Mavzu: 1905 -1911 yillarda Eron inqilobi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Eronga chet el mustamlakachilari kirib kelishining kuchayishi


Download 105.69 Kb.
bet6/11
Sana05.04.2023
Hajmi105.69 Kb.
#1275852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rózimatóva Ruxsorabonu jahon tarixidan kurs ishi

Eronga chet el mustamlakachilari kirib kelishining kuchayishi.
1856-1857 yillardagi ingliz-eron urushi.
Bobiylar qo’zg’oloni bostirilgach, Eronda Angliya va Rossiyaning faoliyati kuchaydi va Shu bilan birga ingliz-rus raqobati ham kuchaydi. Sevastopol qamali davrida Eron hukumati Hirotga qarshi yangidan hujum qilish payti keldi deb hisoblab, 1856 yil Eron qo’shinlari Hirotni egalladi. Bunga javoban Angliya
Eronga qarshi urush e’lon qilib, ingliz qo’shinlari Fors qo’ltig’ida bir qator hududlarni bosib oldi va Qorun daryosi bo’ylab yuqoriga ko’tarila boshladi.
Angliya hukumati Rossiyaning Qrim urushida mag’lubiyatga uchraganini hisobga olib, qurol kuchi bilan butun Eron ustidan o’z hukmronligini o’rnatishga intildi. Lekin Hindistonda xalq qo’zg’olonining etilib kelishi va Xitoyda taypinlar qo’zg’olonining kuchayib borishi inglizlarni Eron bilan sulh tuzishni tezlashtirishga majbur qildi. 1857 yil 4 martda Parijda bu ikki davlat o’rtasida sulh tuzildi.
Ingliz-eron sulhi bo’yicha Eron Hirotga va Afg’onistonning boshqa hududlariga bo’lgan da’volaridan abadiy voz kechdi hamda Afg’oniston bilan ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Angliya vositachiligidan foydalanish majburiyatini oldi. Angliya o’z navbatida o’z qo’shinini Janubiy Erondan olib chiqish majburiyatini oldi. 1856-1857 yillardagi urushdan keyin Angliyaning
Erondagi ta’siri ancha kuchaydi.
1856 yil oxirida Eron bilan AQSH o’rtasida teng huquqli bo’lmagan shartnoma imzolanib, ilgari inglizlar ega bo’lgan imtiyozlar amerikaliklarga nisbatan ham joriy qilindi.
Shunday qilib, XIX asrning 60-yillariga kelib Angliya va chor Rossiyasi Eronda muhim iqtisodiy va siyosiy mavqelarni qo’lga kiritdilar. Eron qaram mamlakatga aylana boshladi. Kapitalistik davlatlar teng huquqli bo’lmagan shartnomalarga tayanib, Eron xalqlarini asoratga solishni kuchaytirdilar.
Bu davrda Eronni asoratga solishda chet el sarmoyasi tomonidan qabul qildirilgan kontsessiyalar katta rol o’ynadi. Inglizlar 1862-1872 yillar davomida
Eron hududida Londonni Hindiston bilan bog’lovchi telegraf liniyasi qurish to’g’risidagi to’rtta bitimni shoh hukumatiga qabul qildirdilar. Bu telegraf liniyalari Angliyani Erondagi ta’sirini yanada kuchaytirish vositasi bo’lib xizmat qildi. Telegraf liniyasiga xizmat ko’rsatuvchi ingliz xodimlari eksterritoriallik huquqiga ega edilar. Keyinchalik mamlakatning Shimoliy provintsiyalarida chor Rossiyasi tomonidan qurilgan telegraf liniyalari paydo bo’ldi.
Eng muhim aloqa vositalari ham chet elliklar nazorati ostiga o’tdi. Ingliz kapitalistlari Janubiy va Markaziy Eronda bir qancha shosse yo’llarni qurib, o’z nazorati ostiga oldilar. Angliya kompaniyasi 1888 yilda Eronda kema suza oladigan yagona daryo bo’lgan Qorunda kema qatnovini tashkil qilish bo’yicha kontsessiyaga ega bo’ldi. O’z navbatida rus tadbirkorlari Shimoliy va Markaziy Eronni rus chegaralari bilan bog’lovchi shosse yo’llarni o’z nazorati ostiga oldilar va Kaspiy dengizining janubiy sohili bo’ylab paroxod qatnovini yo’lga qo’ydilar.
Ingliz va rus kapitalistlarini Eronning manfaatlari qiziqtirmas edi. Eron temir yo’llarga juda katta ehtiyoj sezardi. Lekin ingliz mustamlakachilari transeron (Eronning barcha hududlarini tutashtiruvchi) temir yo’li qurilsa, ruslar bilan ziddiyat chiqib qolgan taqdirda rus qo’shinlarining temir yo’llar orqali Fors ko’rfaziga kirib kelishi oson bo’ladi deb, temir yo’llar qurilishiga qarshi edi. O’z navbatida rus kapitalistlari temir yo’llarning qurilishi arzon ingliz tovarlarining Eronning Shimoliy hududlariga kirib kelishidan cho’chirdilar. Natijada rus hukumati 1889 yilda Nasriddinshohdan Eronda 15 yil davomida Rossiya ruxsatisiz hech kimga temir yo’llar qurishga kontsessiya bermaslik to’g’risidagi majburiyatni tasdiqlatib oldi. Keyinchalik bu majburiyat ikki tomonlama shartnoma shaklida 1910 yilgacha uzaytirildi.
Chet el tadbirkorlari kontsessiyalar yordamida Eronni to’la bo’ysundirib olishga intildilar. 1872 yilda Eron shohi mashhur ingliz telegraf agentligi egasi baron Reyterga yo’llar va sug’orish inshootlari qurilishi, mineral va o’rmon boyliklarini ishlash, fabrikalar qurish kabilarga monopol egalik qiluvchi 70 yil muddatga mo’ljallangan kontsessiya berdi. Eron bojxonasini boshqarish ham Reyter qo’liga o’tishi kerak edi. Bunday kontsessiyaning berilishi mamlakatda umumiy norozilikni keltirib chiqardi, undan hatto hukmron doiralarning vakillari ham norozi edi. Rus diplomatiyasi ham bunga norozilik bildirdi.
Natijada kontsessiyani bekor qilishga to’g’ri keldi. Lekin shunga qaramasdan chet el tadbirkorlari yangi kontsessiyalarga egalik qilishni davom ettirdilar. Rus tadbirkori Lianozov Kaspiyning janubiy qirg’oqlarida baliqchilik sanoatiga, Angliyaning Talbota kompaniyasi butun mamlakat bo’ylab tamakiga ishlov berish, sotib olish va sotishga monopol kontsessiya oldi. Doimo pulga muhtoj bo’lgan shoh hukumati uncha katta bo’lmagan sarmoyaga kutilmagan kontsessiyalarni berib yuborardi. Belgiyaliklar qimor uylari ochishga, fransuzlar arxeologik qazishmalar o’tkazishga monopol kontsessiyalar oldilar.
Chor Rossiyasi iqtisodiy jihatdan Eronda ustunlikga erishish uchun Angliya kabi iqtisodiy-moliyaviy qudratga ega emas edi, lekin u bu mamlakat chegaralaridagi harbiy-strategik mavqeining ustunligidan (rus Kavkazorti va O’rta
Osiyosi) ancha rivojlangan xo’jalik va savdo aloqalaridan (Angliya Eronga ko’proq tovar keltirishdan manfaatdor bo’lsa, Rossiya bu yerdan tovarlar olib ketishdan ham manfaatdor edi) foydalanishi mumkin edi.
Eron poytaxtida 1878 yilda askarlar qo’zg’oloni yuz berishi natijasida cho’chib qolgan shoh ancha ishonchli bo’lgan qo’shin – kazak polkini tashkil qilish uchun rus hukumatidan ko’mak so’rashi Rossiyaning Erondagi mavqei yanada mustahkamlandi.
Eron shohining iltimosiga ko’ra 1879 yilda polkovnik Domantovich boshchiligida ruslarning 4 zobiti va 6 nafar uryadnigi Tehronga yuborildi. Keyinroq rus harbiy mutaxassislariga polkovnik Kosagovskiy rahbarlik qila boshladi. Rus harbiylarining yordami bilan bu yerda 1879 yilda kazak brigadasi tashkil qilindi va u bevosita shohga bo’ysunardi. Bu brigada Eron shohi qo’shinlari ichida jangovarligi ancha yuqori bo’lgan yagona harbiy qism edi. Poytaxtda joylashtirilgan bu qo’shin shohni xalqdan himoya qilish bilan birga rus chorizmining mustamlaka siyosatini amalga oshirish vositasi ham edi. Eron armiyasida rus zobitlaridan tashqari boshqa Yevropa mamlakatlari zobit va instruktorlari (Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya) ham paydo bo’la boshladi.
Eron tobora ko’proq chet el sarmoyasi asoratiga tusha boshladi. Shoh hukumati 1889 yilda Reyterga Eron Imperiya (Shahanshoh) bankini ochishga ruxsat berdi. Chet el banki pul chiqarish uchun monopol huquqga ega bo’ldi, davlat daromadlari va bojxona yig’imlari uning hisobiga kelib tushardi. Shimoliy Eronning iqtisodiy hayoti esa rus tadbirkori Polyakov tomonidan 1890 yilda tashkil qilingan Hisob-ssuda banki tomonidan nazorat qilinardi. Rus imperatritsasi Mariya Fedorovna va moliya vaziri Vitte bu bankning aktsionerlari hisoblanardilar. Rus tadbirkorlari 1893-1895 yillarda Enzeli-Tehron, Qazvin-Hamadon shosse yo’llarini qurish uchun kontsessiyalarga ega bo’ldilar.
Ingliz va rus banklari o’rtasida kuchli raqobat kurashi borardi. X1X asr oxiriga borib Angliya va Rossiya hukumatlari tomonidan Eronga berilgan asoratli qarzlar mamlakatni yanada ko’proq asoratga solish vositasi bo’ldi.
Shunday qilib, XIX asr oxiriga kelib Eronni yarim mustamlaka asoratiga solish asosan o’z nihoyasiga yetdi. Mamlakat amalda Angliya va Rossiya tomonidan o’zaro taqsimlanib olindi. Eron janubida inglizlar, shimolda esa rus imperialistlari hukmronlik qilardilar.
Ingliz va rus sanoati tovarlarining ko’plab kirib kelishi natijasida mahalliy sanoat ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutdi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida eronlik tadbirkorlar tomonidan qurilgan 50 dan ziyod turli xil zavod va fabrikalar chet el tovarlari raqobatiga bardosh bera olmay, inqirozga uchrab yopildi.

Download 105.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling