Mavzu: 1905 -1911 yillarda Eron inqilobi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Xalq ommasining chiqishlari. Burjua-millatchilik harakatining boshlanishi


Download 105.69 Kb.
bet8/11
Sana05.04.2023
Hajmi105.69 Kb.
#1275852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rózimatóva Ruxsorabonu jahon tarixidan kurs ishi

Xalq ommasining chiqishlari. Burjua-millatchilik harakatining boshlanishi.
Xalq ommasi muhtojligi va azob-uqubatining kuchayib borishi chet el mustamlakachilari va feodal zulmga qarshi qaratilgan stixiyali chiqishlarni kuchaytirdi. Ana shunday chiqishlardan biri 1891 yilda ro’y bergan “tamaki isyoni” bo’ldi.
Angliyaning Talbota kompaniyasi 1890 yilda Eronda tamaki etishtirish, qayta ishlash, sotib olish va sotish bo’yicha 50 yil muddatga kontsessiya olgan edi. Talbotaning tamaki monopoliyasi Eronda tamaki etishtiruvchi, uni qayta ishlovchi, tamaki savdosi bilan shug’ullanuvchi, qolaversa uni iste’mol qiluvchi aholining manfaatlariga katta zarar keltirdi. 1891 yilda Tabriz, Isfaxon, Sheroz va boshqa shaharlarda tamaki monopoliyasiga qarshi isyonlar boshlandi. Isyonchilarni ruhoniylarning yuqori qatlami ham qo’llab-quvvatladi, ular kontsessiya bekor qilinmaguncha musulmonlarga tamaki iste’mol qilishni taqiqlab qo’ydilar.
Tehronda qo’zg’olonchilarga qarshi qo’shin tashlandi, to’qnashuvda o’lganlar va yarador bo’lganlar bor edi. Xalq ommasining talabi ostida shoh Talbota kompaniyasiga berilgan tamaki kontsessiyasini bekor qilishga majbur bo’ldi va kompaniyaga 500 million funt sterling jarima to’ladi.
Mamlakatda shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya ham mavjud tuzumdan norozi edi. Savdogarlar va liberal pomeshchiklar bilan bog’langan eronlik ziyolilar burjua-millatchilik g’oyalarining dastlabki mafkurachilari edilar.
Yozuvchi, publitsist va diplomat Malkomxon ularning ichida eng ko’zga ko’ringani edi. Malkomxon Eronni konstitutsion monarxiyaga aylantirish tarafdori edi. Shoh hukumati uni Erondan uzoqlashtirish maqsadida Londonga elchi qilib yubordi. U Londonda ham o’zining muxolifatchilik faoliyatini davom ettirgani uchun ishdan bo’shatildi. Malkomxon Londonda qolib, 1890 yilda shoh hokimyatiga muxolifatda bo’lgan dastlabki gazeta – “Qonun” gazetasini chiqara boshladi.
Eron taraqqiyparvar ziyolilarining chet ellardagi katta qismi bu gazeta atrofiga birlashib, Turkiya, Hindiston, Suriya va boshqa hda o’z gazetalarini nashr qila boshladilar. Bu gazetalar Erondagi shoh hokimyatining mustabid boshqaruvini, davlat amaldorlarining sotqinligi, poraxo’rligini fosh qilib, shoh hokimyatini cheklab qo’yish, konstitutsion monarxiya o’rnatish va xususiy mulkni himoya qilish huquqlarini talab qilib chiqdilar.
Eronning chet ellardagi matbuoti shohni kapitalistik davlatlarga sotilganlikda ayblab, chet davlatlarning mustamlakachilik siyosatlarini qattiq qoralab chiqdi. Bu gazetalar uncha katta bo’lmagan miqdorda Eronga kirib kelardi va omma orasida katta obro’-e’tiborga ega edi.
Bu davrda Eron ruhoniylari va mayda burjuaziyasi orasida panislomizm g’oyalari, ya’ni musulmon xalqlarini yagona islom imperiyasiga birlashtirish g’oyalari keng tarqala boshladi. Sayid Jamoladdin al Afg’oniy panislomizm g’oyasining asoschisi edi. Eron panislomchilari mamlakatni chet elliklar asoratiga solinishiga qarshi edilar va Eron feodal davlatini mustaqil holda saqlab qolishga intilardilar.
Panislomizmning bosh mafkurachisi bo’lgan Sayid Jamoladdin Afg’oniy Eronni panislomizm harakatining markaziga aylantirish va shohni o’z ta’siri ostiga olish uchun 80-yillar boshida Tehronga keladi. Uning mamlakatdagi tartib qoidalarning tanqid ostiga olishi va bir qator islohotlar o’tkazish haqidagi talablari shohning noroziligiga duch keldi va 1890 yilda Jamoladdin Afg’oniy Turkiyaga surgun qilindi va shu yerda vafot etdi. Eronda uning ko’pgina izdoshlari turmalarga tashlandi, ozodlikda qolganlari esa maxfiy tashkilotlar tuzib, o’z faoliyatlarini davom ettirdilar.
Hokimyat tomonidan panislomchilarning ta’qib ostiga olinishiga javoban panislomchilar yashirin tashkilotining a’zosi Rizo Karmoniy 1896 yil may oyida Eron shohi Nasriddinshohni o’ldirdi. Bu terrorchilik harakati mamlakatda sezilarli o’zgarishlarga olib kelmasada mamlakatdagi umumiy siyosiy vaziyatning keskinlashib borayotganligidan darak berardi. Shohning o’limi haqidagi xabar Tehronda vahimani keltirib chiqardi. Hokimyat amalda kazak brigadasi komandiri polkovnik Kosagovskiy qo’liga o’tdi. Rus diplomatiyasining faol yordami natijasida 1896 yil iyunda taxtga o’lgan shohning irodasiz o’g’li Muzaffariddin chiqarildi. Nasriddinshohning o’limidan keyin panislomchilarni taqib qilish yanada kuchaydi.
Muzaffariddin hukmronligi ham ilgarigi boshqaruv tartiblariga hech qanday o’zgarishlar kiritmadi. Davlat apparatida eski amaldorlar saqlanib qoldi. Eron xalqini talash va mamlakatni chet elliklarga sotish davom etdi.

Download 105.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling