Mavzu: 1905 -1911 yillarda Eron inqilobi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 105.69 Kb.
|
Rózimatóva Ruxsorabonu jahon tarixidan kurs ishi
1.4. Amiri Nizom islohotlari.
Erondagi hukmron sinfning ba’zi vakillari xalq qo’zg’olonlari ta’siri ostida davom etayotgan chuqur inqirozni islohotlar yo’li orqali susaytirishga harakat qildilar. Yangi shoh Nasriddin tomonidan buyuk vazir lavozimiga tayinlangan Mirza Tog’ixon bu islohotlarning tashabbuskori bo’ldi. U Amiri Nizom (“qo’shin amiri”) unvoniga ega bo’lib, bobiylar qo’zg’olonini bostirish va ularni jazolash ishlarining tashkilotchisi va rahbari edi. Amiri Nizom o’tkazayotgan islohotlarning asosiy maqsadi markaziy hukumat hokimyatini mustahkamlash, Eron mustaqilligini chet ellik mustamlakachilar hujumidan himoya qilishga qodir kuchli jangovar armiya tuzish va xalq ommasini itoatda ushlab turish edi. U Angliya ta’sirini Eronga kirib kelishining murosasiz dushmani bo’lib, feodallar separatizmi va xonlar isyoniga barham berishga intildi. Amiri Nizom markaziy hokimyatga bo’ysunmagan gubernatorlarni ishdan bo’shatdi, xazinani talon-taroj qilinishiga qarshi kurashdi, shoh oilasining ko’p sonli qarindosh-urug’larining daromadlarini qisqartirdi. U savdoni kengaytirish va mahalliy sanoatni rivojlantirishga da’vat etdi. Miltiq va boshqa qurollarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Armiyani qayta tuzish boshlandi. Amiri Nizom feodallar o’zboshimchaligidan dehqonlar umumiy noroziligining kuchayib borayotganligini hisobga olib, dehqonlarning xonlar oldidagi majburiyatlari miqdorini belgilab beruvchi loyihani ishlab chiqdi. Amiri Nizomning islohotchilik loyihalari Erondagi mavjud vaziyatga sezilarli ta’sir o’tkaza olmadi, buning ustiga hukmron sinfning juda kichik qismi bu islohotlar tarafdori edilar. Feodal zodagonlarning va ruhoniylar yuqori qatlamining ko’pchiligi islohotlarga tish-tirnog’i bilan qarshi chiqdilar. Ular bobiylar qo’zg’oloni davom etib turgan bir davrda Amiri Nizomning buyuk vazir lavozimida ishlashiga chidab keldilar. Lekin 1851 yil kuzida u vazifasidan bo’shatilib, surgunga yuborildi, 1852 yilda esa shoh farmoni bilan qatl qilindi. Islohotlar o’tkazishga bo’lgan urinishlar mag’lubiyatga uchradi. Amiri Nizomning faqat maorif sohasidagi islohotlari saqlanib qoldi. Uning ko’rsatmasi bilan yosh eronliklarni chet ellarga o’qishga yuborish boshlandi, chet ellik professorlar Eronga taklif etildi. 1851 yilning oxirida Tehronda Yevropa tipidagi dastlabki o’quv yurti – Dorilfunun (bilimlar uyi) ochildi. Bu bilim yurtida harbiy ish, tibbiyot, matematika, gumanitar fanlar o’qitilardi. O’qituvchilar Yevropa darsliklarini forschaga tarjima qilardilar. Tehronda kundalik gazeta chiqa boshladi. Download 105.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling