakterga ega edi. Lekin shunga qaramasdan bobiylar qo’zg’oloni keyinchalik Eronda avj olib ketgan ozodlik kurashining muhim tayyorgarlik bosqichi bo’ldi. Shuning uchun ham hukmron feodal tuzumni emirgan bobiylar harakati va bobiylar qo’zg’oloni muhim ijobiy ahamiyatga ega bo’ldi.

Download 105.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling