Mavzu: 1уcб-67 qirg’ich qurilmasini tuzilishi, ishlash prinsipi


Download 249.35 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi249.35 Kb.
#1053528
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qosimov.kon.mash1

1YCБ—67 qirg‘ich qurilmasi qirg‘ich qurilmasi uchun qulay kon-geologik sharoitdagi uzunligi 300 m gacha, yotish burchagi 20˚ gacha, qalinligi 0,9—2,0 m li ko‘mir qatlamini qazib olishni mexanizatsiyalash uchun qo‘llaniladi. Qurilma ikki tomonga ishlovchi qirg‘ich S, uning ikkita elektr yuritmasi 2 va 7 (ikki uchiga joylashgan), ikkita 10, 14 elektr yuritmali sidirgichli konveyer 5, joyidan qo‘zg‘atuvchi gidrodomkratlar 11 va 12, gidrotarmoqlarga ega bo‘lgan moy stansiyasi, elektr uskunalar va chang bostiruvchi vositalardan iborat .

Qirg‘ich ish jarayonida, zaboy va konveyer oralig‘ida yo‘naltiruvchi quvur 6 bo‘ylab 0,6 m/s tezlikda yuradi. Yo‘naltiruvchi quvur konveyerning tarnovlariga mahkamlangan. Qirg‘ich quril- masining yuritmasidan tortish kuchi yulduzchalar orqali uzluksiz halqali zanjirga 4 uzatiladi, zanjirning tipi 23×85 mm, uzilish kuchi 65 tk. Qirg‘ich hosil qilgan kesikning o‘lchamini rejalash- tirish mumkin va u 5—15 sm ni tashkil qilib, har xil balandlikdagi lija bilan chegaralab turiladi. Qirg‘ichning ostki plitasi konveyerning tagigacha joylashgan, bu qirg‘ichga uning harakatida mustah- kamlikni ta'minlab beradi. Ko‘mirni konveyerga qirg‘ichning pastki pichog‘i va qirg‘ichning korpusi yordamida yuklanadi. Qattiq ko‘mir qatlamlarini qazib olishda qirg‘ichning bosh qismi- dagi keskichlar aylanuvchi qilib tayyorlanadi, bu keskichning bir qismini kontaktdan chiqarishga yordam beradi, bu bilan qirg‘ich qurilmasining berilgan yo‘nalishda yurishi osonlashadi.

1YCБ—67 qirg‘ich qurilmasi

Qirg‘ich qurilmasi ko‘mir qatlamini 0,6—0,9 m qalinlikda yuqorigi qismining o‘zi qulashini hisobga olib qazib oladi. Qirg‘ichni zaboyga yaqinlashtirish, har bir yurishdan keyin sidirgichni ham zaboy tomonga surish gidrodomkrat 12 lar yordamida bajariladi. Domkratlar orasidagi masofa 5,4 m, harakatga keltiruvchi bosh qismi 9 va 15, tayanch balkalar 8 gidrodomkratlar 11 yordamida suriladi. Gidrodomkratlarga moy moyyurituvchilar orqali CHY1C nasos stansiyalardan keltiriladi.


Download 249.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling